30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:19
Fan va taʼlim 👁 5,363

AMUDARYo: U HAQDA BILASIZMI?

AMUDARYo: U HAQDA BILASIZMI?

Vohamizdagi jamiki tiriklikning asosi joʻshqin Amudaryomiz ekanligini tan olib yashasak-da, u haqda koʻpchiligimiz juda kam maʼlumotga egamiz. Quyida bayon etilgan fikrlarni oʻqish – har birimiz uchun foydalidir.

Amudaryo – Turkiston oʻlkasidagi eng sersuv, yirik daryo hisoblanadi. Amudaryoni yunon va rimliklar Oksus yoki Oksos, arablar Jayxun, mahalliy xalqlar dastlab Oʻkuz, Balx, Vaxsh, soʻngra Amul deb ataganlar. Amudaryo quyi va oʻrta toʻrtlamchi davrda Qoraqum orqali oʻtib, Kaspiy dengiziga quyilgan, togʻlardan suv oqimi bilan keltirilgan oqiziqlar natijasida qumlar tarkib topgan. Yuqori toʻrtlamchi davrda Amudaryo hozirgi oʻzani boʻyicha oqqan. Oqimining bir qismi janubga oqib, hozirgi Oʻzboʻy oʻzanini vujudga keltirgan va Kaspiy dengiziga quyilgan. Shu davrda Sariqamish boʻyi deltasi tarkib topgan. Miloddan avvalgi 3- va 2-ming yilliklar orasida Amudaryo hozirgi Tuyamoʻyin qisigʻidan shimolga - Oqchadaryo oʻzanida oqib, Orol dengiziga uning janubi-sharqidan quyilgan va Oqchadaryo deltasi tarkib topgan. Miloddan avvalgi 2- va 1-ming yilliklarda Amudaryo  hozirgi yoʻnalishda, yaʼni Orol dengiziga janubdan quyila boshlagan. Oʻsha vaqtdan beri Amudaryo Orol dengiziga quyilmoqda.

Amudaryo oqimining bir qismi Sariqamish koʻliga ham borib turgan. XIII asrda Amudaryoda moʻgʻul bosqinchilarining Xorazm davlatiga hujumi vaqtida (1220-yil) Amudaryoning chap qirgʻogʻidagi damba va toʻgʻonlar buzib tashlangan, natijada Amudaryo suvi yana Dovdan va Daryoliq quruq oʻzanlari orqali Sariqamish botigʻiga oqqan. Keyinroq toʻgʻon va dambalar tiklangach, Amudaryo yana avvalgi oʻzani orqali Orol dengiziga quyila boshlagan.

XIV asrda oʻzaro urushlar sababli Amudaryo qirgʻogʻidagi inshootlar buzilgan, suv yana Sariqamishga oqqan, Oʻzboʻy oʻzanida suv hatto Kaspiy dengiziga yoʻnalgan. XVII asr boshida Amudaryoning chap qirgʻogʻidagi toʻsiqlar yana qayta tiklanishi bilan suv eski oʻzani orqali oqa boshlab, XVIII-XIX asrlarda baʼzan oqimning bir qismi Sariqamishga oqqanligi tarixiy manbalarda qayd etilgan.

Amudaryo yuqori qismida Tojikiston va Oʻzbekistonning Afgʻoniston bilan chegarasidan oqadi. Amudaryo Afgʻoniston togʻlarining shimoliy yon bagʻridan 4950 metrbalandlikdagi muzlikdan boshlanadi. Vohondaryo Pomirdagi Zoʻrkoʻldan chiqib keladigan Pomir daryosi bilan qoʻshilgandan keyin, Panj deb ataladi. Panjga oʻngdan Gʻunt, Bartang, Yazgʻulom, Vanj, Qizilsuv irmoqlari kelib qoʻshiladi. Nihoyat, eng yirik va sersuv irmogʻi — Vaxsh daryosi qoʻshilgandan soʻng Amudaryo nomini oladi. Bu qismida unga yana chapdan Qunduzdaryo, oʻngdan Kofarnixon, Surxondaryo qoʻshiladi. Sheroboddaryo  suvi esa Amudaryoga ahyon-ahyonda yetib boradi, undan gʻarbdagi Koʻhitangdaryo suvi ham yoʻl-yoʻlakay ekin maydonlarini sugʻorishga sarf boʻladi. Surxondaryo quyilgandan keyin Amudaryoga to Orol dengiziga yetguncha 1200 km. dan ziyod masofada boshqa irmoq qoʻshilmaydi. Zarafshon bilan Qashqadaryo esa Amudaryoning qadimiy irmoqlari boʻlib, ularning suvi butunlay sugʻorishga sarflanadi.

Amudaryoning asosiy suv rejimi uning yuqori, togʻli qismida shakllanadi. Bu joyda Amudaryo tor, baʼzan chuqur va nishabi katta oʻzandan oqadi. Oʻzan oʻrta hisobda har bir km.ga 4 metrdan (ayrim joylarda esa 10 metrdan ham koʻp) pasayib boradi. Shu tufayli daryo juda tez oqadi,oqimning tezligi 4-6 m3/sek. Daryo vodiysi ham tor, u Pomir togʻ tizmasiga kiruvchi tik koʻtarilgan qoyali togʻlarni aylanib oʻtadi. Togʻ oralaridan joʻshqin irmoqlar kelib qoʻshiladi. 

Amudaryo Surxondaryo qoʻshilgandan soʻng tekislikdan oqa boshlaydi va taxminan Karkidan Pitnakkacha boʻlgan oraliqni daryoning oʻrta oqimi, deb hisoblash mumkin. Daryo tekislikka chiqqach, Qoraqum va Qizilqum choʻllaridan oʻtib, Orol dengiziga quyiladi. Oʻrta qismida oʻzanning oʻrtacha kengligi 1500 m., oqimining tezligi kattaligidan (2-3 m/sek) oʻzan va qirgʻoqlarini muttasil yemiradi, shu sababli oʻzan doimo oʻzgarib turadi. Amudaryoning oʻrta va quyi oqimida ayniqsa, Xorazm vohasi va Qoraqalpogʻistonda  (Urganch, Ellikqalʼa) qirgʻoqlarning oʻpirilish hodisasi — deygish kuzatiladi. Keyingi davrda daryo oʻzanining yuvilishi ham kuzatilmoqda. 1990-yillardan Amudaryo quyi oqimi Tuyamoʻyin suv ombori orqali boshqarilgach, bu yerlarda deygish hodisasining taʼsiri bir oz pasaydi.

Tekislikda Amudaryo vodiysining eni 10—15 km. boʻlib, ayrim joylarda 20—25 km.ga yetadi. Vodiy kengaygan joyda uchta terrasa vujudga kelgan. Daryoning past togʻlar orasidan oʻtgan joylarida vodiyning eni 350—380 m. dan oshmaydi.Tekislik qismida daryoning har ikkala sohilida qum gildan tarkib topgan, eni 2—3 km. keladigan qayirlar uchraydi. Amudaryoning quyi oqimi Pitnak yaqinidagi Tuyamoʻyin qisigʻidan to Orol dengiziga qadar boradi, quyi oqimining uzunligi  500 km., shundan 325 km. Nukus bilan Orol dengizi oraligʻiga — daryoning hozirgi deltasiga toʻgʻri keladi. Amudaryo sersuv daryo, muzlik va qorlardan suv oladi, havzasida 1000 ga yaqin muzlik (shu jumladan, Yer kurrasidagi eng katta togʻ-vodiy muzligi — Fedchenko muzligi) bor. Suv yigʻish havzasida katta maydonlarni qorliklar egallagan.

Amudaryoda eng koʻp suv oqimi iyun -iyulda, eng kam oqim dekabr — martda sodir boʻladi. Qish mavsumida faqat grunt va zovur suvlari hisobiga toʻyinadi.

Amudaryoning oqiziqlarida oʻsimliklar uchun oziq boʻlgan ohak, kaliy, fosfor kabi mineral moddalar bor. Yirik suv omborlari qurilishi natijasida daryo suvining loyqaligi keskin kamaydi. Amudaryo havzasidagi vohalardan zovur tashlamalarining qariyb yarmi daryoga oqizilishi suv shoʻrligining ortishiga sabab boʻlmoqda.

Amudaryoning sugʻorishda ahamiyati juda katta. Chorjoʻy va Xorazm vohalari yerlari qadimdan sugʻorilib, dehqonchilik qilib kelinadi. Amudaryoning suv zahiralaridan keng miqyosda foydalanish saksoninchi yillardan avj olib ketdi. Daryoning yuqori qismida Vaxsh, Kofarnihon, Surxondaryo kabi irmoqlaridan kanallar chiqarilib, Tojikiston va Oʻzbekistonda yangi yerlar oʻzlashtirildi. Oʻrta oqimida 1954-yilda Qoraqum kanali qurilishi boshlandi. Buxoro yerlarini Amudaryo suvi bilan sugʻorish uchun Amu-Qorakoʻl kanali, Amu-Buxoro mashina kanali, Qarshi magistral kanali qurildi. Amudaryo quyi qismida Toshsoqa, Shovot, Qilichniyozboy, Qipchoq, Boʻzsuv, Suenli, Paxtaarna, Qizketken, Kegayli, Quvonishjarma irrigatsiya tizimlarining taʼmirlanishi natijasida 1974-yilda Taxiatosh gidrouzeli  va 1978-yilda Tuyamoʻyin gidrouzeli qurib bitkazildi, daryodan kanallarga suv olish hajmi koʻpaydi.

Hozirgi kunda Amudaryoning eski oʻzanlari izidan Daryoliq va Koʻlli tashlamalari ishga tushirilgan. Xorazm vohasidan yer osti shoʻr suvlari Sariqamish koʻliga shu tashlamalardan oqizilmoqda. Amudaryoning quyi qismida 60-yillarda har birining uzunligi qariyb 100 km. boʻlgan bir necha yirik kollektorzovur tarmoqlari qurildi. Ularning oʻrtacha yillik suv sarfi qariyb 5 — 20 m/sek. chamasida boʻlib, koʻpchiligi suvini Orol dengizining qurib qolgan qismiga quymoqda. Amudaryo havzasida suv taqchilligining kuchayishi bilan suv zahirasidan oqilona foydalanish muammosi tobora keskinlasha boshladi. Amudaryoning suv oqimini faqat mavsumlararo tartibga solishdan tashqari, koʻp yillik suv oqimini ham tartibga solish zarur boʻladi.

Xullas, xalqimizni beminnat obi hayot bilan taʼminlab turgan qadimiy daryomiz suvi bugungi kunda oʻta oqilona munosabatda boʻlishni taqozo etmoqda. Zero suv – hayot manbaidir.

Otabek XIDIRBOYeV,

Inomjon TURSUNBOYeV,

NDPI qoshidagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyi tarix fani oʻqituvchilari.

(Foto - http://xorazm.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026