15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 07:04
Jamiyat 👁 3,538

OILA – MUQADDAS QOʻRGʻON unga zavol yetmasin!

OILA – MUQADDAS QOʻRGʻON unga zavol yetmasin!

Biz kim, necha yoshda, qanday mansab, mavqeda boʻlmaylik, doimo bagʻriga talpinadigan, bahuzur  orom olib, farogʻat topadigan bir goʻshamiz bor, bu – oilamiz.

Bu maskan avvalo oʻz-oʻzimizniki, oʻzimizga tegishli hudud boʻlgani, yaqinlarimiz qurshovida umrguzaronlik qilishimiz tufayli ham aziz va moʻʼtabardir. Qolaversa, oila yangi avlodlar dunyoga keladigan, oʻsib-ulgʻayib, kamolga yetadigan jamiyatning bir boʻlagi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda oilalarni muhofaza qilish, mustahkamligiga erishish borasidagi gʻamxoʻrliklar tobora kuchaytirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, "Oila” Kodeksida oilalarning tinch, farovon yashash mezonlarini taʼminlovchi qoidalar oʻz ifodasini topgan.

Har bir inson – oila aʼzosi, oila esa jamiyatning ajralmas qismi. Insonning barkamolligi, uning jamiyatdagi tutgan oʻrni – oilasidagi tarbiyadan, u yashayotgan ijtimoiy muhitdan boshlanadi. Tarbiya qanchalik mukammal boʻlsa, u shunchalik yetuk shaxs boʻlib yetishadi. Bu oʻz navbatida jamiyatning maʼnaviy-ruhiy hayotiga taʼsir etadi. Demak, oilalarning sogʻlom, ahilligi, tinch-osoyishtaligi – jamiyatning tinch-osoyishtaligini taʼminlar ekan. Keyingi yillarda oilalardagi notinchliklar, ajrimlarning  koʻpayib ketayotgani shu boisdan  ham har birimizni tashvishga solmoqda.

Mamlakatimiz miqyosidagi ajrimlarning 35,5 foizi oilaviy hayotning dastlabki 4-yilida sodir boʻlgan. Ajrashgan ayollarning 54,6 foizi 20-29 yoshdagilar, 1,9 foizi 18 yoshdagilar, 3,9 foizi 15-17 yoshdagilardir.

Tumanimiz misolida olib qaraydigan boʻlsak, yilimizning oʻtgan oʻn oyi mobaynida 1141 ta yangi oila bunyodga kelgan, 101 oila esa ajrashdi.

Bu raqamlar har birimizni ham hushyor tortishga, chor – atrofimizga fuqarolik burchi, masʼuliyati bilan qarashga undaydi, shunday emasmi?

Oila mustahkamligiga erishish kelin-kuyovning biologik va maʼnaviy yetuk yoshda turmush qurishiga ham bogʻliq. Erta turmush qurib, dunyoga kelgan farzandiga qanday gʻamxoʻrlik qilishni bilmaydigan kelinlar ham bor. Qizlarimiz avvalo oʻqib, biron kasb yo hunar egallab, egallagan kasbida ishlab, jamoada yaxshi-yomonni koʻrib, oilalar hayotini kuzatib, oʻziga kerakli xulosalarni olib, keyin turmush qursa, ajralishlar birmuncha kamayarmidi? Chunki qizlarning fiziologik toʻliq rivojlanishi 21 yoshdan keyin boʻladi. Qizlarning oilaviy hayotga ham jismoniy, ham ruhiy, maʼnaviy jihatdan tayyor emasligi toʻydan soʻng turmush oʻrtogʻi va yangi oila aʼzolari bilan munosabatlarni oʻrnatish, roʻzgʻor ishlarini yuritish va farzand tarbiyalash borasida koʻpgina muammolarga duch kelishiga sababchi boʻladi.

Hozir turmushga maʼnaviy tayyorgarlik degan soʻzni tilga oldim. Chunki yigit-qizlarimiz hozir turmush qurayotib, ota-onasidan eng obroʻli, qimmat xizmat koʻrsatuvchi toʻyxonani, eng qimmat ijara kelin koʻylagini, eng soʻnggi  rusumdagi mebel, uy-roʻzgʻor jihozlarini talab qilishadi. U kishilarning oʻzlari yemay-ichmay, kiymay bolamga, qizimga deb yiqqani bu xarajatlarga urvoq ham boʻlmay qoladi. Qarabsizki, oyoq tirab turib olgan yigit-qizning  talabi qondirilguncha ikkovining ham ota-onasi qarzga botib qoladi. Qarz – oiladagi kelgusi koʻngilsizliklarning boshlanishi boʻladi.

Psixologlarning taʼkidlashicha, inson oʻziga  ato etilgan baxtning toʻrtdan  uch qismini oiladan, qolgan bir qisminigina boshqa  omillardan topar ekan. Shuning  oʻziyoq oila qurishga nechogʻlik masʼuliyat bilan yondoshish lozimligini koʻrsatadi. Ajrim tufayli er-xotinning  oʻzigina muammolar girdobida qolmaydi, balki shu oilalardagi farzandlar taqdiri ham ravon boʻlmaydi. Chunki ajrim tufayli farzandlar yo ota, yo ona tarbiyasidan mosuvo boʻlishadi. Farzandga ota-ona mehri oʻrnini bosuvchi boshqa omilning oʻzi yoʻq.

Tahlillar shuni koʻrsatadiki, ajrashayotgan er-xotinlarning  aksariyati 20-25 yoshli. Ular bir-ikki yil turmush qurishgan, xolos. Ajrashish holatlarining 18 foizi oiladagi kelishmovchiliklar, 22 foizi oʻzaro muhabbatning yoʻqligi, qolganlari esa farzandsizlik, er yo xotinning kasalligi, ichkilikbozlik tufaylidir.

Oilalarning buzilishi sabablari oʻrganilganda, koʻproq qizlarning oila qurishga tayyor emasligi, kelinlik vazifasini uddalay olmasligi, yangi oilasidagilar bilan yaxshi munosabat oʻrnata olmasligi, masʼuliyatni his etmasligi, yigitlarning oilani boshqarish, moddiy taʼminlashni eplay olmasligi, farzandlar oldidagi burchini his etmasligi sabab boʻlayotganligi ayon boʻlmoqda. Biroq keyingi yillarda turmushimizga tobora keng singib borayotgan zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari – kompyuter, uyali aloqa telefonlari ham baʼzan oilalardagi tinchlik-osoyishtalikka rahna solayotganligi bor gap.

Yaqinda shunday voqea boʻldi. Yangi tushgan, oʻqituvchi boʻlib endi ish boshlagan bir kelinga maktabdan zarurat yuzasidan qoʻngʻiroq qilingan. Erkak kishining ovozini payqab qolgan kuyov xotiniga kim bilan, nimani gaplashding, deb oʻdagʻaylay boshlabdi. Kelin qoʻngʻiroq kimdan ekanligini aytsa, eri ishonqiramagan. Qani, gaping rost boʻlsa, oʻzing shu raqamni ter, - deb turib olgan. Endigina ish boshlagan maktab direktori oʻrinbosariga qoʻngʻiroq qilishga kelin oʻngʻaysizlangan. Jahli  chiqib, menga ishonmasangiz, birga yashashimizning nima maʼnosi bor, ketganim yaxshi, degan. Er ketsang ham oldin shu qoʻngʻiroq egasini menga topib berasan, deb turib olgan.

Qaynona, qaynotaning oqilona yoʻl tutib, muammoga yechim topib berganligi bois, yosh kelin-kuyovning hayoti izga tushib ketdi.

Shunday vaqtlarda oila qurishga psixologik yetuklikning nechogʻlik muhim ekanligi yanada yaqqol namoyon boʻladi. Chunki psixologik yetuk shaxslar turli hayotiy vaziyatlarni toʻgʻri baholab, oqilona yechim topa oladilar, turli sharoitlarga tez koʻnika oladilar.

Oilani tanazzulga olib kelayotgan sabablardan yana biri ishsizlikdir. Koʻp oilalarni kuzatsangiz, kelin ham, kuyov ham ishlamaydi. Birpas roʻzgʻor ishlarini saranjomlagach, ikkovi ham bekor. Bekorchilikdan arzimaydigan seriallarni koʻrishadi, internetdagi nomaqbul saytlarga kirishadi, vaqtini bemaqsad oʻtkazishadi. Ezgu niyat boʻlmagan koʻngilga esa shaytoniy oʻylar bostirib kelaveradi. Bu oʻz – oʻzidan oiladagi totuvlikni yemiradi.

Hurmatli ota-onalar avvalo farzandlarini oʻqitib, kasb-korli qilib, keyin toʻy haqida oʻylasalar, albatta bu ijobiy natija beradi.

Har nima boʻlganda ham oilaning parokanda boʻlib ketishi jamiyatimiz uchun tashvishli hol. Chunki ajrimlar tufayli  eng avvalo ayollar va bolalar aziyat chekadi, jamiyatning maʼnaviy rivojiga putur yetadi.

Ajrimlar tumanimizda jinoyatlarning yil sayin oʻsib ketishiga ham sabab boʻlayotir. Chunki ajrashgan onaga agar oʻrtada farzandlar boʻlsa, aliment belgilanadi. Ajrashgan xotindan alamzada er hatto oʻz zurriyodlari uchun aliment toʻlashni ham istamaydi, chap bergisi keladi.

Yaqinda aliment toʻlashni istamay yurgan bir otaning ishi sudda koʻrib chiqildi. Uning farzandlariga toʻlaydigan aliment puli 31 millionga yetibdi. Afsuski, bunday misollar koʻp. Bu takror jinoiy ish. Endi ajrashib ketgan, yo ota, yo ona tarbiyasidan ayrilgan farzandlarning taqdirini kuzatsangiz, muammolar bundan ham chuqur ekanligini koʻrasiz. Chunki ular bir umr otasi yo onasi tashlab ketgan degan "tamgʻa” bilan yashashadi. Ularda ishonchsizlik, himoyasizlik hissi kuchli boʻladi. Bu oʻsmirlarning sogʻlom, zehnli boʻlib oʻsishiga, oʻz qobiliyatini namoyon etishiga toʻsiq boʻladi. Oqibatda u hech narsaga qiziqmay qoʻyadi. Hatto tartibsizlikka, isyonkorlikka moyil boʻlib ulgʻayadi.

Voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklar, jinoyatlar sodir etayotganlarning sakson foizdan ziyodi toʻliq boʻlmagan oilalar farzandlari ekanligi fikrimizni dalillaydi.

Tinch, farovon, baxtiyor turmushimizdan oʻrin olayotgan ajrimlar har bir fuqaroni oʻylantiradi, tashvishlantiradi, oldini olish yoʻllarini axtarishga undaydi.

Har nima boʻlganda ham, kun sayin oʻsib borayotgan oilaviy ajrimlarga hech kimning befarq qarashga haqqi yoʻq. Chunki ular – qoʻshnimiz, mahalladoshimiz, birodarimiz yo qarindoshimiz. Oʻrtada sarson boʻlib qolayotgan begunoh norasidalarning ham baxtiyor, ota-ona mehriga qonib, betashvish yashashga haqqi bor.

Oila – muqaddas qoʻrgʻon. Tilagimiz unga zavol yetmasin, begunoh norasidalar ota, ona mehriga zor boʻ-lishmasin!

Oygul RAJABOVA.

(Foto - http://uchquduq-gazeta.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019