02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 03:42
Jamiyat 👁 3,850

QUSh UYaSIDA KOʻRGANINI QILADI yoxud bola tarbiyasida ota-ona masʼuliyati unutilsa...

QUSh  UYaSIDA  KOʻRGANINI  QILADI yoxud bola tarbiyasida ota-ona masʼuliyati unutilsa...

Azizlik

Inson uchun dunyoda azizlik kasb etgan ulugʻ zot bu – Ona! Aziz onajonimiz yonlarida Otamizni koʻrmoq – baxt. Biz ana shu baxt ogʻushida hayotga intilamiz. Hayot – insonning cheksiz, chegarasiz imkonlar bulogʻi! Hayotni sevmoq, ota-onani ulugʻlamoq fazilati – xulqimiz ziynati. Biz ana shu odamiy ziynat ila maʼnan kuchlimiz. Ana shu kuch-qudrat zamirida shakllangan oila boʻstoni aro yashab, qadr topamiz. Lekin qadr-qimmatlilik darajasiga yetishmoq baxti hammamizga ham nasib etadimi? Yaqinlarimiz, qoʻni-qoʻshnilar, mahalladoshlar, el-yurt oldida hurmat-ehtiromga, eʼtiborga munosib shaxs sifatida shakllana olamizmi? Gap mana shunda, azizlar.

Oʻzgalar tomonidan azizlanish, qadrlanish, eʼzozga munosib boʻlish – tarbiyali, oʻta intizomli insonlarga xos. Bunday insonlar obroʻli ota-ona sifatida farzandlariga aziz, yaxshilik, ezgulik, odamiylik fazilatlarini ota-onalaridan meros olgan farzandlar esa goʻzal xulq-atvorlari ila ota-onasiga, jamiyatga, Vatanga aziz!

Donishmandlar aytadi...

Imom Nasafiy hazratlaridan rivoyat qilishlaricha, farzand ota-ona oldida 60 sohada burchli va qarzdor hisoblanarkan.

60 soha! Bulardan eng muhimi, albatta, farzandning ota-onaga  koʻrsatadigan mehr-shafoati! Ana shu mehr-shafoat chashmasidan ota-onasini bahramand etib yashamoqlik  – solih farzandlarga xos. Solih farzand – solih ota-onaning zurriyodi. Bir savol dilimizdan oʻtadi: Nechun jamiyatimizda tarbiyali va tarbiyasiz farzandlar bor?

Donishmandlar aytadilar:

"Tugʻib qoʻymoq ila bola boʻlmas senga,

 Yaxshi tarbiyat topmasa, balo senga”.

Demakki, ota-ona diliga ozor yetkazguvchi farzandi noqobilning bad qiliqlari xususida soʻz ochmoqdan avval oʻz bolasining yaxshi tarbiya koʻrmogʻi uchun jon koyitmagan ota-onaning intizomsizligi, tarbiyasizligi haqida andak fikr aytsak, maqsadga muvofiq boʻladi.

"Bolam bergan oq sutimni oqlasin, ishlab, pul topsin...”

Azizlik mezonidan qaralsa, bola (!) ota-ona uchun barcha azizlardan aziz! Hayot qadar shirin, orzu-umidlar taxtining tojdori u! Farzandi-jonim, baxtim, quvonchim, boringki, hayotim, deb sevamiz uni! Axir farzand – yigitga otalik – ulugʻlikni, ayolga jannati onalikni, oilaga bagʻri butunlik, jamiyatga barqaror nasliy davomiylikni, ona Vatanga bardavom kuch-qudratni ato etib dunyoga keladi.

Lekin buni hamma ota-onalar ham birday his qila oladimi? Baʼzi oilalarda Allohning  irodasi ila dunyoga keltirgan jigarbandi – farzandi tarbiyasi, taʼlimi, hayotda oʻz oʻrinlarini topishlari uchun zarracha qaygʻurmaydigan, oʻz ota-onalik burchlarini unutib qoʻyayotgan kimsalarning borligi dilimizni ranjitadi.

– Men bolamni ne azob bilan  dunyoga keltirdim, oq sut berib, ulgʻaytirdim, bergan oq sutimni oqlasin, meni boqishga majbur! – pisanda qiladi xudbin ona hali 18 yoshga toʻlmagan oʻgʻlini chet davlatga ishga joʻnatib qoʻyib.

– Axir oʻgʻlingiz hali balogʻatga yetmagan, uni ogʻir ishlarga qoʻyishga haqqingiz yoʻq, – tushuntirmoqchi boʻladi mahalla maslahatchisi.

Ona oʻz onalik huquqini taʼkidlashdan charchamaydi. "Bolamning boʻyi kimdan kam, ishlasin, pul topsin...”, - onaning tushunchasi shundan nariga oʻtmaydi. Oradan vaqt oʻtib, ona mahalladan yordam soʻrab keladi:

– Oʻgʻlim chetda ishlab yurib, yomonlarga qoʻshilib qolibdi, yordam bering...

Maʼlum boʻlishicha, chet davlatida diniy ekstremistik oqim vakillarining nayranglariga uchib, islomiy qadriyatlarga mutlaqo zid boʻlgan adabiyotlar savdosi bilan shugʻullangan oʻgʻil bojxona xizmatchilari tomonidan qoʻlga tushgan. Hali balogʻatga yetmaganligi, qilayotgan ishining mazmun-mohiyatini anglamasligi ayon boʻlgach, mamlakatimizning insonparvarlik, kechirimlilik tamoyillariga asoslangan qonunlari bolani jazodan ozod etdi. Lekin...

 Lekin bolaning ongli hayotga qaytishi juda qiyin kechdi. Ota-oansini, tugʻishganlarini mensimaydigan, sovuqqon, jizzaki boʻlib qoldi. "Farzandim bergan oq sutimni oqlasin, meni boqishga majbur!” – deb oʻz fikrida turib olgan ona oʻz bolasi oldidagi onalik masʼuliyatini, burchini unutib, bir-ikki soʻm pulga almashtirgani, bola tarbiyasida xatoga yoʻl qoʻyganini anglab yetganida uning balogʻatga yetmagan  bolasining ongini oʻzgalar zaharlashga ulgurgan, bolani oʻz qabih maqsadlari yoʻlida "tarbiyalab” olishga maʼlum maʼnoda erishgan edilar.

Yaxshiyamki, mahalla, profilaktika noziri, mahalladagi Voyaga yetmaganlar bilan ishlashish komissiyasining fidoyiligi bois, bola xulqi yaxshi tomonga oʻzgardi, kollejdagi oʻqishini davom ettirishga kirishdi.

Bolangizga oʻzingiz nima qilib berdingiz?

Mamlakatimizda bola huquqlarini himoya qilishning takomillashgan, mustahkam qonuniy asoslariga koʻra, "bolalar mehnati” iborasi 15-16 yoshdan kichik boʻlgan bolalar tomonidan amalga oshirilgan har qanday iqtisodiy faoliyatga taalluqlidir. Shu bois, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oila, Mehnat, Fuqarolik Kodekslari hamda "Bola huquqlarining  kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunlarga bu borada alohida normalar kiritilgan. Qanday vaziyatda boʻlishidan qatʼiy nazar, balogʻatga yetmagan bolani ogʻir jismoniy mehnatga jalb qilish, bola mehnati orqasidan manfaat koʻrishga intilish – mamlakatimiz qonunchiligida qatʼiyan man etiladi.

Shunday deymiz-u ayrim ota-onalar yuqoridagi kabi "bolam bergan oq sutimni oqlasin”, qabilida ish tutib, oʻzlarining ota-onalik burch va majburiyatlarini, masʼuliyatlarini  unutib qoʻyishlari oqibatida voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar sodir etilayotgani afsuski, haqiqat. Bundan ham tashvishlanarli tomoni shundaki, bola hali jismonan rivojlanib ulgurmasidan ogʻir mehnatga jalb etilishi oqibatida umrbod nogiron boʻlib qolishi mumkinligini baʼzi ota-onalar unutib qoʻyishmoqda.

...Hech qayerda ishlamaydigan ota-ona kollej oʻquvchisi boʻlgan qizi bilan oʻgʻlini qoʻshni ayolga ishonib chet davlatga, fermer xoʻjaligida sut sogʻuvchi boʻlib yollanib ishlashga joʻnatishdi. Ikki-uch oygacha norasida bolalar mehnati evaziga qoʻshni ayol joʻnatib turgan pullarni olib, "Xudoga shukur, bolalar qoʻlimizdan ishimizni olishdi, oʻzlari pul topishyapti”, – deb kerilib yurgan ota-onaning oz fursat oʻtib, popugi pasaydi-qoldi. Qarz-havola qilib chet davlatga ketgan ota oʻgʻlini uyiga opichlab olib keldi. Ozib-toʻzib ketgan qiz ham bir ahvolda. Maʼlum boʻlishicha, oʻgʻlini fermerning boquvdagi moli suzib tashlagan. Qiziga esa chorva mollarida uchraydigan qandaydir kasallik yuqqan ekan. Mana sizga: "bolam ulgʻaydi, pul topsin”, – qobilida ish tutishning oqibati! Axir bolaning boʻyi choʻzilib, koʻzga koʻrinib qolgani uning jismoniy yetukligi emas-ku!

Shu yerda haqli savollar tugʻiladi:

– "Bolam oq sutimni oqlasin, pul topsin” yoki "Bolam qoʻlimizdan ishimizni oldi, pul topayotir”, qabilida ish tutayotgan hurmatli ota-ona, ayting-chi, siz bolangiz uchun nima qildingiz? Uning yaxshi yeb-ichishi, oʻqishi, kasb-kor egallashi, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi uchun qanday amallar qildingiz? Bolangizning orzulari, intilishlari haqida nimalarni bilasiz? Nahotki Allohning irodasi bilan dunyoga keltirgan farzandi-joningiz – naslingiz davomchisi uchun bergan oq sutingiz minnat boʻlsa?

Yoʻq, azizlar, bolam, oilam, shaʼnim, or-nomusim, degan ota-ona hargiz voyaga yetmagan, hali oq-qoraning farqiga bormagan farzandiga aslo bunday xudbinona munosabatda boʻlmaydi. Alloh insonga farzand ato etish bilan tugal baxt ham beradi. Buning maʼnosi shuki, jismi-jonidan bunyod boʻlgan zurriyod uning  nasliy ildizini mustahkamlaydi, el ichra qaddini tik qiladi. Ana shu zurriyodiga yaxshi tarbiya bersa, qadr-qimmati ulugʻ boʻladi insonning! El aro  qaddim tik, qadrim ulugʻ boʻlsin, degan ota-ona oʻz farzandi oldidagi burch va masʼuliyatini aslo unutmasligi kerak.

Rivoyat va ibrat

Nainki bugungi Qonunlarimizda, balki islom manbalarida ham bolalarga munosabat, ota-onalik burch va masʼuliyati xususida qimmatli fikrlar bildirilganiga  eʼtibor bersak, insonning shaxs sifatida shakllanishida eng avvalo ota-onalik burch va majburiyatlarining  qay darajada takomilga yetkazilishi muhimligiga guvoh boʻlamiz. Eʼtibor bering, ulugʻ imom muhaddis Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy oʻzining "Riyozus solihiyn” ("Solihlar gulshani”) asarida ota oʻz bolalariga narsa berishda baʼzilarini afzal koʻrishi ham karohiyatlardan ekanligini aytib, quyidagi hikmatli rivoyatni keltiradi: "Noʻʼmon ibn Bashirdan rivoyat qilishlaricha, Bashir oʻgʻillari Noʻʼmonni Rasululloh (s.a.v) huzurlariga olib borib: "Men bu oʻgʻlimga bir xizmatkor hadya qildim”, – deganlarida Rasululloh (s.a.v) "Mana shu kabi hadyani boshqa bolalaringga ham qildingmi?” – dedilar. Bashir: "Yoʻq”, – deganlarida Rasululloh (s.a.v) "Unday boʻladigan boʻlsa, meni guvoh qilmagin, chunki men zulmga guvoh boʻlmayman”, - dedilar”.

Ushbu rivoyatni keltirishimizdan murod shuki, ota-ona oilada eng odil qozi boʻlmogʻi shart. Yaʼni farzandlarini aslo birini-biridan ustun, ayricha koʻrmasligi kerak. Koʻrdingizki, Bashir bir oʻgʻliga hadya berib, boshqalariga bermagani uchun Rasululloh (s.a.v) buni zulm va zolimlik bilan tenglaganlar. Demak, ota-ona oʻz  bolalari uchun oilada tenglik tamoyiliga amal qilmogʻi kerak. Lekin ayrim ota-onalar ana shu tamoyilni unutib qoʻyishlari oqibatida, bolaning moʻrtgina koʻngli sinadi, ota-onasining qilayotgan ishiga nisbatan bolalarcha norozilik kayfiyati uygʻonadi, oʻzini kamsitilgan his qiladi. Natijada koʻpchilik holatlarda bola qoʻrs, jizzaki boʻlib qoladi.

Mahallalardan birida...

Yosh er-xotin yangi imorat qurib, roʻzgʻorlarini boʻlakladilar. Ularning bir oʻgʻil, ikki qizi boʻlib, er-xotin farzandlarini kiyintirishda ham, muomalada ham, hatto yedirib-ichirishda ham yolgʻiz oʻgʻil, deb oʻgʻil bolasini haddan tashqari erkalatishar, qattiq gapirishmas, barcha yaxshi narsalarni eng avvalo unga ilinishardi.

– Avval akangga falon kiyim olaylik.

– Avval akang yeb olsin.

– Polvon oʻgʻlim, oltinim...

Xullas, akaga koʻrsatilayotgan mehrning adogʻi yoʻq. Bu ham yetmaganday, ona qizlarning kattasi qaynonasiga oʻxshashini pesh qilib:

– Oʻxshamay ket, buncha mijgʻovsan? Koʻzingni chaqchaytirma!

Mabodo, biron soʻz aytsa:

– Tilingni sugʻurib olaman, bir tuking ham menga oʻxshamaydi. Buncha enangga oʻxshab... – qabilida jerkib tashlardi.

Qizaloq uyda ham, maktabda ham oʻzini noqulay sezadigan, biron bir fikr aytishdan choʻchiydigan, odamovi boʻlib qoldi. Bir kuni u ota-onasiga sezdirmay, enasi bilan buvasi yashaydigan qishloqqa ketib qoldi. Qizini izlab, figʻoni falakka chiqqan ona uni qaynonasining bagʻrida koʻrib, tinchlanish, shukrona qilish oʻrniga yana qizaloqqa oʻdagʻayladi:

– Aytmadimmi, menga oʻxshagan joying yoʻq, deb!

Koʻpni koʻrgan keksa onaxon atigi bir gap aytdi-yu, yosh onaga bu urgandan ham battar qattiq taʼsir qildi:

– Senga oʻxshamaganiga shukur, oʻzing tuqqan bolangni oʻzing kamsitib turganingda, bolagina ne qilsin?

Enasiga oʻxshasa, nima boʻpti?

Ha, azizlar, baʼzan kattalarning aql-farosati kaltalik qilib turganida, jajjigina yurakchasi amriga boʻysunib, ota-onasining muomalasiga qarshi isyon sifatida yuqoridagi kabi ish tutgan farzandlarimiz haqdirlar. Xoʻsh, enasiga oʻxshasa, nima boʻpti? Axir shu fidoyi insonning bir tomiri-ku, shu qizgina! Onasidan topa olmagan mehr-muhabbat ana shu keksa qalb bagʻrida bormi, qonib ichsin qizgina! Qizaloq enasi bagʻrida mehrga limmo-lim oʻsdi, ota-onasinikiga qaytmadi, oliy maʼlumot olib, ibratli kelin boʻldi. Oy tugʻsa ham, kun tugʻsa ham akaga nur sochgan kunlar oʻtdi-ketdi. Oʻgʻil xudbin, oqibatsiz boʻlib oʻsdi. Va hamon er-xotin erka oʻgʻilga oy sayin pensiya pullarini qoʻsh qoʻllab tutqazishadi...

Biz yuqorida keltirgan Noʻʼmon ibn Bashirdan qilingan rivoyatdan ota-onalar qanchalik ibrat olishadi, bu oʻzlariga havola. Faqat soʻzimiz muxtasarida shuni aytishni istardik-ki, bola ota-ona uchun ulugʻlik, davlatmandlik keltirishi ham, ularning boshlariga tashvishlar, dard-u, gʻamlar keltirishi ham eng avvalo ota-onaning oʻziga, bolasiga bergan tarbiyasiga, ota-onalik masʼuliyatini chuqur anglagan holda ish tutishiga bogʻliq. Ota-ona farzandi oldida hamisha adolatli ibrat maktabi kabi  salobatli, bagʻri issiq, bagʻri keng insonlar boʻlib qolmogʻi kerak. Xalq zakosi ila yaralgan ushbu hikmat ayni haqiqatdir:

"Ekkaningni oʻrasan!”

Demak, bola tarbiyasida xatoga yoʻl qoʻygan ota-ona eng avvalo oʻzidan oʻpkalasin! Zero, qush – uyasiga qarab uchadi...

Robiya YOʻLDOShEVA,

"Mening oilam”  gazetasi muxbiri.

(Foto - http://fikr.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026