01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 13:34
Jamiyat 👁 3,181

ALOQA XIZMATI SIFATI YaXShILANMOQDA

ALOQA XIZMATI SIFATI YaXShILANMOQDA

Mamlakatimiz davlat mustaqilligiga erishganiga 25-yil toʻlayapti. Xalqimiz asrlar davomida orzu qilib yashagan, intilgan istiqlol yillarining har bir kuni, lahzasi bu bebaho neʼmatning qadri qanchalar aziz va buyuk ekanligini qalblarimizga tobora teranroq joylamoqda. Oʻzbekistonda oʻtgan tarixan qisqa davrda mustaqillikni mustahkamlash, yurtimiz aholisi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, rivojlangan demokratik davlatlar safidan munosib oʻrin egallash, salohiyati va nufuzi yuksalgan davlatga aylantirish borasida asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirildi.

Har qanday davlatning taraqqiyoti va rivojlanishini axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin.

Ha, istiqlol yillarida mazkur sohada ham ulkan oʻzgarishlarga erishildi. Agar tumanimiz misolida olib qaraydigan boʻlsak, 2004-yilda Nukus – Mangʻit shaharlari oraligʻida 91 km.lik  shisha tolali kabel yotqizilib, tumanimiz markazida yangi raqamli SS08 tipidagi Xitoyda ishlab chiqarilgan ikkita EATS, umumiy sigʻimi 4304 portli stantsiyalar qurilib, foydalanishga topshirilishi biz uchun xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini yuqori pogʻonaga koʻtarish imkonini berdi. Chunki bu stantsiyalarning ishga tushirilishi tumanimiz aholisiga dunyoning istalgan davlatlari bilan uy telefonlari orqali gaplashish imkonini yaratdi. Qolaversa, shisha tolali kabelning axborot oʻtkazish imkoniyati yuqoriligi bois, aholi va xonadonlarni internet tarmogʻiga ulash, televideniye koʻrsatuvlarini yetkazib berish yoʻlga qoʻyildi. Xizmat sifatini yaxshilash maqsadida telekommunikatsiya uskunalarining ishchi holatini saqlash, magistral va turli sigʻimdagi kabellarni oʻz vaqtida taʼmirlashga ulkan eʼtibor qaratilmoqda, magistral yoʻllar boʻylaridagi havo aloqa liniyalarini tartibga solish boʻyicha Mangʻit shahrining Gurlan, Qipchoq, Mangʻit, Berdaq koʻchalari boʻylarida ishlar olib borildi.

Sohaga yangi texnologiyalarni joriy qilish natijasida 2004-yilda "Oʻzmobayl” kompaniyasining simsiz aloqa xizmati yoʻlga qoʻyildi va mobayl telefonlari orqali tumanimizdagi maktablar internet tarmogʻiga ulandi.

Qishloq joylarda eskirgan anolog ATSlar oʻrniga raqamli "Koinot – el -SGM” tipidagi stantsiyalar qurildi. Qilichboy, "Choykoʻl” ovuli va Qipchoq posyolkalaridagi stantsiyalarga quyosh batareyalari oʻrnatildi. Sobiq  ittifoq davrida umumiy sigʻimi 4000 raqamga ega ikkita eski anolog ATS mavjud boʻlib, boshqa shaharlar bilan va xalqaro gaplashishlar faqat kommutator telefonistkalari tomonidan Respublika markazi orqali amalga oshirib kelinardi. Shuning oʻziyoq biz aloqa xizmati koʻrsatishda qanchalik ilgarilash yuz berganini tasavvur qilishimizga imkon beradi.

Ayni kunlarda ham yangidan bunyod etilayotgan aholi punktlarini telefonlashtirish ishlari olib borilyapti. Xususan, "Taqir qalʼa” massiviga 3 km.lik shisha tolali kabel tortilib, 96 ta  portli MSAN rusumli kichik ATS oʻrnatildi. Amudaryo qishloq xoʻjalik, Doʻrman qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejlari va Qilichboy maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar  kollejlariga ham 23,5 km. uzunlikdagi shisha tolali kabellar tortilib, ishga tushirildi, mavjud eski uskuna va jihozlar zamonaviy, yangi  rusumda ishlab chiqarilganlariga almashtirilayapti. "Oʻztelekom” AKning  "Yagona oyna” loyihasi boʻyicha zamonaviy dizaynda mijozlarga xizmat koʻrsatish shoxobchasi qayta rekonstruktsiya qilinib, ishga tushirildi. Bunda barcha aloqa xizmati turlari internet tarmogʻi, Oʻzmobayl SDMA-450 tarmogʻi va mahalliy aloqa xizmatlari "Yagona oyna” orqali amalga oshirilmoqda.

Ayni kunda  tumanimizda Oʻzmobayl abonentlari soni 2500 nafardan, internet  tarmogʻidan foydalanuvchilar soni 1000 nafardan oshib ketdi.

Taraqqiyotimizda muhim oʻrin tutadigan axborot telekommunikatsiya texnologiyalari hayotimizga tobora chuqur kirib kelayotgan bugungi kunda aloqa xizmati koʻrsatish sifatini yaxshilashga intilish tuman telekommunikatsiya tarmogʻi xodimlarining asosiy burchi boʻlib qolaveradi.

Ortiqboy ShOMURODOV,

tuman telekommunikatsiya tarmogʻi boshligʻi.

(Foto - http://www.hosting-obzor.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026