02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 02:20
Adabiyot 👁 4,195

Yangi yil ilhomlari

Yangi yil ilhomlari

           XUSh KELIBSAN

Porloq-porloq nur sochib,

Xush kelibsan, yangi yil!

Erkin, ravon yoʻl ochib,

Xush kelibsan, yangi yil!

 

Eski yil davomchisi,

Yangicha ilhomchisi.

Boʻlib shodlik kuychisi,

Xush kelibsan, yangi yil!

 

Qadaming qutlugʻ boʻlsin,

Zafaring ulugʻ boʻlsin.

Barcha sendan oʻrgilsin,

Xush kelibsan, yangi yil!

 

Ikki ming oʻn yettinchi,

Sendadir ishonch kuchi.

Elga quvonch berguvchi,

Xush kelibsan, yangi yil!

 

Dilsayyor istaklari,

Koʻpayar borgan sari.

Sensan, ilhom mehvari,

Xush kelibsan, yangi yil!

Xudoybergan   JUMAMURODOV.

 

MULOQOTGA YOʻL OChIB

Oʻgʻil-qizlar shodlanib bugun,

Har birining chehrasi gulgun.

Eski yilga yasalib yakun,

Eshik qoqib keldi yangi yil.

 

Qorbobojon Qorqizi bilan,

Archa yorugʻ yulduzi bilan.

Oshayotgan nufuzi bilan,

Kirib keldi yana yangi yil.

 

Yangi yilda yangicha hayot,

Turmushimiz goʻzal bagʻoyat.

Eski yilga yasab nihoyat,

Umid ila keldi yangi yil.

 

Yangi yilni kutyapmiz, mana,

Har davrada qilib tantana.

Muloqotga yoʻl ochib, ana,

Xalqqa manzur keldi yangi yil.

 

Hur diyorda baxtli zamona,

Goʻzal qoʻshiq, goʻzal tarona.

Taraddudda har uy, har xona.

Tinchlik olib keldi yangi yil.

Shomurod XOʻJANOV, "Doʻrman” ovuli.

 

YaXShI

Birovning aybini yashirmoq, yaxshi,

Ozgina himmatni oshirmoq, yaxshi.

Dunyodan oʻtganni yomon demanglar,

Koʻpni yaxshilikka shoshirmoq, yaxshi.

 

Fiybatchi gapirsa, qoqib qoshini,

Zaharga toʻldirar ichgan oshini.

Elda bir ibratli maqol ham bordir:

"Yaxshi oshin yeydi,yomon boshini!”

 

Banda savob ishni har kuni qilsa,

Yaxshilik qilishning savobin bilsa.

Tongla mahshar kuni kelgan vaqtida,

Xudoning oldida javobin bersa.

 

Baxillik yomondir, hasaddir yomon,

Ichi yonib, bir kun boʻladi tamom.

Xudoyim bergandir unga inoyat,

Xudo berganiga hasaddir yomon.

 

Akangni yoqa bil, ukani yeng bil,

Yaxshiga, yomonga ximmating teng qil.

Yomon ham bir kuni kelar insofga,

Savob topay, desang koʻnglingni keng qil.

 

Yaxshi boʻlsang, sendan qolar emish bogʻ,

Yomonlik qilgandan qolar emish dogʻ.

Faqat yaxshi boʻlib dunyodan oʻtsang,

Jannat emish joying, uchmas emish zogʻ.

 

Yaxshilik yoʻliga chorlaydi yaxshi,

Yoʻling mashʼal boʻlib porlaydi, yaxshi.

Yangi yilda yomonga yoʻldosh boʻlmangiz,

Farhod der, yaxshilik – umrning naqshi.

Farhod Avaz,

”Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi.

 

YaNGI YIL ORZUSI

Qanday zalvor sezilsa-da,

Qishning har nafasida.

Sirli shukuh sezdim bugun,

Bayram arafasida.

 

Yangidan-yangi orzular,

Umiddan berib darak.

Umrning zar kitobida,

Ochilar yangi varaq.

 

Bu demak, kimning koʻnglida

Vatan obroʻsi, shoni.

Boʻlsa buyuk kelajakni,

Yaratmoqlik imkoni.

 

Yurt ravnaqi fikri bilan,

Band boʻlsa qiz-oʻgʻlonlar.

Qancha-qancha muammo-yu,

Taslim boʻlar dovonlar.

 

Afsus, boʻldi yoʻqotishlar,

Shukur, boʻldi topish ham.

Endi lozim olgʻa bormoq,

Bellarni bogʻlab mahkam.

 

Katta maqsad rejalarga,

Dilni hammamiz bogʻlab.

Har bir ishda zafarlarga,

Qoʻyamiz oʻzni chogʻlab.

 

Inson bilan muloqot va

Manfaatlari yilida.

Zoʻr ishlarga niyat bordir,

Hamma rahbar dilida.

Bugun aytilgan tilaklar,

Roʻyob boʻlib bexato.

Haqning oʻzi yurtimizga,

Baxt-iqbol qilsin ato.

 

Mayli, yaqinlashsak hamki,

Keksalikka bir qadam.

Gashti bor-da, omon yetsang,

Axir qarilikning ham.

 

Kelayotgan Yangi yilning

Qutlugʻ ostonasida.

Niyat shu – xalqim yashasin,

Baxtning koshonasida!

Ahmad NAFASOV.

 

ARAFA

Kundan-kun oxirlab borar eski yil,

Kundan-kun oʻy bosib boradi meni.

Soʻroqlar yomgʻiri yogʻib muttassil,

Shalvirab qolganday yurak ham hil-hil.

 

Koʻzguga qarasam, bulturgidan koʻp

Sochlarim oqini sanayveraman.

Yuzlarim ajini ortibdi-ku xoʻp,

Tizilishgan bari goʻyo sanoq choʻp.

 

Yil adogʻi asli charchoqqa oʻxshar,

Osmoni ham ochmas qovoqlarini.

Yer kurrasi horgʻin, zoʻrgʻa aylanar,

Goʻyo oyoqlari bir-bir chalishar.

 

Oʻzimdan-oʻzimga berib hisobot,

Yilning chegarasi jilovlar meni.

Sakrab oʻtmoqchiday minib asl ot,

Oʻng-u soʻllarimga qarayman bot-bot.

 

Eski yil yoʻl ochar yanagi yilga,

Sirli ochun misol hayratga solar.

Niyatlar tuydirib har bitta dilga,

Fayz berar umrning har bir fasliga.

Sharofat XOLMURODOVA,

32-sonli maktab oʻqituvchisi.

 

YaNGI YIL

Hammayoqda oʻzgacha ranglar,

Yangi yilning gashti kezmoqda.

Archamizga bir bor qaranglar,

Goʻzalligin oʻzi sezmoqda.

Ertaklarning olami asli,

Bezatilgan har bir xonadon.

Qish hammaning sevimli fasli,

Qor oʻynaymiz yurgin, ukajon!

Bir moʻʼjiza kutar yuraklar,

Sovgʻa istar murgʻak bolajon.

Aytiladi minglab tilaklar,

Sarguzashtdir har lahza, har on.

Sukunatli, sehrli tunda,

Qorbobodan ertak toʻqiymiz.

Lek ajib sir mavjuddir unda,

Afsona deb, bayot oʻqiymiz.

Yashamoqning goʻzal onlari,

Chiqillaydi soat bonglari.

Oqshom bugun shunday chiroyli,

Yangi yilning oltin tonglari!  

Nilufar Sobirova, Amudaryo akademik litseyining sobiq oʻquvchisi.    

 

OQ ORZUDAY ShIRIN

Parcha-parcha qor bilan,

Izgʻirin havo bilan.

Yangi yil kirib kelar,

Qorbobo, Qorqiz bilan.

Qor guli tushar mayin,

Oppoq orzuday shirin.

Qorboboni yasayin,

Bayramda bu zoʻr oʻyin.

Parcha-parcha qor bilan,

Izgʻirin havo bilan.

Yangi yil kirib kelar,

Yangi baxt, orzu bilan.

Rozajon RAHIMOVA.

 

OʻChMAS ANʼANA

Yangi yil, sen yangi orzularimsan,

Yangi yil, musaffo, pok tilagimsan.

Yuragim qaʼrida chaqnar durimsan,

Uchmoqqa shaylangan qanotim oʻzing,

Yangi maqsad, yangi kun boshla oʻzing.

 

Oq qorlar eriydi bu zamin uzra,

Koʻz yoshin toʻkadi asta sumalak.

Quyosh ham uygʻonar yangi kun sari,

Orzu tomon uchar nafis kapalak –

Qor, yomgʻir yogʻar va chiqar kamalak.

 

Yangi yilning ajib xislati bordir,

Barchaning qalbini egallar quvonch.

Qorbobo har kuni ishga tayyordir.

Xaltasin orqalab uchar yaxmalak,

Ulashar har kimga ishonch-u tilak.

 

Hayoting oldinda, maqsad sari bor,

Ilm oʻrgan, izla, barisi tayyor.

Yuragingga joyla bukilmas viqor

Va kelajak yoʻling ravon boʻlgaydir,

Yangi yil azizlar, qutlugʻ kelajak.

 

Yangi yil, sen yangi orzularimsan,

Vatanga muhabbat orttirding yana.

Yangi yil, musaffo, pok tilagimsan,

Sen bir olam quvonch, katta tantana,

Sen xalqning qalbida oʻchmas anʼana.

Dildora RAJABOVA,

Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.   

 

TABRIK

Bugun yangi kun, yangi soniyalar,

Unuting, gʻam, qaygʻu hamda ginani.

Ulashing barchaga sovgʻa-salomlar,

Yangi yilda yangicha orzular qiling.

 

Hamma hursand, yuzlarida tabassum,

Qorbobo ulashar filcha, ayiqcha.

Koʻm-koʻk archa goʻyo bahorday masʼum,

Shoxlarida oʻynar tilla qayiqcha.

 

Bong uradi soat oʻn ikki, nolda,

Shirinliklar totib, boʻlamiz shodon.

Quvonchlar kezadi har bir ovulda,

Xalqimga muborak boʻlsin Yangi shon!

Maftuna MURODOVA.

 

QISh

Men sevgan fasl – qish!

Men kutgan fasl – qish!

Dala-yu qir, bogʻ-rogʻlar,

Orom olar osoyish.

 

Qor yogʻar, mayin, oppoq,

Oqqa belanar tuproq.

Tuprogʻim – ona yerim,

Vatanim – soʻlim qishloq.

 

Osmon goʻyo rizq elar,

Solib yerga koʻrpalar.

Oppoq, qorga burkanib,

Poklanadi dalalar.

Raʼno ISMOILOVA, Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.

 

Qorbobo hadyasi

Maftunkor yashil archa,

Shodondir bugun barcha.

Hadya qilib Qorbobo,

Ulashdi oq qor – parcha.

 

Bir yil bizga boʻlib yor,

Tashlab ketdi Qorbobo.

Ammo bizlar baxtiyor,

Yuraklar toʻla viqor.

Oppoq, momiq paxtadek,

Yogʻayapti yana qor.

Derazadan qoʻl choʻzib,

Tutib oldim oppoq qor.

 

Ich-ichimga sigʻmayin,

Qor gullarin tutdim men.

Yogʻayapti qor – parcha,

Qor boʻron oʻynar barcha.

Oysanam  TILOVMUROTOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026