Pensionerlar uyushmasi – pensionerlar manfaatlarini himoya qiladi
Maʼlumki, 2015-yilning noyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Pensionerlar uyushmasining taʼsis Qurultoyi oʻtkazilib, unda Uyushmaning Nizomi tasdiqlanib, rahbar organlari saylangan, 2016-yilning 26 fevralida Uyushma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan edi.
Yuqoridagilarga asoslanib, joriy yilning aprel oyida mazkur Uyushmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi ham oʻz faoliyatini boshladi. Bugungi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahri va barcha tumanlarida Uyushmaning boʻlinmalari tashkil qilinmoqda.
Keksa avlodning ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy huquq va manfaatlarini himoya qilish, mahallalar va oilalarda tinch-totuvlik, osoyishtalik, sogʻlom muhitning barqaror boʻlishini taʼminlash, yordamga muhtoj keksalarga ijtimoiy koʻmaklashish, pensionerlarning sogʻligini tiklashi, davolanishi, mazmunli dam olishini tashkil etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga hissa qoʻshishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan Uyushma Nizomiga muvofiq 2016-yilning 18-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Pensionerlar Uyushmasi tuman boʻlinmasi tashkil qilinib, boʻlinma Nizomi tasdiqlandi va Baxtiyor Yoʻldoshev boʻlinma raisi etib saylandi.
Pensionerlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oilalarda tinchlik-xotirjamlik muhitini shakllantirish, pensionerlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yuqorida taʼkidlaganimizday, ularning turmush tarzini zamonaga munosib oʻzgarishlar bilan boyitish kabi koʻplab vazifalarni bajarishni oʻz zimmasiga olgan Oʻzbekiston Respublikasi Pensionerlar Uyushmasi tuman boʻlinmasi ijtimoiy faol pensionerlarning sevimli tashkilotiga aylanishi shubhasiz.
M.ShOMURODOV olgan surat.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶