28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:44
Salomatlik 👁 3,800

Kashandalik – illat, uning oldini olish esa dolzarb masala

Kashandalik – illat, uning oldini olish esa dolzarb masala

Tamaki chekish – inson uchun eng zararli va xavfli odat hisoblanadi. Ammo, ayrimlar chekish aqliy qobiliyatni oshiradi deb notoʻgʻri fikrlaydilar. Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan passiv narkotik, deb eʼlon qilingan sigaret tarkibidagi 196 xil zaharli moddaning 14 tasi giyohvandlik moddalaridir.

* Yer yuzi aholisining 4/1 qismi, yaʼni 1,3 milliard kishi chekuvchidir.
* Kuniga bir dona sigaret chekkan insonning umri 5-6 daqiqaga qisqaradi.
* Kuniga oʻn donadan koʻproq tamaki chekkan kishilar orasida saraton kasalligi 8 marta koʻp uchraydi.
* Har yili dunyoda chekish oqibatida yuzaga kelgan kasalliklardan 2,5 million kishi hayotdan koʻz yumadi.

Inson birinchi marta chekkanda, oʻzida noxush holatlar, yaʼni, bosh aylanishi va ogʻrigʻi, koʻngil aynishi va umumiy holsizlikni sezadi. Bu holatlarga koʻnikkan odam surunkali chekuvchiga aylanib boradi. Tamaki bosh miya faoliyatiga taʼsir etib, nerv hujayralari faoliyatini susaytiradi. Shuningdek, chekish yurak-qon tomir kasalliklariga olib keluvchi omillardan biridir. Nikotin surunkali bronxit, «kashanda yoʻtali» va saraton kasalligini chaqiradi. 100 gramm tamaki yonganida 5-7 gramm nikotin ajralib chiqadi hamda u 20-soniya davomida qonga tushib, markaziy va periferik asab tizimiga faol taʼsir qiladi.
Tamaki barglari oʻta zaharli boʻlgan poloniy – 210 radioaktiv moddasini havodan ajratib, soʻrib oladi. Keyinchalik ular quritilgach, bu moddaning zichligi yanada oshib, chekuvchining oʻpka, buyrak hamda jigarida asta-sekin toʻplanadi. Is gazi esa qon tomirlarida xolesterinning toʻplanishiga sabab boʻlib, toʻqimalarning kislorod bilan taʼminlanishi yomonlasha boradi. Natijada, organizmda turli kasalliklar, jumladan, saraton, oʻpka sili, ogʻiz, lab, til, kichik til, hazm qilish va nafas olish aʼzolarining yalligʻlanishi kasalliklari paydo boʻladi.
Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining tashabbusi bilan 1980-yil 31-maydan boshlab ushbu sana dunyoda tamaki chekishga qarshi kurash kuni deb eʼlon qilindi.
Mamlakatimizda ham chekishga qarshi kurash ommaviy tus olgan. Ayniqsa, yoshlar oʻrtasida chekishning zararli oqibatlari haqida olib borilayotgan targʻibot-tashviqot ishlari ijobiy natija bermoqda. 2011-yil 5-oktyabrda «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida»gi qonun qabul qilindi. Qonunning 13-moddasida alkogol va tamaki maxsulotlarini 20 yoshga toʻlmagan shaxslarga, taʼlim, sport va diniy muassasalardan 500 metrdan kam boʻlmagan radiusda joylashgan savdo obʼektlari tomonidan realizatsiya qilish mumkin emasligi belgilab qoʻyilgan. Ushbu qoida aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga sogʻlom turmush tamoyillarini chuqur singdirish, fuqarolar reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, jismonan va ruhiy jihatdan sogʻlom, barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida olib borilayotgan saʼy-harakatlarga hamohangligi bilan ahamiyatlidir.
Viloyatimizda ham Butunjahon chekishga qarshi kurash kuni oldidan viloyat, shahar va tuman hokimliklari, «Kamolot» YoIH, «Mahalla» xayriya jamoat fondi hamda qator nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda joylarda «Biz chekishga qarshimiz», «Sogʻlom turmush tarzini yoqlaymiz» deb nomlangan aktsiyalar oʻtkazilmoqda.

Odil QAMAROV.


🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026