ISTIQLOLIMIZGA KOʻZ TEGMASIN!
Kundan-kun chiroy ochib borayotgan yurtimizga koʻz tegmasin. Mana, mamlakatimiz mustaqillikka erishganiga 25-yil toʻldi. 25-yil ichida mamlakatimiz hayotida qanchadan-qancha oʻzgarishlar roʻy berdi, qancha marralarni zabt qildik va dunyoning etakchi davlatlari qatoriga shaxdam odimlar bilan kirib bormoqdamiz. Istiqlol bizga koʻp va keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Eng birinchi navbatda, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, har bir sohaga ularni jalb qilish, qiziqtirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlab, mamlakatimizga nafi tegadigan kerakli kadrlar qilib tarbiyalash borasidagi qonuniy asoslar ularning jamiyatdagi nufuzini yanada oshirdi. Intiluvchan yoshlarning hech biri eʼtibordan chetda qolayotgani yoʻq, ular uchun imkoniyatlar eshigi lang ochiq. Biz yoshlar bu gʻamxoʻrlikning qadriga yetishimiz kerak.
Yurtimiz tinch, turmushimiz obod, farovon. Goʻzal va betakror yurtda oʻtayotgan har bir kun toʻy-tomoshaga boy. Qanday yurtda toʻy koʻp boʻladi? Eng avvalo tinch, oʻziga toʻq,xalqi tanti, koʻngli ochiq yurtdagina toʻy-yu tomosha koʻp boʻladi! Mustaqil yurtimizga toʻylar yarashadi, istiqlolimizga koʻz tegmasin!
Yulduz ZARIF qizi, "Qizilcholi” MFY.
(Foto - http://adolat.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶