02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 06:56
Jamiyat 👁 6,314

EZGULIKDAN SOʻZLAGUVChI UDUMLAR

EZGULIKDAN  SOʻZLAGUVChI   UDUMLAR

Navroʻzni qadimiy bayram, deb eʼzozlaymiz. Bahor bayramlarida yaqinlarimizga: "Har kuningiz Navroʻz boʻlsin!” – deya tilaklar tilaymiz. Bu tilak zamirida Navroʻz bilan bogʻliq ezguliklar – bir-birovga mehr-muruvvat, oqibat va samimiyat, muhabbat va hurmat mujassam. Hali yurtimizga Navroʻz kelmasidanoq bu ulugʻsifat bayramga – Yangi kunga peshvoz qadamlar, biri-birini takrorlamaydigan bayramona tadoriklar boshlanadi. Navroʻz udumlaridan eng goʻzali bu – sumalak saylidir. Sumalak nafaqat Navroʻz taomi, balki ilik uzildi damlarida yangi mehnat  faslini boshlayotgan dehqonlar uchun quvvatbaxsh taom hamdir. Bundan tashqari, sumalak sayli oʻzaro ahillik, millatlararo totuvlik, mehr-oqibat, odamlarni birlashtiruvchi udumlar sirasiga kiradi. Sumalak bahona, yangi tushgan kelinlarning epchilligi, saranjom-sarishtaligi, muomalasi-yu pazandaligi sinovdan oʻtadi. Bolalar sumalak qaynayotgan qozon atrofiga yigʻilib ertak va rivoyatlar tinglashlarida ham yosh avlod tarbiyasi va kamolotiga ishora bor. Sumalak – qut-baraka ramzi ham. Kosalarga suzilib, dasturxonlarga tortilgan sumalak dasturxonlargagina emas, insonlar ruhiyatiga ham ziynat bagʻishlaydi.

Navroʻz bahonasida momolarimiz yetti xil neʼmat qoʻshilgan "Navroʻz goʻja”, quvvatbaxsh "goʻshtli patrak”, "iyjon”, "toʻgʻrama” kabi taomlarni   pishirib, qoʻni-qoʻshnilariga tarqatishlari mehr-oqibatdan dalolat boʻlsa, Navroʻz bayramidan oldin tushgan yangi kelinning qoʻlidan choy ichish bahonasida "kelin koʻrdi” marosimlarini oʻtkazish, kelinchakning  odob-ikromini, oʻzi  kelin boʻlgan ovul-elga hurmatini belgilaydi. Bolalar "qocharmon”, "chullak”, "laylak uchdi”, "qora qoʻrdim” (yashirinmachoq), qizaloqlar "besh tosh” ("chakma-chak”) "mehmon-mehmon”, "oq terakmi, koʻk terak?”, "toʻp urdi” kabi oʻyinlarni birgalikda oʻynashlari oʻsib kelayotgan yosh avlodning oʻzaro ahil, bir-birlarining ogʻiriga yelka tuta oladigan mehr-oqibatli boʻlib voyaga yetishishlarida muhim ahamiyatga ega.

Navroʻz bayrami bilan bogʻliq bobomeros urf-odat va udumlar talaygina. Ulardan eng muhimi, odamlarning bir-birlarini qoʻllab-quvvatlab hashar uyushtirishidir. Yaqin-yaqinlargacha yangi imorat qurishni boshlayotgan odamga xolisona yordam berish yuksak qadrlanardi. "Paxsa toʻy” deb ataluvchi imorat qurish marosimida nainki erkaklar, balki ayollar ham ishtirok etishardi. Ayollar "paxsa toʻy”iga patirlar yopib, paxsa urayotgan erkaklar beliga belbogʻ bogʻlab qoʻyishardi. Qarindoshlar qoʻy, yana birov novvot, yana birovlar baholi qudrat pul hadya qilishardi. Imoratning har paxsasi bir kun, baʼzan xalq himmati bilan yarim kunda bitardi. Nazarimda bu udum unut boʻlib borayotganday.

Navroʻzda qabristonlarni ziyorat qilish, obodonlashtirish, koʻchalarni tozalab, koʻchatlar, gullar ekish, bemorlar holidan xabar olish, bir-birovga bayram sovgʻalari ulashish – yuksak insoniy fazilatlardan hisoblanadi. Navroʻz bilan bogʻliq har bir ish, urf-odat va udumlar asrlar osha xalqimizga hamisha koʻtarinki kayfiyat, yangi rejalarga, ezguliklarga qanot bagʻishlab kelgan va hamisha shunday boʻlib qoladi.


Pardagul OʻROZBOYeVA,
mehnat faxriysi, "Besh ovul” mahallasi.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026