MAKTABIMIZDAN ChIQQAN OLIM
Bizning Amudaryo tumanimiz azal-azaldan isteʼdodlarga boy zamin hisoblanadi. Bu yerdan qanchadan-qancha ilmli insonlar yetishib chiqqan. Shulardan biri adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Pirmat Shermuhammedovdir.
Olimning "Ijod dardi”, "Ona sutidek pokiza”, "Davr - qahramon taqdirida”, "Isteʼdod sehri”, "Umid muhabbatdadir”, "Barchadan yaxshiroq hayot guli”, "Istiqlolni oʻylab” kabi kitoblari xalqimizning maʼnaviyat mulkiga aylangan.
Pirmat akaning elim-yurtim, deb, yashagani, Orol fojeasiga butun dunyo eʼtiborini qaratib, dengizni qutqarish istagida xalqaro jamgʻarma tuzishga hissa qoʻshganining oʻzi jasoratdir.
Pirmat aka ona yurti oldida mana shunday jasoratli ishlarni bajara olganligi tufayli xalqaro YuNESKO tashkilotining oltin medaliga sazovor boʻlgan. U xalqimizga maʼrifiy-axborot yetkazishda ham jonbozlik koʻrsatgan. Masalan, Amir Temur bobomizning shaxsiy uzuklari Amerikaning "Metropoliten” muzeyida saqlanib turgani haqidagi xabarni xalqimizga yetkazgan va oʻsha uzukning suratini matbuotda eʼlon qilgan.
Olimning koʻplab asarlarining sarlavhasidanoq uning mazmun-mohiyati aniq namoyon boʻladi. "Ishonish qiyin”, "Jonsiz rasmlar”, "Ruhiy olam sehrgar”, "Kichkintoylarning katta dunyosi” kabi asarlari shular jumlasidandir.
Men ana shu ulugʻ inson tugʻilgan joyda tugʻildim, u kishi taʼlim olgan maskanda oʻqidim. Bu men uchun ham baxt, ham faxrdir.
Yulduz MADADOVA,
44-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶