01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 14:56
Jamiyat 👁 3,097

ZAMONAMIZ YoShLARI

ZAMONAMIZ  YoShLARI

Qoʻlida kitob ushlab, oʻqishga shoshayotgan yoshlarni koʻrib koʻz quvnaydi, ammo kitobni hamma ham oʻqish uchun qoʻlga olmas ekan.

Bir kun oʻqishdan qaytayotib roʻparamdan kelayotgan, oʻqishdan qaytgan aka-singillarim-u tengdoshlarimni diqqat bilan kuzatdim. Ularning hayotdagi maqsadini bilgim keldi. Yana ular qoʻlidagi qimmatli kitob eʼtiborimni tortdi, ammo kitob ortidagi telefoni va qandaydir sovgʻani koʻrib, jahlim chiqdi. Bechora kitobning qadrini shu darajada past qilishibdiki, u bilim olish uchun emas, balki qoʻlidagi ahamiyatsiz narsalarni berkitish uchun foydalanarkan. Qizlar kiyib yurgan kalta yubka, baland poshnali oyoq kiyim, quloq-u boʻyinlaridagi oltin-u zar, qimmatbaho telefon, yuzlariga jilo berish oʻrniga bachkana qilib koʻrsatayotgan boʻyoqlar nima maqsadga xizmat qilarkin? Ularning kelgusi hayotida bu narsalarning nima ahamiyati bor ekan? Oʻz farzandining shu ahvolda yurishiga qanday qilib ota-ona bemalol qaray olarkan?

Mana shu savollar xayolimdan oʻtdi. Hatto ular orasida mening oʻqiyman, deb intilgan doʻstlarim borligi alam qildi. Oʻgʻil bolalar ham bundan mustasno emas, ular ham oʻzlariga yarashmagan turfa libosda, sochlari allam-balo turmakda, yonidagi oʻziga oʻxshagan hamrohlari bilan bemaʼni soʻzlarni aytib yurishlari dilingni ogʻritadi. Men ulardan bir nechtasiga bu haqda gapirganimda ular menga "bu mening hayotim, aralashma, men zamondan ortda qolishni istamayman. Sen nimaniyam bilarding, oʻzingcha kitobiy gaplar gapirma” degan javobni oldim. Hozir siz ham balki shunday oʻylayotgandirsiz? Unda aytingchi, zamon bilan tenglashish nima? Siz qaysi zamonni aytyapsizki, unda oʻqish qolib, masxarabozdek kiyinish talab qilinadigan? Siz kimga oʻxshashni istayapsizki, oʻzligingizni unutgudek? Aziz tengdoshim! Siz hamma istaklaringizni muhayyo qilayotgan ota-onangizga jahl qilishdan oldin siz tengi koʻngli yarimlar borligini oʻylang. Siz gapirayotgan bemaʼni gaplar-u zamon talabi, deb bilgan jamiki narsalar kelajangiz uchun nima qilib bera olishi haqida bir oʻylab koʻring. Zamon talabi ilmga chanqoq, dunyoqarashi keng, Vatan ravnaqiga oʻz hissasini qoʻsha oladigan yoshlar kamolidir. Har bir oʻtayotgan soniyani qadrlang, siz uchun jon kuydirib mehnat qilayotgan ota-onangiz ishonchini oqlang.

Aziz tengdoshlarim, sizga yaratilgan imkoniyatdan oqilona foydalaning! Shunda siz uchun ota-onangizning chekkan mashaqqatlari zoya ketmagan boʻladi!

 

Aʼloxon RAJABOVA, Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026