30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:36
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,661

PAXTAKORLARGA QOʻL-QANOT BOʻLIB

PAXTAKORLARGA QOʻL-QANOT BOʻLIB

Paxta – milliy boyligimiz, gʻurur va iftixorimiz. Xalqimiz farovonligini, ozod va obod turmushini taʼminlashga xizmat qiluvchi kafolatli byudjet manbai. Shuning uchun ham paxtachilik sohasini rivojlantirish, hosildorligini oshirish, tola sifatini jahon talablari darajasiga yetkazish, dehqonlarimizning peshona teri evaziga yetishtirilgan "oq oltin” hosilini sifatli yigʻib-terib  olish nafaqat  paxtakor dehqonning, balki bevosita soha rivojiga daxldor xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar xodimlarining  ham zimmasidagi masʼuliyatli vazifadir. Paxtani ekishga tayyorlashdan tortib, uni daxlsiz saqlash, qayta ishlash sanoati korxonalariga joʻnatishgacha boʻlgan uzviy ish jaryonida oʻnlab korxonalarning xodimlari tinimsiz faoliyat olib borishadi.

Tumanimizning yuksak "oq oltin” xirmonini bunyod etishga munosib hissalarini qoʻshgan korxona va tashkilotlarning rahbarlari bilan suhbatimiz aynan shu haqda, tumanda paxtachilikni yanada rivojlantirish, yuqori hosil olish va sifatli yigʻib-terib olish omillari xususida boʻldi.

Ulugʻbek Ibragimov, tuman paxta urugʻchilik laboratoriyasi mudiri: - Avvalo butun tumanimiz xalqini erishilgan yuksak gʻalaba – yetakchi tarmoq boʻlgan paxta yetishtirish boʻyicha belgilangan shartnomaviy rejaning bajarilishi bilan tabriklayman.

Dehqonchilikda bir qoida bor – tanlagan urugʻing sara boʻlsa, xirmoning baland boʻladi. Yaxshi urugʻ tanlanmasa, qancha kuch sarflagan bilan koʻzlangan natijaga erishish qiyin, juda qiyin.

Shuning uchun ham tumanimizda kelgusi yil hosili uchun tayyorgarlik hozirdan boshlanadi. Erta bahorda urugʻchilik uchun ekilgan maydondagi gʻoʻza nihollari alohida eʼtibor bilan parvarishlanadi. Urugʻlik chigit olish uchun moʻljallab ekilgan gʻoʻza nihollari, avvalo chanqab qolmasligi yoki suvbosdi boʻlmasligi talab etiladi. Har ikki holatda ham urugʻ sifatiga salbiy taʼsir kuzatilishi mumkin.

Shuning uchun bizning ishimizda sifat eng muhim omil sanaladi. Yaxshi yetilgan koʻsaklar tabiiy ochilishi kerak. Biz defoliatsiya qilingan maydonlardan terilgan hosildan yanagi yil hosili uchun aslo urugʻlik tayyorlamaymiz. Urugʻlik chigit uchun faqat birinchi terim pallasida, aʼlo navli paxta tanlanadi.

Bu yilgi hosil uchun gʻoʻzaning "Sulton” va "S-4727”, shuningdek, yangi "Buxoro-8”va "Buxoro-102”navlaridan urugʻlik  tayyorlandi. Oʻtgan 2015-yilgi paxta yigʻim-terimi mavsumida sifatli terib olingan hosildan eng sara chigit ajratib olinib, oʻz vaqtida ishlov berildi va talablar darajasida sifatli saqlandi. Natijada chigit ekish davrida paxtakorlarimiz uchun bu borada muammo tugʻilmadi. Fermer xoʻjaliklari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq tumanimiz paxtakorlari uchun 1230 tonna urugʻlik chigit oʻz vaqtida yetkazib berildi. Natija esa kutilganidan ham ziyoda boʻldi. Tumanimiz dalalarida moʻl hosil yetishtirildi. Urugʻlik uchun tanlangan "Sulton” navli paxta urugʻi oʻzining ertapisharligi va serhosilligi, tola sifatining yuqoriligi bilan dehqonlarimizga manzur boʻldi. Albatta, bularning barchasi tinimsiz fidoyi mehnatning samarasidir.

Baxtiyor Davekov "Mangʻit-Nazarxon” irrigatsiya tizimi boshligʻi: - Biz dehqonchilik madaniyati haqida koʻp gapiramiz. Lekin juda koʻpchilik holatlarda aynan dehqonchilik madaniyatiga amal qilish borasidagi xatolarga duch kelamiz. Ayniqsa, suvdan foydalanish masalasida. Modomiki, suv yoʻllari va suvdan toʻgʻri foydalanilmas ekan, dehqonchilikda koʻzlangan natijaga erishish qiyin. Buni mohir dehqonlarimiz juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun ham ota-bobolarimiz: "Suvning ortigʻi ham, kam boʻlishi ham ekinni quritadi, har qanday holatda ham meʼyorni bil” – deyishgan.

Mazkur qishloq xoʻjalik yilida irrigatsiya tizimi tasarrufidagi markaziy suv yoʻllaridan foydalanishda qatʼiy tartibga amal qilindi. Avvalo 296 km. uzunlikdagi xoʻjaliklararo va 1342 km. uzunlikdagi ichki xoʻjalik suv yoʻllaridan foydalanuvchi fermer xoʻjaliklari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq yerlarning  shoʻrini yuvishdan tortib, gʻoʻzalarga suv tarashgacha boʻlgan davrda har bir fermer xoʻjaligi uchun zarur boʻladigan kunlik, haftalik va oylik suv sarfi hisoblab chiqilib, hududlardagi aholi tomorqalarini ham inobatga olgan holda limitlar berildi. Suvning behuda sarflanishiga yoʻl qoʻyilmadi. Buning uchun markaziy va ichki suv yoʻllarida suv sarfining qatʼiy nazoratga olingani esa minglab kubometr obi-hayot manbaini tejash imkonini berdi. 3560 nafar xodimlar suv sarfini doimiy nazoratda ushlab turdilar. Natijada paxtani sugʻorish paytida suv yetishmasligi bilan bogʻliq muammo yuz bermadi. Dehqonlarimiz uygan 32840 tonnalik ulkan "oq oltin” xirmonining bunyod  boʻlishiga ozmi-koʻpmi hissa qoʻshganimiz, paxtakorlarimizga madadkor boʻlganimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Xirmonlaringiz yanada sarbaland boʻlsin, aziz bobodehqonlar, deymiz.

Maxsetboy Matmurotov,  "Amudaryo agrotexservis MTP” MChJ raisi: - Bugungi qishloq xoʻjalik ekinlari rivojini texnikasiz tasavvur etish qiyin, albatta. Ayniqsa, milliy gʻururimiz va bebaho boyligimiz boʻlgan paxtachilikda texnika – dehqonning qoʻl-qanoti.

Korxonamiz yil davomida 16 ta qishloq xoʻjalik texnikalari bilan jami 400 mln. soʻmlikka yaqin texnika xizmati koʻrsatib, bu boradagi rejasini ortigʻi bilan uddaladi.

Fursatdan foydalanib, tumanimiz xalqini, barcha dehqonlari, fermer xoʻjaliklari rahbarlarini davlatga paxta topshirish yillik shartnomaviy rejalarini bajarganlari bilan qizgʻin tabriklayman!

Narimon Sobirov, "Ellikqalʼa neft baza”si UK Qoratov filiali direktori: – Bizning korxonamiz ham yil boshidanoq oʻz zimmasidagi shartnoma-majburiyatlarini aniq  va puxta reja asosida bajarib kelmoqda. Xususan, fermer xoʻjaliklariga 3110 tonna dizel yonilgʻisi, 65 tonna boshqa yonilgʻi-moylash materiallari yetkazib berildi. Paxta yigʻim-terimi mavsumi davrida texnikalarning betoʻxtov  ishlashini taʼminlash maqsadida qoʻshimcha zahira  ham jamgʻarib qoʻyilgani bois, dizel yonilgʻisi va boshqa yonilgʻi-moylash materiallari taqchilligi bilan bogʻliq muammo yuz bermadi. Shuningdek, 7 joyda tashkil etilgan shoxobchalar kecha-kunduz tinimsiz ishlab, 17 ta yonilgʻi tashish agregatlarida koʻchma xizmatlar tashkil etildi.

Tumanimiz paxtakorlari ulugʻvor "oq oltin” xirmonini bunyod etishib, yuksak dovondan oshdilar. 32840 tonna Amudaryo "oq oltin” xirmoni uyildi.

Oldinda esa zabt etilmagan yana bir  dovon turibdi. Lafzi halol dehqonlarimiz davlat omboriga yana 12,5 ming tonna paxta yetkazib berish va umumiy "oq oltin” xirmonini 45 ming tonnaga yetkazish uchun qoʻshimcha majburiyat qabul qildilar. Biz navbatdagi yuksak dovonni zabt etishga chogʻlangan paxtakorlar bilan hamisha birgamiz!

 

Suhbatdosh

Robiya YOʻLDOShEVA. 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026