12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 19:00
Qişloq xöjaligi 👁 2,793

OBOD TURMUŞ MEZONLARI

Tomorqa fenomeni

 Mamlakatimizda yakka dehqon xöjaliklarini, ayniqsa, tomorqa xöjaligini rivojlantirişning huquqiy asoslari yaratib berilganligi bois, mustaqillik yillarida qişloqlarimizda dehqonçilik madaniyati yuksalib, bu rivojlaniş oilalar farovonligida öz aksini topmoqda. Öz tomorqasida, 15-20 sotix yerda dehqonçilik qilib, boğ yaratib, öz rizqini halol mehnati bilan topib, elda obrö-eʼtiborga erişgan oilalar tumanimizda juda köp.

- Bir parça yering – davlating, - deydi "Çoyköl” ovulida yaşovçi mehnat faxriysi Qodirbergan ota Kamolov. – Qişloqda yaşadingmi, ana şu davlatingni asra, avayla, deb örgatişgan bizga ota-bobolarimiz.

Darvoqe, Qodirbergan ota salkam 40-yil kolxozda haydovçilik qildi, turli rusumdagi maşinalarni boşqardi. Hozirgi "Çoyköl” ovuli hududida özi boşqargan maşinalar bilan xöjalik, qolaversa, tumanimiz taraqqiyotiga munosib hissa  qöşdi. Nafaqaga çiqqaç esa farzandlarini yoniga olib, tomorqa xöjaligidagi yerlarning meliorativ holatini yaxşilaşga kirişdi. Hovlisi yaqinidagi çim bosib yotgan tutzorni ajriq tomirlaridan yaxşilab tozalaşdi, tekislab, qondirib suğorişdi. Tutzorning bir tomonidan zovur qazişgani yanada yaxşi böldi. Kallaklangan tutzor hosili şu yili yaxşi böldi. Ayoli Malika momo Kamolova şu yili ipak qurti boqişda umuman qiynalmadi. 25- 30 gramm ipak qurti uruğini parvarişlaş uçun öz tomorqasidagi tutzorlar hosili bemalol yetadigan böldi. Kuzda esa tutzor orasini yaxşilab haydab, buğdoy ekişdi. Örim mavsumida Qodirbergan ota bilan Malika momoning xirmoni donga töldi. Hosil çöğidan köngli tölgan Qodirbergan ota 6 nafar öğlini yoniga olib, otasidan qolgan eski olmazor boğni yangilaş rejasini tuzdi. Yana maşaqqatlidek tuyulgan mehnat butun oila jamligida inson aql-zakovati bois öz samarasini berdi: hovli oldi, atrofi bir-ikki yil içida uzumzor, mevazor boqqa aylandi. Ertagi sabzavot, poliz ekinlari, qoramollar uçun xaşakbop dukkakli ekinlardan möl-köl hosil oliş evaziga oila iqtisodi yil sayin yuksaldi. Tomorqa xöjaligi uçun qölda boşqariladigan "Motopola" traktorini sotib olişgani yaxşi böldi. Birin-ketin Qodirbergan ota öğillari uçun yangi imoratlar tikladi. Oilaga fayz-baraka kirdi. Eng muhimi, rözğorga zarur narsalarning deyarli barçasi öz tomorqa xöjaligida bisyor: parranda göşti, tuxumi, don-dun, buğdoy, meva-çeva, kartoşka-piyoz deganday.

Xalqimizda "qöşni-qöşnidan erta turmoqni örganadi”, - degan  hikmatli ibora bor. Tomorqani daromad manbaiga aylantirgan Qodirbergan otaning öziga öxşagan qöni-qöşnilari ançagina.

- Yangiboy Şomurodov degan jöram mendan ham özib ketgan, - deydi Qodirbergan ota.- Boğ-boğçasini körsangiz aqlingiz hayron qoladi. Naşvatining özidan ön xil navi bor-a!

Naşvati-yu nok, olma-yu anorning eng sara navlaridan topib boğ yaratgan Yangiboy akaning boği haqiqatan ham havasga loyiq. Örikning erta pişar navlari, bozorning eng qim-mat qoqi qilinadigan novvot örik daraxtlari ayni damda gullaş arafasida. Ötgan mavsumda buğdoy örimidan söng ekilgan kuzgi kartoşkadan möl hosil olgan Yangiboy akaning umr yöldoşi Bibisora opaning bozori hamişa baroridan keladi. Qörasi molga, parrandaga töla bu xonadonning sariştaligiga havas qilmay ilojingiz yöq. Öğli Baxtiyorjon sigir-u buzoq, parranda boqişga ixlos qöygan. Kelin-u nevaralar, Yangiboy aka boşçiligida bahorgi ekin-tikin işlarini allaqaçon boşlab yuborişgan. Axir ana şu tomorqa tufayli yaqinda "Matiz” avtomobiliga ega bölişdi.

Ertagi sabzavotlarni ekib, yuqori hosil olişda Yangiboy akaning qöşnisi Hayitgul opa va Hayitboy aka Eşmurodovlarga teng keladigani yöq. Hayitgul opa aslida öqituvçi. Ovuldagi 42-maktabda öquvçilarga taʼlim-tarbiya beriş bilan birga böş vaqtida öz tomorqa yerida işlaşni xuş köradi.

Biz tomorqa fenomeni haqida köp gapiramiz, tomorqadan olingan daromad va foyda xususidagi hisob-kitoblarni qoyillatib taşlaymiz. Lekin tomorqa xöjaligini yuritişdagi öziga xos uslublar haqida köpam bilavermaymiz. Men oddiy öqituvçi ayolning öz kasb faoliyati bilan boğliq jamiyatdagi örni, bajaradigan işlari, oila bekasi, rafiqa, ona sifatidagi ayollik burçlarining ham qoyilmaqom uddasidan çiqiş bilan birga tomorqa xöjaligini yuritişda öziga xos maktab yaratgani haqida töxtalmoqçiman. Sababi, Hayitgul opaning tomorqasiga yilning qaysi mavsumida bormang, hamişa öşa mavsumga xos gözallikning guvohi bölasiz. Qiş oylarida uning tomorqa yeri oynaning yuziday tekis, yaltirab turadi. Undan na biron xas, na baland-pastlik topolmaysiz. Bahorda esa...

Bahor xuddi qişloqdagi şu xonadon tomorqasidan boşlanganday tuyuladi, körgan odamga. Xuddi matematik hisob-kitoblarga asoslangan kabi olingan egatlar bamisli qunt bilan çizilgan geometrik şakllarga mengzaydi. Biron bir egat yoki içki ariq olişda oğiş bölmaydi. Yer tekis, egatlar töppa-töğri bölişi, ekinlar tartib bilan ekilişi Hayitgul opaning nazoratida.

- Şunda ekinni suv bosmaydi, begona ötlar kökaravermaydi, - deydi opa.

Qişloqda ertagi sabzavotlardan kök piyoz, kartoşka ertagi karam, bulğor qalampir va poliz ekinlaridan bodring, xandalak, gurvak qovunlari eng avvalo Hayitgul opaning tomorqasida yetiladi. Ekinlarni qaçon suğoriş, qaysi vaqtda har xil zararkunanda haşarotlarga qarşi işlov beriş, ertagi ekindan böşagan yerga ikkinçi ekinni qaysi vaqtda va nima ekiş zarurligini opa xuddi tajribali agronomlarday yaxşi biladi va şunga amal qiladi. Erta bahordan keç kuzgaça tomorqa yeridan olingan hosilning oila ehtiyojidan ortganini bozorga olib çiqadigan Hayitgul opa farzandlarini oliy maʼlumotli qilib öqitdi, uyli-joyli qildi. Hovli-joyini kengaytirib, orzu-havaslariga yetişdi, danğillama töylar qildi. Qöşnilar esa ham havas, ham eʼtibor bilan:

- Hayitgul opaning tomorqasi agrotsex, bu yerdan hamma narsa topiladi, yangi uzilgan mevadan tortib konservalangan mahsulotlargaça, - deyişlarida ham jon bor. Çunki opa kelini bilan qişga atab tayyorlagan meva şarbatlari, konservalari, tuzlamalarining hisobidan uning özi ham adaşib ketadi baʼzan.

- Özimizdan ortgani – daromad,- deydi u kamtarlik bilan.

Şuning uçun aytsalar kerak-da, mehnat qilib topganing - ketmas davlating, - deb. Binobarin, davlatmandlik – farovon hayot, obodon turmuşning mezonidir.

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026