01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 22:49
Salomatlik 👁 2,456

XALQIMIZ SOGʻLOM EKAN, VATANIMIZ HAMIShA FAROVONDIR

XALQIMIZ SOGʻLOM EKAN, VATANIMIZ HAMIShA FAROVONDIR

Mamlakatimizda har jihatdan sogʻlom, barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan davlat Dasturlari doirasidagi keng qamrovli vazifalar negizida ham xalqimiz salomatligini yanada mustahkamlash asosiy maqsad qilib belgilangan.

Men har kuni oʻzim rahbarlik qilayotgan Oxunboboyev nomli QVP tomon yoʻl olarkanman, bundan 25-yil avvalgi Xitoy ovuli hududidagi moʻʼjazgina FAPni va u yerdagi sharoitni koʻz oldimga keltirib, bugungi qishloq hayotining naqadar farovon va obod pallaga kirganidan quvonib ketaman. Bor-yoʻgʻi  ikki yoki oshib ketsa uch nafar oʻrta tibbiyot  xodimlari faoliyat olib boradigan FAPlarda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish  darajasi tamoman qoniqarsiz ahvolda edi. Tibbiy  anjomlar haqida gapirmasa ham boʻladi.

Bugungi QVPlarda esa xalqimiz salomatligini mustahkamlash, bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish zamon talablari darajasida. QVP joylashgan hududda  6120 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Muassasamizda faoliyat olib boruvchi 23 nafar tibbiyot xodimi  hududdagi har bir  oila, har bir fuqaro haqida toʻliq maʼlumotga egaligi tufayli aholi oʻrtasida yuqumli kasalliklarga chalinish holatlari juda kam. Ayniqsa, oilalarda sogʻlom farzandlar tugʻilishini, ularning sogʻlom rivojlanishini taʼminlash maqsadida fertil yoshidagi ayollar sogʻligi qatʼiy nazorat ostiga olingan. Dunyoga kelgan har bir goʻdak alohida mehr va eʼtiborda. Bir yoshgacha boʻlgan va bir yoshdan 6-7 yoshgacha boʻlgan bolalarni kasalliklarga  qarshi emlash ishlari oʻz vaqtida olib borilganligidan bolalar sogʻlom oʻsishmoqda. Bundan tashqari, 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar va undan yuqori yoshdagi yoshlar salomatligi borasida hududimizda muammo yoʻq hisobi.

Lekin 18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan fuqarolar orasida tumanimizdan chetga, koʻpincha Qozogʻiston va Rossiya davlatlari hududiga chiqib, ishlab qaytayotganlar ham borligi uchun patronaj shifokorlarimiz aynan shunday fuqarolarning oilalarida tez-tez boʻlib, ularning salomatliklarini nazorat qilib turishadi. Qon tahlillari natijalari alohida qayd etilib, zarur paytda tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Keksa avlod vakillari nafaqat oilalarimiz, balki jamiyatimizning ham koʻrkidir. QVP tasarrufidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi  60 yoshdan oʻtgan, 70-80 va undan yuqori  yoshlarga yetgan pir-u badavlat otaxon va onaxonlarimiz holidan xabar olish muassasamiz xodimlari zimmasidagi eng masʼuliyatli burchdir. Zarurat tugʻilganda QVPda tashkil etilgan oʻrinlarda yotib, davolanish imkoniyati yaratilgan.  QVPda bemorlarni qabul qilish, aniq tashxis qoʻyish, qon tahlillarini aniqlash va davolash boʻyicha yaratilgan sharoitlar tuman markazidagi shifoxonalardagi sharoitdan qolishmaydi. Chunki barcha xonalarimiz zamonaviy tibbiy asbob-anjomlar bilan jihozlangan. Nigora Mamutova, Sayyora Rajabova, Shuhrat Davlatov kabi shifokorlarimiz oʻzlarining xushmuomalaligi, samarali davolash usullari bilan ovul ahlining  hurmat-eʼtiborini qozonishgan. Zamira Oʻrozimbetova, Adolat Oʻtaboyeva, Dilbar Bobojonova, Goʻzal Ibragimova, Safargul Yoʻldosheva, Madina Davlatova, Feruza Erimbetova singari oʻrta tibbiyot xodimlarining har bir ishidan aholi mamnun.

Insonlar dardiga darmon boʻlish, ularning qalbiga quvonch baxsh etib, umriga umr qoʻshishga intilib yashash – har bir shifokor dilidagi ezgu qasam. Biz ana shu qasamga hamisha sadoqatda, xalqimiz  sogʻligiga masʼullik hissi bilan mehnat qilaveramiz. Chunki xalqimiz sogʻlom va yoshlarimiz barkamol boʻlsa, ona Vatanimiz yuksak taraqqiyot sari dadil odimlayveradi.

 

Omonboy YeLUBOYeV,

Oxunboboyev nomli QVP mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026