OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI OLDIDAN
Savol: – Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari necha yoshdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashish huquqiga ega boʻladilar?
Javob: – Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashish huquqiga ega.
Savol: – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish tartibi qanday?
Javob: – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va qirq besh kun qolganida tugaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Siyosiy partiyaning yuqori organi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga bittadan nomzod koʻrsatishi mumkin.
Siyosiy partiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga faqat oʻz partiyasi aʼzolari orasidan yoki partiyasizni nomzod etib koʻrsatishga vakolatlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
Siyosiy partiyaning rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni roʻyxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi.
Savollarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boʻlimi bosh maslahatchisi T.Kalillayev javob berdi.
(Foto - http://protoday.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶