01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 12:26
Jamiyat 👁 4,570

Bolalar kulgusi dunyoni toʻldirdi

Bolalar kulgusi dunyoni toʻldirdi

Inson hayotida eng nurli, goʻzal va bokira bir manzil bor. Bu – Bolalik manzili. Yuraklarda chuqur iz qoldirguvchi, har qanday vaziyatda ham eng totli xayollar hadya etguvchi mazgil bor – bu bolalik mazgillari BOLALIK damlari.

Hech qachon qaytib kelmas ezgu, betashvish, baxtiyor lahzalar – faqat ana shu bolalik dunyosiga xos, gʻamlardan, dunyo tashvishlaridan xoli bolalik mamlakatiga xos. Chunki bola dunyoni qanday boʻlsa, shundayligiga koʻrib, his qiladi, zavqlanadi. Shuurida jonlangan taassurotlarini kulgulari, quvonchlari bilan ifoda etadi u! Ota-onasi bagʻrida, issiq mehrni tuyib, Vatanning cheksiz gʻamxoʻrligi ogʻushidagi bolajonlarning baxtiyor nigohlaridan oilalar nurafshon.

Bir necha  kundirki, butun dunyoda, mamlakatimizda, shu jumladan tumanimizda ham bolalar 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlarida ishtirok etibgina qolmay, oʻz qobiliyatlarini, orzu-intilishlarini bayram ruhiga singdirib yuborishdi. Bayramdan bir hafta oldin tumanimizning barcha maktabgacha taʼlim muassasalarida, oʻquv maskanlari va mahallalarda rango-rang mavzularda shukuhi 1-iyun kuni Mangʻit shahridagi bolalar istirohat bogʻida katta tantanalar bilan davom etdi.

Bayramona bezatilgan istirohat bogʻi shu kuni bolalarning chinakam begʻubor mamlakatiga aylandi. Quvonch-u shodlik, shoʻx oʻyinlar, bolalik erkaliklaridan boshqa tashvishi yoʻq bolajonlar uchun bagʻishlangan tanatanali bayram dasturining ochilish marosimida tuman hokimi oʻrinbosari xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova tabrik nutqi soʻzladi.


Mamlakatimiz kelajagi boʻlgan yosh avlod tarbiyasi, kamoloti, baxt-saodati – har birimizning  baxt-saodatimiz, xotirjamligimiz mamlakatimizning porloq kelajagidir, - dedi oʻz soʻzida. – Ana shu porloq kelajagimiz egalari hamisha omon boʻlishsin. Toki siz aziz bolajonlarimiz sogʻlom va barkamol ekansizlar, ona Oʻzbekistonimiz jahon osmonining yorugʻ yulduzi boʻlib mangu porlayveradi.

Shundan soʻng bolajonlarni tuman XTMFMTTEB mudiri Ashirboy Qoʻshayev ham bayram bilan qizgʻin muborakbod edi.

Shirin qutlovlar, tabriklardan olamjahon quvonchlar ogʻushiga choʻmgan bolajonlarga muzqaymoqlar tarqatildi. Tuman hokimligi, "Mahalla” jamgʻarmasi tuman boʻlinmasi tomonidan tayyorlangan sovgʻa-salomlardan hech bir kichkintoy chetda qolmadi. Bolajonlarning quvonchli kulgulari jaranggi ostida namoyish etilgan teatrlashtirilgan bayram dasturida esa ijrochi bolajonlar bilan tomoshabin bolalar bab-baravar raqsga tushdilar, joʻrovoz kuyladilar.

Istirohat bogʻida yaratilgan shart-sharoitlar, qulf urib oʻsib yotgan mevali va manzarali dov-daraxtlar, chamanzor gullar tarovati har bir dilga orom  bagʻishladi. Zamonaviy halinchaklar, barcha sharoitlarga ega avtodrom maydonchasi, qirgʻoqlarida oʻrdak va gʻozlar qanot yozib uchmoqqa shaylanayotgan sarhovuz bolajonlar quvonchiga quvonch bagʻishladi. Ayniqsa, Qipchoq qishlogʻilik usta hunarmand va rassom Oʻringul oʻzgacha mehr bilan ishlov bergan ertaklar dunyosi – tuyakash bobo, Dehqon bobo va Dehqonoy, Dehqon boboning chaylasi va oʻta mohirlik bilan ishlangan Laylaklar uyasi, uchib-qoʻnayotgan laylaklar haykalchalari bolajonlar qalbida jonli tabiatga alohida mehr va qiziqish uygʻotdi.


Bayramda oʻz dasturlari bilan ishtirok etgan tumanimizdagi maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari, "Barkamol avlod” bolalar markazining iqtidorli bolalarining chiqishlari ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi. Homiy tashkilotlar tomonidan bolajonlarga ulashilgan sovgʻa-salomlardan, ham koʻra nazarimda bolajonlar biri-biridan qiziqarli bolalar oʻyinlari, raqs va ashulalaridan olam-olam zavq oldilar. shu kuni bu ajib maskan bolalarning begʻubor mamlakatiga  aylandi goʻyo. Bu mamlakatda barcha gʻam-u tashvishdan xoli. Bu mamlakatning toʻrt tarafida ham obtob balqigan. Goʻyo  dunyo tomon yoʻl ana shu bolajonlar mamlakatidan boshlanganday. Hamma narsa ular xizmatiga shay, hamma narsa muhayyo. Hamma ish ezgu, orzular chamon-chaman!

Samoda quyosh porlaydi. Yerda esa Oʻzbekistonning kelajagi porloq quyoshlari – baxtiyor va barkamol bolalari! Ular ana shu baxt quyoshidan nur emgan zamin farzandlari. Ularning yoʻllari ana shu baxtiyor onlarga, ezgulik mazgillari aro  ulugʻ manzillarga tutash. Zero, bizning mamlakatda har bitta bola ana shunday ezgu baxtga musharraf! Koʻngillarda, xalqimiz dilida esa yanada ezgu tilak uygʻonadi:

Dunyoni faqat bir kun

Bolalarga beringiz

Bolalar mamlakatin –

Saltanatin koʻringiz:

 

Chegara yoʻq, kamlik yoʻq,

Hamma ozod, baxtiyor.

Iqtisodda tanglik yoʻq,

Mol-u dunyo xoʻp bisyor.

 

Barcha millat bolasi

Bir oila – birlashgan

Dunyoning har bolasi

Bir-biri-la sirlashgan.

 

Bola – podshoh amri-da

Yoʻllarga gul ekilar.

Samolarning toqidan

Yerga yulduz toʻkilar.

 

Yetti iqlim chiroyi

Yigʻilib raqs etadi

Yilning har kun, har oyi

Baxtdan bahs etadi.

 

Ana shunday ezguliklar ila yoʻgʻrilgan bayram tadbiri kuzatarkanman, qalbimda yanada ezgu bir tilak uygʻondi:

- Bolalaring bilan omon boʻl, Vatan!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026