KITOB SEHRI
Kitob – insoning eng yaqin doʻsti. Kitob orqali inson ongi oʻsib, tafakkuri va tasavvur dunyosi kengayadi. Qanchalik koʻp kitob oʻqigan sari insonning soʻz boyligi koʻpaya boradi. Soʻzlarni ishlatish imkoniyati oshadi.
Har bir inson hech boʻlmaganda umrida bitta kitob oʻqiydi. Uni mutolaa qilgan inson koʻnglida boshqacha bir his-tuygʻular junbushga keladi. Masalan, asar qahramonining gʻamlariga sherik boʻlib, qalbida unga nisbatan achinish, mehr-shafqat tuygʻulari joʻsh uradi. Hatto unga yordam bergisi keladi. Bu – kitobning sehri. Baʼzan ukalarimizga ertak aytib beramiz. Albatta, har bir ertakda salbiy hamda ijobiy qahramonlar boʻladi. Ertak aytayotgan paytimizda biz ukalarimizga bu yaxshi yoki bu yomon obraz, demaymiz. Buning hojati ham yoʻq. Sababi, ertak eshitayotgan bolaning koʻnglida yaxshi ishlar qilayotgan qahramonga nisbatan iliqlik, odamlarni aldab, oʻgʻirlik qilgan obrazga nisbatan esa qahr tuygʻusi paydo boʻladi. Hatto ertak eshitish davomida ukangiz oʻziga yoqqan qahramon bilan sayohat qilayotgandek boʻladi. Qahramon kulsa, kulib, achchiqlansa, achchiqlanib, yigʻlasa, uning bilan yigʻlayotgandek, oʻzini ertak qahramoni bilan elkadoshdek his etadi. Kitob mana shunday sehrli kuchga ega. Katta-yu kichik undan birday maʼnaviy ozuqa oladi. Eng muhimi, insonni yomonliklardan tiyilib yashashga oʻrgatadi.
Ozoda TOʻLIBOYeVA, 71-sonli maktab oʻquvchisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶