HARBIY XIZMATChILARNING RAFIQALARI BILAN SUHBAT
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli tumanimiz hududidagi harbiy qismda xizmat qilayotgan ayollar va zobitlarning rafiqalari oʻrtasida maʼnaviy va maʼrifiy mavzularda tez-tez uchrashuvlar, davra suhbatlari oʻtkazilib turiladi. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida boʻlib oʻtgan davra suhbati yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasini taʼminlash, ularning jamiyatga faol aralashuviga koʻmaklashish, ona va bola salomatligini mustahkamlash, ona Vatan himoyachilarining rafiqalari va farzandlarini turli yot oqimlardan himoyalash mavzusiga bagʻishlandi.
Davra suhbatida tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova "Diniy ekstremizm va terrorizm kabi illatlarning harbiy xizmatchilar oila aʼzolari orasiga kirib kelishining oldini olish va xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasini taʼminlash” mavzusida maʼruza qildi. "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri, jurnalist Robiya Yoʻldosheva dunyoning turli burchaklarida terrorchi tashkilotlar tomonidan din niqobi ostida sodir etilayotgan xunrezliklar, missionerlarning hiyla-nayranglari haqida gapirib, har lahzada ogoh yashash har bir oila bekasining burchi ekanligini taʼkidladi.
Davra suhbatida tumanimiz hududidagi Oʻzbekiston MXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning rafiqalari oʻz fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdilar.
(Foto: OʻzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶