Ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanmoqda
Toza ichimlik suvi aholi salomatligini mustahkamlashda muhim omil sanaladi. Shu sababli keyingi yillarda nafaqat shaharlar va tuman markazlari, balki chekka qishloqlarga ham ichimlik suvi tarmoqlari tortilib, suv taqsimlash inshootlari qurilmoqda.
Ammo, olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda uzluksiz suv taʼminotini yoʻlga qoʻyish katta mablagʻ va vaqt talab qiladi. Shu sababli bunday aholi punktlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan kundalik suv yetkazib berish tizimi yoʻlga qoʻyildi. Bu boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinib, "Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ balansiga ichimlik suvi tashish uchun maxsus mashinalar hamda jihozlar xarid qilindi hamda joylarga yetkazildi.

Endilikda tumanimizda ham kundalik ichimlik suvi yetkazib berish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Markazlashtirilgan suv taʼminoti mavjud boʻlmagan Bobur nomli ovuldagi "Jumur ovul”, "Qangli” ovulidagi "Xonjigʻali”, "Matar yop”, "Jumaboy sogʻa”, shuningdek "Boʻz yop” ovulidagi "Alang ovul”, "Qorajon”, "Jappas” va "Sari ovul” aholi punktlarida joylashgan 325 ta xonadonda yashovchi 1500 nafarga yaqin aholiga tuman suv tarmoqlari korxonasi tomonidan jadval asosida maxsus mashinada ichimlik suvi yetkazib beriladigan boʻldi.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida ichimlik suvini maqbul narxlarda (1 litruchun 10 soʻmdan koʻp boʻlmagan) yetkazib berish, toʻlovlarni bank plastik kartalari orqali qabul qilish koʻzda tutilgan.
Suratda: aholiga ichimlik suvi yetkazib berish jarayoni aks ettirilgan.
M.ShOMURODOV olgan suratlar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶