15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 08:55
Jamiyat 👁 2,867

PREZIDENT BIZ NURONIYLAR BILAN OTA-BOLADEK SUHBATLAShDI

PREZIDENT BIZ NURONIYLAR BILAN OTA-BOLADEK SUHBATLAShDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat  Mirziyoyev mamlakat rahbari sifatida xalq bilan muloqot qilish maqsadidagi birinchi tashrifini aynan bizning qoraqalpoq zaminidan boshladilar va bu tashrif uning Qoraqalpogʻiston zaminiga va qoraqalpoq xalqiga boʻlgan yuksak hurmat va ehtiromi ifodasi boʻldi.

Agar eslaringizda boʻlsa, Shavkat Mirziyoyev 2016-yilning 10-noyabr kuni Shoʻmanay tumanida boʻlib oʻtgan saylovoldi uchrashuvida: "Men  nafaqat oʻzbek xalqining, balki qoraqalpoq xalqining ham farzandiman”, – deya taʼkidlagan edilar. Shu barobarida, xalqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirish boʻyicha belgilangan keng koʻlamli ishlar haqida toʻxtalib: "Bundan buyon har bir tuman va shaharga, kerak boʻlsa, chekka-chekka qishloq va ovullargacha kirib boramiz. U yerda istiqomat qilayotgan odamlarning dardini eshitamiz, muammolarini hal qilishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqamiz va ijrosini qatʼiy nazoratga olamiz”,  degan edilar.

20-21-yanvar kunlari Shavkat Mirziyoyev oʻz tashrifi davomida Qoraqalpogʻiston hududida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Davlatimiz rahbari oʻz tashrifi chogʻida oddiy mehnatkash odamlar bilan uchrashdi, oilalarga kirib borib, ularning turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishdi, xalq bilan samimiy muloqotda boʻldi.

Prezidentimiz Xoʻjayli tumanidagi markaziy shifoxonada, "Muruvvat” ayollar internetida, 69-sonli umumtaʼlim maktabida shifokorlar, maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilar bilan uchrashdi. Shifokorlar va maktab oʻqituvchilarining malakalarini oshirish, oʻquvchilar uchun zamonaviy taʼlim sharoitlarini yaratish borasida tavsiyalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Agrosanoat markazi qurilayotgan uchastkaga borib, ushbu markaz infratuzilmasini yaratish, turar joy infratuzilmasini rivojlantirish borasida maslahatlar berdi.

Davlatimiz rahbari nazaridan Xoʻjayli tumanining biron bir sohasi chetda qolmadi. Xususan, "Qoraqalpogʻiston” QVP shifokorlari bilan suhbati chogʻida aholining davlat idoralariga ishonchini mustahkamlashda tibbiyot xodimlarining faoliyati muhim oʻrin tutishini taʼkidladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi faxriylaridan biri sifatida men Shavkat Mirziyoyevning har bir soʻzi, aniq reja asosida, qatʼiyat bilan amalga oshirayotgan chora-tadbirlaridan nihoyatda mamnun boʻldim. Prezidentimizning Shumanay va Qonlikoʻl tumanlari mehnatkashlari bilan samimiy muloqotlarida ham xalq hayotiga doir bironta muammo chetda qolmadi.

Ayniqsa, Qoʻngʻirot – Moʻynoq ichimlik suvi tarmogʻi qurilishi ishchilari bilan uchrashuvda Qoʻngʻirot va Moʻynoq tumanlari oraligʻidagi 20 dan ortiq aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash imkonini beruvchi uzunligi 101 kilometrlik suv tarmogʻi qurilishining ahamiyati haqidagi gaplari, Prezidentimiz tashrifining ikkinchi kuni – 21-yanvarda Nukus shahrida bunyod etilayotgan polimer mahsulotlari zavodi quruvchi-bunyodkorlari bilan boʻlgan samimiy muloqotlari barchamizga nafaqat quvonch, balki cheksiz gʻurur va iftixor bagʻishladi. Chunki Nukus polimer mahsulotlari zavodi bilan yonma-yon barpo etiladigan energiya tarmogʻi mahsulotlari, ayniqsa zamonaviy transformatorlar ishlab chiqaradigan zavod loyihasi amalga oshsa, Qoraqalpogʻistongina emas, butun mamlakatimiz iqtisodiyotida katta voqea boʻladi.

– Yaqin vaqt ichida, – dedi Shavkat Mirziyoyev, – Nukusda "Samsung” televizorlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyamiz. Nukus shahrining Yernazar Olakoʻz nomidagi koʻchasida 5 qavatli 58 ta bino quriladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti tamoman yangi qiyofa kasb etadi.

Prezidentimizning xalqimiz maʼnaviyatiga va madaniyatiga eʼtiboridan, qayta rekonstruktsiya qilingan Nukus temir yoʻl vokzalining bezatilishi va Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi qurilish loyihasi boʻyicha bildirgan fikrlaridan, toʻgʻrisi, biz nuroniylar behad mamnun boʻldik. Qoraqalpoq xalqining aziz farzandi, xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov yodgorligini oʻrnatish, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali huzurida yaqin kelajakda amalga oshiriladigan ishlar, Nukus shahri koʻchalarini obodonlashtirish borasidagi qimmatli maslahatlari, nazarimda, har bir qoraqalpogʻistonlik  uchun bundan keyingi faoliyatlarida dasturil-amal boʻlib qoladi.

Prezidentimiz Imom Eshon Muhammad masjidida biz nuroniylar bilan uzoq, mazmunli, samimiy muloqotda boʻldilar. Shavkat Mirziyoyev biz – nuroniylar davrasida xuddi oʻgʻil oʻz otasi oldida hisob bergan kabi har birimiz bilan alohida, qadrdonlarcha muloqotda boʻldilarki, bu davlatimiz rahbarining 2016-yil 10-noyabr kuni Shumanay tumanidagi saylovoldi uchrashuvida: "Men nafaqat oʻzbek xalqining, balki qoraqalpoq xalqining ham farzandiman”, – degan gaplarining amaliy tasdigʻi boʻldi. Imom Eshon Muhammad masjidi atrofini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish maqsadlari uchun 1 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilishini aytganlarida, davlatimiz rahbarining islom madaniyati va maʼnaviyatiga naqadar katta ehtirom bilan qarashini his etdik.

Prezidentimiz bilan muloqot chogʻida keksalarni eʼzozlash, yoshlar tarbiyasi, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar, ayniqsa, kitobxonlik mavzusidagi fikrlarimizni bildirdik.

– Odamlarning ishga boʻlgan tafakkurini oʻzgartirishda, oʻzi yashayotgan hovli, mahalla va tuman hududini ozoda, pok, obod saqlashda, kimdandir muruvvat, yordam kelishini kutib oʻtirmay, oʻz oilasini farovon, toʻkis qilishlarida Siz aziz nuroniylarning hayot tajribalaringiz, maslahatlaringiz xalqimiz uchun suv bilan havodek zarur, – dedilar Sh.Mirziyoyev biz nuroniylar bilan suhbatda. – Men Toshkentdan Nukusga – qoraqalpoq xalqi huzuriga chiqishdan oldin safarimiz oxirida albatta, nuroniy otaxonlar duosini olishimiz lozimligi haqida oʻylagandim. Chunki Siz azizlarning duoingiz xalqimizni hamisha ezgulik tomon boshlab, har bir ishimizga qanot bagʻishlaydi.

Men davlatimiz rahbari bilan shaxsan uchrashgan, uning  samimiy suhbatlaridan bahramand boʻlgan inson sifatida shuni alohida taʼkidlashni istardimki, Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻiston zaminiga qilgan tashrifi, oddiy mehnatkash odamlar davrasida oʻtkazgan samimiy suhbatlari yanada ulkan rejalarga, xalqimizning yuragidagi orzu-umidlariga qanot boʻladi va xalqimiz ishonch hamda qatʼiyat ila mehnat qilishga kirishadi.

Ismoil TOʻRAYeV, mehnat faxriysi.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019