QIShLOFIMIZ ODAMLARI
Men bugun toʻlib-toshib qishlogʻimiz odamlari haqida soʻz ochar ekanman, yuragim quvonchga toʻlib ketadi. Ayniqsa, qishlogʻimiz odamlarining biri-biriga boʻlgan mehr-u muhabbatini koʻrib, koʻz quvnaydi. Hozirgi kunlarda ular bellarini mahkam bogʻlagan holda yaxshi niyatlar bilan dalada, bogʻlarda ter toʻkishmoqda. Anhor va soylar chiqindilardan tozalanmoqda. Bu xayrli ishlarga katta-kichik, barcha oʻz hissasini qoʻshmoqda. Bu ishlarga qishlogʻimizda yashovchi, yoshlari anchaga borib qolgan boʻlsa-da, yosh yigitlardek baquvvat, qadamidan oʻt chaqnab turadigan, tong saharlab bogʻ-u dalalarni sayr qilib yuradigan Bekbergan ota bosh-qosh. Bekbergan ota ishning koʻzini biladigan, mehnatkash, nuroniy. Bizning qishlogʻimizda bunday nuroniy insonlar koʻp.
Qishlogʻimiz yonidan katta arna oqib oʻtadi. Bu arnada yozgi taʼtilda bolalar mazza qilib, yayrab choʻmilishadi. Arnaning atrofi salqin, tol-u teraklarga toʻla.
Ularni bobolarimiz mehr berib oʻstirgan. Qishlogʻimiz yoshlari ham kattalardan qolishmasdan, oilamizga, jamiyatimizga foydamiz tegsin, deb tinimsiz mehnat qilishmoqda, vaqtlarini behuda oʻtkazmasdan, foydali ishlarga sarflashmoqda. Bizning "Oqboshqalʼa” qishlogʻimiz kichkina boʻlsa ham sir-sinoatga toʻla. Uning osuda oqshomlari sirli, kelgan-ketganning boshiga soyabon dov-daraxtlari, gullab yotgan tuprogʻi sirli. Shuning uchun ham bu goʻzal makonni sevaman.
Chinoroy OʻRINBOYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶