02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 02:18
Jamiyat 👁 4,028

YaNGI YIL XALQIMIZ UChUN EZGU MANFAATLAR YILI BOʻLIB QOLSIN!

YaNGI YIL XALQIMIZ UChUN EZGU MANFAATLAR YILI BOʻLIB QOLSIN!

Insonning baxtli hayot kechirishi, sogʻlom farzandlar tarbiyalab, oilada maʼnaviy jihatdan toʻkis turmush tarzini shakllantirishi uchun, eng avvalo, uning oʻzi hayot neʼmatlaridan bahramand boʻlmogʻi kerak. Zero, inson oʻz hayoti, turmush tarzidan rozi boʻlsagina, ruhan tetik, maʼnan sogʻlom, koʻngli xotirjam, boy-badavlat yashaydi. Shuning uchun ham har gal Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan oʻtkaziladigan tantanali marosimda kirib kelayotgan yangi yilni xalqimiz hayoti, turmush tarzida yangi oʻzgarishlar yasash maqsadida xalq farovonligi, baxt-saodatini, avlodlar barkamolligini oʻzida mujassam etgan nom bilan atash anʼanaga aylangan.

Oʻtgan 2016 yilga muhtaram Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov "Sogʻlom ona va bola yili”, deb nom bergan edilar. Bu borada ishlab chiqilgan Davlat dasturi doirasida 2016-yilda ona va bola salomatligini mustahkamlash, jismonan, aqlan va maʼnan sogʻlom avlodni tarbiyalashga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 2017-yilga mamlakatimizda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nom berishni taklif qilganida xalqimiz bu taklifni quvonch bilan qarshi oldi.

Fidoyilik, vatanparvarlik, millatlararo totuvlik va hamjihatlikning buyuk timsoliga aylangan oʻzbek xalqi uchun bu taklif davlatimiz va hukumatimizning oʻz xalqiga koʻrsatayotgan hurmat va ehtiromining, eʼtiborining amaliy ifodasi boʻldi. Hukumat xalq oldidagi burch va masʼuliyatini ado etishga, mamlakatimizda inson manfaatlarini hamisha baland tutishga har lahza tayyor ekanligidan dalolat boʻldi bu!

"Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak va bu haqiqatni avvalo barcha boʻgʻindagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi zarur”, – deya taʼkidladi Sh.Mirziyoyev Konstitutsiyamizning 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlagan maʼruzasida va boshlanayotgan yangi yilimizda "inson manfaatlarini taʼminlash, eng avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak”ligi bugungi kunning eng dolzarb vazifasi ekanligini qayd etdi.

Mustaqillik gʻoyalariga sodiq, elim, yurtim, deb, tinchlik, deb yashayotgan Oʻzbekiston xalqi uchun "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yilikatta shodiyonalar bilan boshlandi. Yangi yil bayrami arafasida Oʻzbekistonning yangi rahbari, Prezident Sh.Mirziyoyev yana bir muhim Farmonga imzo chekdi. "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni matbuotda eʼlon qilindi. Butun mazmun-mohiyati bilan insonning baxt-saodati, tinchligi va manfaatlarini oʻzida mujassam etgan ushbu Farmon mamlakatimizda "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan ezgutamoyilni amalda qaror toptirish, xalq murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini amalda joriy etishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Ushbu Farmonga muvofiq barcha joylarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etilib, xalq bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotlar qilish imkoni yaratiladigan boʻldi.

Bemalol aytish mumkinki, ushbu Farmon rahbarlik organlari bilan oddiy xalq oʻrtasidagi byurokratik toʻsiqlarni tag-tugi bilan olib tashlaydi va xalq oʻz hayotiga oid muammolarni koʻtarib eshikma-eshik sargardon boʻlib yurmaydi. Ishonamizki, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili tom maʼnoda xalqimiz uchun baxt-saodat va ezgu manfaatlar yili boʻlib qoladi.

INSON MANFAATI USTUVOR VATAN

Xalq – daryo, xalq – dengiz, xalq – bir sinoat,

Tilida shukrona, dilda qanoat.

Yashasa, elim deb, bolajonim, deb,

Vatanga tinchlik, deb yashaydi faqat.

Hatto dilin ezib turganida gʻam,

Qaddin dol etganda dard ila alam.

Yomonin yashirib, yaxshilik tomon,

Bitta qadam qoʻyib yashaydi har dam.

Koʻngli toshib turar mehmonlariga,

Ham ishonch, suyanch u sarbonlariga.

Joni ogʻrisa gar sukunat ichra,

Gul tutib yashaydi armonlariga.

Armoni koʻziga – qaroqqa botgan,

Ming bir savoli bor yurakda yotgan.

Sabr togʻlariga boshini qoʻyib,

Necha tongi uning soʻroq-la otgan.

Moziydan to bugun olib yaxshi ot,

Istiqlol goʻshasin aylagan bunyod.

Xalqim! Yuragingda tugunlarni och,

Vatanda boshlandi sen-la muloqot!

Aytgin, aytavergin pinhonlaringdan,

Dilda jilovlangan tugʻyonlaringdan.

Qay maʼmur oldida soʻzingni yutib,

Oʻzingni unutib qoʻygʻonlaringdan.

Tong otdi Vatanda! Chor taraf gulrang,

Xalq bilan muloqot berib xushjarang.

Inson manfaatin qoʻyib ustuvor,

Oʻzbekiston yashnab ketganin qarang!

Shunchalar nurafshon Yangi yil tongi,

Hukumat qarorlar sharh etdi! Yangi!

Baxt-u saodatga, tinchlikka kafil

Qasam jarangladi yurakda! Yangi!

Dillarga malhamday singidi qasam,

Qasamki, magʻzida xalq taqdiri jam.

Har bitta insonning umid, ishonchi,

Hatto manfaati unda mujassam!

Ahli jahon koʻrdi – qutlugʻ makonda

Totuvlik taftini har toʻkis onda.

Prezident "Xalqim!” – deb ichganda qasam,

Xalqim taʼzim etdi Oʻzbekistonga!

O, manim daryodil, hokisor xalqim,

Soddadil, samimiy, gohi sor xalqim.

Vatan, deb oʻzini unutgan ogʻam –

Oriyati baland, jonnisor xalqim!

Har shahr-u qishlogʻim bezangan, koʻrkam,

Toʻrt tomonga boqdim! Osuda oʻlkam.

Har inson qadrini boshga koʻtarib,

Jahonga tik boqib turibdi Vatan!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026