KITOB – ENG YaQIN DOʻSTIMIZ
Sarlavhani oʻqib, hayron boʻlmang, ajablanmang ham. Chunki ayni kunlarda kitob bilan yaqin doʻst boʻlayotganlar juda kam. Yangi kitob olib, uni oʻqib, bir-birovlariga zavq bilan aytadigan oʻquvchilar safi yildan-yilga kamayib bormoqda. Eng achinarlisi, yoshlar, yaʼni bizning tengdoshlar boʻsh vaqtlarini internet-kafelarda, turli xil rusumdagi telefonlar, kechqurunlari esa oldinma-ketin televizor orqali namoyish qilinadigan teleseriallar qarshisida oʻtkazishadi. Mana shu "qoldirib boʻlmas mashgʻulotlar” sabab koʻpchilik tengdoshlarimiz uchun maktab darslarini oʻzlashtirish, uy vazifalarini vaqtida tayyorlash bir qadar muammoga aylanayotgani sir emas.
Bugun texnika va texnologiya rivojlanib borayotgan bir davrda yashayapmiz. Zamonaviy texnologiyalar bizni batamom qurshab oldi. Bu – yaxshi, zamonaviy texnologiya ilmini puxta egallash zamon talabi va taraqqiyotning oldingi saflarida yurishga yoʻl ochadi. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, na jozibador mobil uskunalar, na global tarmoq - internet, na turli xilda shakllantirilgan chalgʻituvchi oʻyinlar, teleseriallar ham insonga kitob oʻqishdan oladigan zavq-u shavqni berolmaydi, maʼnaviyatini, ong-u shuurini va dunyoqarashini boyitib, kamolotga etaklay olmaydi.
Tengdoshlarim buni vaqtida anglab, boʻsh vaqtlarini kitoblar oʻqishga sarflashsa, qanday yaxshi boʻlar edi.
Oltinoy OʻROZBOYeVA, 30-sonli maktab oʻquvchisi.
(Foto - http://uzbekistonovozi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶