30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:19
Fan va taʼlim 👁 2,493

SIFATLI TAʼLIM-TARBIYa – BOSh VAZIFAMIZ

SIFATLI TAʼLIM-TARBIYa –  BOSh VAZIFAMIZ

Bu yilgi xalq taʼlimi xodimlarining  "Goʻzal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Oʻzbekistonim!” shiori ostida oʻtkazilayotgan anʼanaviy  Avgust  Kengashlari Respublikamiz mustaqilligining chorak asrlik toʻyi arafasiga toʻgʻri kelmoqda.

Ayni kunlarda barcha viloyatlarda, tumanlarda, yurtimizning har bir mahallasi-yu har bir goʻshasida boʻlgani kabi tumanimizning ham har bir qishlogʻi va mehnat jamoalarida eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz – istiqlolimizning 25 yillik toʻyini munosib nishonlashga bagʻishlangan tadbirlar avjiga chiqmoqda.

Fursatdan foydalanib, men aziz hamkasblarimni, butun tumanimiz xalqini shaxsan oʻz nomimdan hamda tumanimiz maorifchilari nomidan ushbu qutlugʻ bayram bilan qizgʻin muborakbod qilaman!

2011-yilda mamlakatimiz mustaqilligining 20 yillik bayrami arafasida ham taʼlim sohasida oʻtgan 20-yil davomida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilib, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, ularning natijalari, yaratilayotgan qulayliklar va eng asosiysi, xalqimiz turmush tarzining naqadar tezlik bilan yaxshilanib borayotganligi toʻgʻrisida gʻurur bilan fikr yuritgan edik. 20-yil ichida erishgan yutuqlarimizga oʻtgan 5-yil muddat ichidagi muvaffaqiyatlarimizni ham qoʻshib sarhisob qilsak, yurtimizda olib borilayotgan odilona siyosatning samarasi naqadar salmoqli ekanligini anglash qiyin emas.

Oradan oʻtgan 25-yil nisbatan qisqa davr boʻlsa ham ushbu muddat ichida misli koʻrilmagan yangi-yangi marralar zabt qilinmoqda. Buni oddiygina raqamlarda ham koʻrishimiz mumkin:

1991-yilda tumanimizda zamonaviy binolarda joylashgan maktablar soni 24 tani tashkil qilardi. Bugungi kunga kelib ular soni 62 taga yetdi.

Maktablarda mavjud zamonaviy kompyuter sinflari soni atigi 4 tani tashkil qilgan boʻlsa, bugungi kunda ular soni 56 tani tashkil qiladi, bundan tashqari yana 36 ta maktabda personal kompyuterlar mavjudligini hisobga olsak, bu borada sharoitlar naqadar yaxshilanib borayotganligining guvohi boʻlamiz.

Jami maktablarimizning 24 tasidagina sport zallari mavjud edi. Oʻtgan davr mobaynida ushbu koʻrsatkichimiz joriy yilda foydalanishga topshirilgan 32-sonli hamda 34-sonli maktablar sport zallari bilan qoʻshib hisoblaganda 51 tani tashkil qiladi.

Tumanda telefonlashtirilgan maktablar soni 2008-yil holatiga 16 tani tashkil qilgan boʻlsa, bugunga kunga kelib, umumtaʼlim maktablarining barchasi toʻligʻi bilan telefonlashtirildi.

Taʼlim muassasalarimiz avvallari faqat orzu qilganimizday zamonaviy laboratoriya va fan xonalari, zarur jihozlar va asbob-uskunalar bilan jihozlandi.

Tumanimizdagi taʼlim muassasalarida oʻtgan oʻquv yiliga solishtirganda ham maqtansa arzigulik ishlarimiz bor.

Taʼlim-tarbiya samaradorligining asosiy koʻrsatkichlarini oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan Bilimlar bellashuvi, fanlar Olimpiadasi va shu kabi muhim ahamiyatga ega boʻlgan koʻrsatkichlarni oʻz ichiga qamrab olgan kompleks parametrlar asosida taʼlim sifatini baholash natijalari hamda reyting koʻrsatkichlari tashkil qiladi.

Ushbu yoʻnalishga nazar tashlasak, tubandagi natijalar koʻzga tashlanadi:

Bilimlar bellashuvining 3-bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi natijalariga koʻra 3 ta birinchi, 5 ta ikkinchi va 17 ta uchinchi – jami 25 ta sovrinli oʻrinlar bilan tumanimiz Nukus shahri, Toʻrtkoʻl va Qoʻngʻirot tumanlaridan keyin 4-oʻrinni egallab turibdi.

Kompleks parametrlar boʻyicha tumanimiz Oʻzbekiston Respublikasidagi 194 ta tuman va shaharlar orasida 67-oʻrinni egalladi. Eʼtiborli tomoni shundaki, tumanimiz 2014-2015 oʻquv yilida 98-oʻrinda boʻlgan boʻlsa, 2015-2016 oʻquv yili yakunlariga koʻra 31 ta oʻringa yuqorilab, 67-oʻrinni egalladi.

Ushbu koʻrsatkich boʻyicha tumanimiz Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2014-2015 oʻquv yilida 8-oʻrinda boʻlgan boʻlsa, 2015-2016 oʻquv yili yakunlariga koʻra 3 ta oʻringa yuqorilab, 5-oʻrinni egalladi.

Tumandagi 16-, 15- va 40-sonli umumtaʼlim maktablari Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi eng ilgʻor 20 ta maktab qatoridan oʻrin egalladi.

Har yili anʼanaviy Avgust Kengashlari oʻquv yili yakunlarini tahlil etish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlash, yoʻl qoʻyilgan kamchilik va nuqsonlarning sabablarini aniqlash, yangi oʻquv yilida ularning takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan vazifalarni belgilab olish, oʻqitishning zamonaviy texnologiyalarini amaliyotga joriy etgan holda oʻquvchilarda barcha fanlarga qiziqish uygʻotish maqsadida tashkil etiladi.

Joriy oʻquv yilida oldimizda turgan vazifalarni muhokama qilish  bu yilgi Avgust Kengashi kun tartibida turgan eng dolzarb masalalardir. Yuqorida keltirilgan asosiy yoʻnalishlar boʻyicha tegishli umumlashmalar chiqarib, taʼlim sifatini yaxshilash, oldimizga qoʻyilgan maqsad va orzularimizga erishish boʻyicha aniq xulosalarga ega boʻlsak, kelgusi faoliyatimizning bundan ham samarali boʻlishiga erishamiz.

Aziz hamkasblar! Barchamiz ezgu orzu-umidlar bilan qarshi olayotganimiz – mustaqilligimizning 25 yilligi va yangi oʻquv yili bilan barchangizni yana bir bor qutlayman! Mashaqqatli va masʼuliyatli faoliyatingizda tolmas kuch-quvvat tilayman!

Ashirboy QOʻShAYeV,

tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026