Oʻzbekiston – umumiy uyimiz
Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Ular umumiy uyimiz – Oʻzbekistonimiz ravnaqi yoʻlida birlashib, barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilmoqda, rivojlangan bozor iqtisodiyoti va kuchli fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishga munosib hissa qoʻshmoqda.
Mamlakatimizda 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda. Davlat taʼlim muassasalarida oʻqitish 7 tilda olib borilmoqda. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi oʻz koʻrsatuvlarini 12 tilda namoyish etmoqda, oʻndan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda.
Mamlakatimizda
etnik oʻziga xoslikni rivojlantirish va millatlararo munosabatlarni yanada
uygʻunlashtirishda 137 ta milliy madaniy markazlar yetakchi rol oʻynamoqda. Ular
oʻzlarining oʻziga xos madaniyati, tili, xalq hunarmandligini rivojlantirib, turli
madaniyatlarning bir-birini oʻzaro boyitishiga, har birimizda koʻp millatli yagona
oila tuygʻusini mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshmoqda.
(Foto - kun.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶