12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 19:00
Adabiyot 👁 4,357

NAVRÖZI OLAM BUGUN

Har gal Navröz bayrami yaqinlaşsa, olis bolalikning betakror lahzalari köz oldim-da jonlanaveradi. Qişloğimizning eng sözamol, dono va şoirtabiat  kişilaridan biri, biz bolalar eng yaxşi köradigan "qöşiqçi bobo” - Kamol Xarrat hovlisi atrofiga bir töda bolani yiğib,  boşidagi çögirmasini  selkillatib biri-biridan qiziqarli ertaklar, ohanglari dillarni tebratuvçi qöşiqlar aytardi. Neça yillar ötibdiki, Xarrat boboning  ovozi quloğim ostida hamon qayta  jaranglaydi:

Halinçak, ho halinçak,

Halinçakda kelinçak.

Kelinçak kulib yursa,

Qutli bölar kelajak.

Halinçak, ho halinçak,

Soçi sunbul kelinçak.

Polvon bola tuğib ber,

Halinçakka solib ber.

Boboning bu qöşiğidan söng biz quvonib ketardik. Huddi ovuldagi hamma kelin-çeçalarimiz öğil tuğib, halinçaklar tölib ketganday! Ovulimizda Alpomişlar ot surib yurganday-a! Axir Xarrat bobomizning qöşiqlaridagi mezon şunday edida:

Kelinçak ul tuvib,

Ulkan botir yigit bölib.

El-ovulim, deb emranib,

Alpomişday ot surar-a.

Ot surar-a, ha-ha-hay...

Navröz kelganini Xarrat bobomizning hovlisidagi baland gujum daraxtiga halinçaklar qurilganidan bilardik. Enalarimiz yumşoq, börsillagan böğirsoqlar pişirib, yoğoç çanoqlarga solib berişardi, qöşni bolalar bilan birga baham körardik. Bir-birovga mehr-oqibatning, eʼtiborning mazmun-mohiyati barq urib turardi har bir köngilda. Yeröçoqqa örnatilgan dahsar qozon  atrofida kigiz töşab, tinmay biqirlab qaynayotgan sumalakni kovlab turib, momolarimiz hazil qöşiqlar aytişardi.

Keli tuygan kelinjon,

Bilaging munça nimjon?

Gursillatib ursang-o,

Şakarin çiqarsang-o.

Tönka yorgan böz bola,

Öçoqqa bir boqsang-o.

Bir urganda yormasang,

Ajiz (kuçsiz demoqçi) san-a hay bola!

Xalqimizning maʼnaviy boyligi, sözamolligi, hozir-javobligi sinovdan ötardi göyo  sumalak, Navröz bahona. Ana şunday aytimlar bilan kelinlarni epli, yigitlarni kuçli bölişga çorlardi momolarimiz. Xarrat bobo esa baland gujum daraxtining yoyilib ösgan şoxlariga har galgi Navrözda halinçaklar qurardi. Sumalak saylining eng totli lahzalari ana şu halinçakning iforli şamolida edi göyo:

Gujumning şoxosina osdim halinçak,

Haz etib öynasin, kulsin kelinçak.

Siltamang arqonni, siltamanglar-ov,

Kelinçak soçlari şoxga ilinjak...

Halinçak,  halinçak, şamoling yaxşi,

Navrözdan-Navrözga yetirsin omon.

Kelinçak ul körsin umrning naqşi,

Ullari elini qörğasin omon.

Kökrak burma köylaklar kiyib, uzun soçlarini sollantirib halinçak uçgan kelin-çeçalarimiz yanagi Navrözga albatta öğilli böliş umidida sumalak qaynayotgan qozon atrofida tilaklarini piçirlab-piçirlab aylanişardi. Halinçak uçiş gali biz bolalarga yetganida Xarrat  bobomiz boşqa bir aytimni boşlardilar:

Halinçak, ho halinçak,

Halinçakda boyçeçak.

Boyçeçagim ullaysin,

Meva boqqa aylansin.

Uç-a, uç ho polvonim,

Qolmasin heç armoning.

Davaraging boğ bölsin,

Böksang baland toğ bölsin...

Halinçak har borib-kelganida boşlarimizdan son-sanoqsiz gujum tangalari tökilardi. Quvnab-quvnab, sumalak qaynayotgan qozon atrofida öynab-öynab çarçardik, uxlab qolardik.

- Sumalak-ka-a-a! – Momolarimizning çorlovidan uyğonib ketardik. Butun ovul ahli qozon atrofiga yiğilardi. Ustiga oppoq dasturxon yopilgan qozon oçilgandagi möʼjizani körmoqqa barça muştoq!

Qozon ustini oçgan odam "bismilloh”, deb Ambar ona ruhiga duoi fotiha öqirdi.

- Ana, kördingizmi, - derdi momom qozonni oçiboq, - fariştalar sumalakka tuz taşlab, totli qilibdi, qöllarining izi qolibdi-ya!

Hammamiz sumalak yuzasidagi möʼjizaviy şaklga boqib, hayratlanardik: gul va maysalarga öxşaş, inson panjasiga monand şakllar bölardi sumalak yuzasida! Bu ne sinoat, bu ne möʼjizaki, buğdoy maysasining suti bilan buğdoy unining toti - jahoniy lazzat mujassam bölib yetilgan Sumalak!

Hammadan yoşi uluğ momolardan biri "bismilloh”, deb sumalakka çömiç urardi, qator terilgan idişlarga sumalak suzilardi. Hammaga yetardi sumalak. Hamma mamnun, hamma şod, bir-birini qutlagan. Kelinlar yopgan sariyoğli patirlar, kök börak, göştli göja, iyjon, jöxori patraklar örtaga qöyilib, Navrözni nişonlardik. Har gal bahor şunday boşlanardi qişloğimizda. Birdan...

Yöq, menga ayon bölgani ötgan asrning çirkin bir kunida – 1987-yilda xalqimizning eng qadimiy  qadriyati – Navröz bayramiga toş otildi. Köngillar vayron, köngillar zimiston, köngillar hayron, köngillar...

Ezgulikka, yaxşilikka oşufta köngillar sindi. Navröz bayrami diniy bayram deb fasod, fitna töqidi ğalamis bir odam. Unga ergaşgan maʼnaviy qaşşoq kimsalar Navrözni qatağon qildilar, göyo xomtalaş etilgan mol kabi söydilar.

Ne vayronu hayronlik ayqaşu uyqaş böldi,

Haqmi, yolğon bilolmay ne köngillar ğaş böldi.

Savdolari bir oğir zamon, deb qarğaş böldi,

Har ğanimning yumuşi özbekni bulğaş böldi.

Bir söz ila Navrözim xomtalaş bölgan kunlar.

Qizaloqning soçlari tözidi bargak taqmay,

Yeröçoqlar kömildi köp zamon töngak yoqmay.

Işq, orzular böğildi tuğilib, yörgak taqmay,

Ne köngillar ğaş böldi zamonga "sergak boqmay”,

Bir söz ila Navrözim xomtalaş bölgan kunlar...

Ovulma-ovul oralab yurib, maʼruza qilguvçilar topildi. Navröz sayli, sumalak sayli bilan boğliq xalqning nurli xotiralarini, buyuk maʼnaviy tarixini qoraladilar. Xalqimizning gözal udumlari, qadriyatlarini tamoman öçirib taşlamoqqa jazm etdilar. Lekin Navröz ezgulik va hurlik, ozodlikka talpingan dillardan öçmadi.

Uni, Navrözni afsonaviy Qaqnus quşga mengzagim kelaveradi. Axir majusiylar kufr eʼlon qilib Qaqnus quşni ötga taşladilar, u yonmadi. Islom dinini qora tuproqqa teng-lagan johillar kufrona deb Qaqnus quşni mamnuʼ etdilar. Afsonaviy quş qayta tirildi. Qanot yozdi, taşna köngillarda muhabbat sahrosini böstonga aylantirdi.

Bir hovuç  jaholatparastlar amri bilan Navröz yurtimizda diniy bayram sifatida qatağonga uçradi. Qafaslarni qoq bölib çiqdi Navröz! Xuddi Qaqnus quş singari ötlarga yoqilsa-da qayta tirilib, el  könglida, yuragida böy tiklab boraverdi u!

Yana, afsonaviy Siyovuş singari matonatga timsol bölib elimga qaytdi Navröz! Fisq-fasod, tuhmat va xiyonat qurboniga aylangan Siyovuş haqidagi rivoyatni bir eslang-a: ögay onasi Sudobaning muhabbatini rad etgan Siyovuş tuhmat toşlari ila ezildi, fisq dorida osilib, xiyonat xanjari ila söyildi. Bu qatl Siyovuşga mangu barhayotlik baxş etdi: uning har tomçi qonidan oşiq qalblarga malham  giyoh unib çiqaverdi, unib-ösaverdi. Navröz ham Örta Osiyo, şu jumladan özbek xalqining mangu barhayot qadriyatiga aylandi. Navröz – qatlga böy bermadi – qayta kökardi. Xalq xotirasidan öçirmoqçi böldilar, aql-idrok ğalaba qildi, özligini yöqotmagan, xalqning qalbida manguga muhrlanib qoldi.

- Navröz – nainki Örta Osiyo xalqlarining, balki özbek millatining eng qadimiy, eng gözal bayrami. Millatimizning maʼnaviy qiyofasi, - dedi hamdöstlik respublikalari rahbarlari içida jasorat bilan siyosat maydoniga otilib çiqqan muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov ilk Navröz bayrami tantanalarida.

Ha, 4 ming yillik tarixga ega Navröz bayrami eng ezgu orzu-umidlar, gözal urf-u odat-larni özida mujassam etib, asrlar davomida sayqallangan, zamonamizning  xuş nafasini özida aks ettirib, xalq qalbiga quyoşday taft berguvçi ayyom! U bizning özligimiz, ötmişimiz, bugunimiz va ertangi kunimiz haqida söz oçguvçi maʼnaviy yodgorligimiz.

Bir vaqtlar (1985-87-yillar) Navröz bayramining örniga "Navbahor” bayrami kunini (aprel oyiga) belgilab depsingan kimsalarning bugun yuzi şuvut. Axir bahorning ilk kunidanoq hamma – esini tanigan gödakdan tortib, töşakka mixlangan bemorgaça Navrözga – sumalak sayliga, xalq sayliga oşiqadi. Dehqonçilik taqvimiga monand ravişda dalalarda iş qiziydi. Quyoş Hamal burjiga kirib, ona zaminga muhabbat qöyadi, taft beradi, yangilaniş, yaşillaniş, yaratiş fasli – Yangi kun boşlanadi.

Biz bolaligimizda sumalak qaynatgan momolarning  qizlari bugun momo,  yeröçoqqa ötin yorgan böz bolalar ota bölib, böz bolalarning otalari bobo bölişgan. Halinçakda soçlari sollanib uçgan, Alpomiş ullarni dunyoga keltirgan kelinçaklar bugun öz kelinlariga keli tuydirib, sumalakka unnaşgan. Atrofda yangilik köp, özgariş, ösiş bisyor, Navröz quvonçi, orzu-umidlari ezgu!

Dala yöllari. Bu yöllar bugun tamoman özgaça. Özgargan! Ariqlar, yöllar böyi, mahalla guzarlari obodon. Har bir ovulda Mustaqillik boğlari, Mustaqillikning har galgi sanasiga monand ekilgan köçatlar, kökka böy çözgan nihollar, 22 yoşni töldirayotgan daraxtlar – Yaşillik olami, Yaxşilik olami, Ezgulikka egiz qadamlar zalvori. Bu qadamlarda taraqqiyot hokim, buyuk rivojlaniş bor. Şudir Navrözning ezgu amallari! Yuksak maʼnaviyatga tomon qilingan parvozning inʼikosidir bu – Navröz ayyomidan boşlanadigan rizqu röz tomon solingan yöl – ozod va hur mehnatning tantanasi!

Ana,  Amu suvlariga yuzini yuvgan dalalardan hovur kötarilayotir, endigina pildirab yurişni boşlagan gödak bobosi bilan köçat ekmoqqa şaylanayotir, dehqon dalasi roşida yangi hosil yili rejasini tuzayotir, çöpon suruvlar ortida qişdan omon çiqqan qöy-qözisining sanoğidan adaşayotir! Baland gujumlar şoxida halinçaklar şamoli. Yoqimli, köngillarni östiruvçi, yaşnatuvçi şamol! Momolarning çorlovi yangraydi:

- Sumalak-ka-a-a-a!

Dilga xuş yoquvçi bir bayt xayolimni oladi:

Har lahzasi bir yilga arzigilik dam bugun,

Döstlar, na xuş ayyom bu – Navrözi olam bugun!

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026