SAYLOV – BAYRAMDAY OʻTDI
Qanday yaxshi zamonlar keldi, bolalarim. Bundayin tenglik, toʻkin-sochinlik, erkinlik, shaxsan men yashab oʻtgan davrda aslo boʻlgan emas. Hozir 90 yoshga toʻldim. Aytsam, yoshlarga bir ertakday tuyuladi. Umrimning 65 yili mustabidlik davrida kechdi: non topsak, kiyim-kechak, kiyim-kechak topsak, non topolmagan paytlarimiz koʻp boʻldi. Mustaqillikdan avval mana shunday saylovlarda umuman qatnashmas edik. Kim deputat boʻlayotir, kim hukumat boshligʻi boʻldi? Yoʻq-yoʻq, bunaqa masalalarga oddiy fuqaro aralashganini koʻrganim yoʻq.
Hozirgi dorilomon, hur, erkin zamonga yetadigani yoʻq. Men erta tongda, soat oltidayoq quvonib-quvonib el-yurt dardini oʻz dardi deb biladigan, xalqqa qayishadigan, yuragida Vatan degan qudratli muhabbat bilan yashayotgan fidoyi nomzodga ovoz berdim. Iloho omin, xalq qalbidan joy olgan barcha Vatan fidoyilari omon boʻlsinlar, mamlakatimiz hamisha tinch, osuda boʻlsin!
Yerlapas BOBONIYoZOV, mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶