02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 07:36
Jamiyat 👁 4,800

FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOShQARISh ORGANLARI FAOLIYaTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh YOʻLIDA

FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOShQARISh ORGANLARI FAOLIYaTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh YOʻLIDA

Prezidentimizning joriy yil 3 fevraldagi "Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni mahallaning joylardagi dolzarb masalalarni samarali hal qilishdagi rolini oshirish, uyushmaga birlashish huquqlarini roʻyobga chiqarish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilab berdi. Shuningdek, mazkur Farmon bilan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.

Farmon asosida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman va shaharlarda taʼsis konferentsiyalari oʻtkazilishi belgilangan edi.

Shu maqsadda yaqinda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman kengashining taʼsis konferentsiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tumandagi mavjud 47 ta fuqarolar yigʻinlarining raislari, diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari qatnashdilar.

Konferentsiyada fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi aʼzosi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zuhra Ibragimova,  tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, "Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi raisining oʻrinbosari Ajiniyoz Mnajov ishtirok etdi.

Konferentsiyada tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev soʻzga chiqib, muhtaram Prezidentimizning yuqorida qayd etilgan Farmonining mazmun-mohiyatiga toʻxtalib oʻtdi va mahalla institutini yanada takomillashtirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va koʻmakdoshiga aylantirish zarurligi toʻgʻrisida gapirdi.

Yigʻilishda dastlab Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Amudaryo tumani kengashini tuzish va aʼzolarini tasdiqlash masalasi muhokama qilindi. Mazkur Kengashni tuzish hamda 39 kishidan iborat tarkibda kengash aʼzolarini tasdiqlash taklifi muhokama qilinib, bir ovozdan maʼqullandi.

Soʻngra, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman kengashi Namunaviy nizomi loyihasi, Kengash ijro apparatining tashkiliy tuzilmasi muhokama qilinib, tasdiqlandi.

Konferentsiyada tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman kengashining raisi lavozimiga tasdiqlandi. Shuningdek, Kengash raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga Ashirbay Qoʻshayev, yoshlar ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga Mansur Oʻrazbayev, diniy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga Muqaddas Beknazarova, keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga Rim Oʻrazbayev, Kengash kotibi – tuman Kengashi ijro apparatidagi tashkiliy-uslubiy guruh bosh mutaxassisi lavozimiga Otabek Ibragimovlarning nomzodlari taklif qilinib, bir ovozdan tasdiqlandi.

Konferentsiyada shuningdek, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika Kengashi taʼsis Konferentsiyasida ishtirok etish uchun ishonchli vakil belgilanib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashining tashkiliy yigʻilishiga 8 nafar  delegatlar saylandi.

Tadbir yakunida kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Oʻylaymizki, yangi tashkil etilgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi Yurtboshimiz taʼbiri bilan aytganda, mahalla  institutini "adolat tarozisi”ga aylantirishdek sharafli ishlarda masʼuliyat bilan ish olib boradi va jamiyat farovonligi, yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026