01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 21:37
Jamiyat 👁 3,944

Targʻibot tadbirlari oʻtkazildi

Targʻibot tadbirlari oʻtkazildi

Shu yilning 21 oktyabr kuni tumanimizda "Kim edigu kim boʻldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mavzusida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Xalq taʼlimi vazirliklari, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, "Oʻzbekkino” milliy agentligi, "Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi, "Oʻzbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Yoshlar madaniyat va sanʼat markazi hamkorligida oʻtkazildi.

Tumanimizdagi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari, umumtaʼlim maktablari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari hamda madaniyat va aholi dam olish markazida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar, sanʼat namoyandalari mamlakatimizda istiqlol yillarida erishilgan olamshumul yutuqlar, barcha sohalarda amalga oshirilgan islohotlar xususida batafsil soʻzladilar.

Shu kuni 21-sonli umumtaʼlim maktabi binosi oldi bayramona bezatildi. Aziz mehmonlarni oʻquvchi-yoshlar, maktab oʻqituvchilar jamoasi non-tuz bilan qarshi oldilar. Mehmonlarga sportbilan shugʻullanib, yutuqlarga erishgan, koʻksiga qoʻsha-qoʻsha medallar taqqan iqtidorli oʻquvchilar peshvoz chiqdilar.

Maktab faollar zalida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisi Yernazar Beknazarov, Qoraqalpogʻiston xalq shoiri, "Doʻstlik” ordeni sohibi Muzaffar Ahmedov, faxriy oʻqituvchi Tursunboy Abdullayevlar kun tartibidagi mavzu yuzasidan qiziqarli maʼruzalar qildilar. Opera xonandasi, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist Dariboy Xoʻjabergenovning soʻzlari ayniqsa oʻquvchi yoshlarda ulkan taassurotlar qoldirdi.

- Men oʻz ijodiy yutuqlarimni albatta mustaqillik mevasi, deb bilaman, - dedi u soʻzida. – Avvallari Oʻzbekistonni, Qoraqalpogʻistonni dunyo bilarmidi? Yoʻq! Hech kimning iqtidoriga, isteʼdodiga eʼtibor berilmagan, tarbiyalanmagan.

Men bundan oʻn yilcha oldin Italiya davlatida opera xonandalarining tanlovida qatnashdim. Dastlab meni hech kim nazariga ilmadi. Navbatim yetib, ijroimni boshlaganimdan soʻng, tomoshabinlar ham, hakamlar ham diqqat bilan tinglay boshlashdi. Qoʻshiq tugagandagi olqishlardan zal larzaga keldi. Quvonganimdan zoʻrgʻa sahnadan tushdim. Gʻoliblar safida ekanimni eʼlon qilishganida quvonchim ichimga sigʻmay, koʻzlarimdan yosh boʻlib chiqdi.

Oʻylab koʻring, azizlar! Bu oddiy bir ijodkorning hayotida mustaqilligimiz bergan imkonlarning ifodasi emasmi? Hozir sanʼatda, sportda, fanda yoshlarimiz erishayotgan yutuqlar dunyoni lol qoldirayapti. Bularning bari istiqlol sharofati-ku!

Qoraqalpogʻiston "Yosh tomoshabinlar teatri aktyori Salomat Arziyev maʼruzasidan soʻng xonanda Sherzod Masharipov ijro etgan ashulalar barchaga manzur boʻldi.

Xuddi shunday tadbir Amudaryo akademik litseyi va 40-sonli umumtaʼlim maktabida ham boʻlib oʻtdi. Oʻquvchi-yoshlar Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari Gʻofur Shermuhammedov, yozuvchi va dramaturg, "Inson va Qonun” gazetasi muharriri Qoʻchqor Norqobil, Berdaq nomidagi davlat musiqali teatri aktrisasi Suluvxon Gʻaniyevalar mamlakatimizning bosib oʻtgan 25 yillik tarixi, amalga oshirilgan ulugʻvor yuksalishlar haqida gapirdilar. Taniqli estrada xonandalari Ravshan Matniyozov, Maxsud Saidov, Sherzod Masharipovlar ijro etgan qoʻshiqlar oʻquvchilar qalbiga ona Vatan, tinchlik qadr-qimmatini yanada teranroq joyladi.



"Doʻrman” qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji va "Choykoʻl” madaniyat va aholi dam olish markazida oʻtkazilgan tadbirlarda oʻzbek Milliy akademik drama teatri va kino aktrisasi Vazira Yunusova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti Safargul Davletova, shoir, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Abilqosim Oʻtepbergenov, estrada xonandasi Ulugʻbek Sobirov va "Nihol” mukofoti sovrindori Aminzoda Jumaniyozovlar ishtirok etdilar.

Kollejning oʻqituvchilar va oʻquvchilari jamoalari tomonidan iliq kutib olingan mehmonlar dastlab kollej oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan tikuvchilik va toʻquv mahsulotlari, oʻquvchilarning taʼlim va sport sohalaridagi yutuqlarini izohlovchi diplom va faxriy yorliq kabi mukofotlardan tashkil topgan koʻrgazmani tomosha qildilar.

Targʻibot guruhi aʼzolari "Choykoʻl” madaniyat va aholi dam olish markazida yoshlar bilan oʻtkazilgan muloqotda tinch va farovon hayotimizning qadriga yetib yashash lozimligini, chuqur bilim olish, maʼnaviyatli inson boʻlib shakllanish Oʻzbekiston yoshlarining asosiy maqsadi boʻlishi lozimligini qayta va qayta taʼkidladilar hamda oʻz ijod namunalarini oʻquvchi-yoshlar eʼtiboriga havola etdilar.

Xitoy ovuli markazidagi Transport va xizmat koʻrsatish kasb-hunarkollejining majlislar va tantanalar saroyida boʻlib oʻtgan tadbirda kollej oʻquvchi-yoshlari mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov rahnamoligida taʼlim tizimida olib borilgan izchil islohotlar tufayli oʻquvchi-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida toʻlqinlanib soʻzladilar. Bundan yigirma besh yil avvalgi ota-onalari, ustozlari orzu qilgan imkoniyatlardan bugun emin-erkin bahramand boʻlayotganlarini oʻzlari erishayotgan yutuqlar, kelgusi rejalari, orzulari misolida quvonch bilan taʼkidladilar.



Tadbir mehmonlari yoshlarga oʻzlarining bolalik davrlari qanchalik mashaqqatli kechgani, mustaqillik tufayli mamlakatimizda adabiyot, sanʼat sohasida juda katta ijobiy oʻzgarishlar yuz bergani haqida gapirib berdilar. Shu bilan birga yoshlarning talablariga koʻra, operalardan ariyalar, kuy va qoʻshiqlar ijro etdilar. Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Muzaffar Ahmedov oʻz ona Vatani qadriga yetmay, baxt izlab yot ellarda yashayotgan, mol-dunyoga yetishsa-da, koʻngli Vataniga talpinib turgan bevatan insonning koʻngil kechinmalari haqidagi sheʼrini oʻqib berdi.

Barchaning qalbiga koʻtarinki maʼnaviy ruh bagʻishlagan tadbir 21-oktyabr - oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun sifatida til bayrami shodiyonalariga ulanib ketdi.



Targʻibot guruhi aʼzolari – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Anvar Gʻaniyev, Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri aktyori Dilmurod Uzoqov, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Gulnora Nurlapesova, Oʻzbekiston xalq artisti Gulxaticha Ayimbetova, Qoraqalpoq qoʻgʻirchoq teatri bosh rejissyori Murod Begimov hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqa teatri aktrisasi Mirgul Mambetmuratovalar Amudaryo melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji hamda 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida boʻlishib, yoshlar bilan ochiq muloqot uyushtirishdi va ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarishdi.



Targʻibot tadbirlari doirasida taʼlim muassasalarida yurtimizda istiqlolgacha boʻlgan davr hamda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan izchil islohotlar samaralarini aks ettiruvchi "Kim edigu kim boʻldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” nomli fotokoʻrgazma, istiqlol yillarida xalqimiz erishgan ulkan yutuq va marralar, tinchlik va barqarorlikni taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar, dunyoning turli mintaqalarida roʻy berayotgan notinchliklar, terroristik oqimlar, ular ortida turgan yovuz kuchlar va ularning gʻarazli maqsadlarini fosh etuvchi "Marra bizniki!” nomli videorolik namoyish etildi.

Tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, navqiron avlod ongi va qalbini turli maʼnaviy tahdidlardan himoya qilish, ularda mustahkam gʻoyaviy immunitet va faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Oygul RAJABOVA,

Robiya YOʻLDOShEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026