15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 11:28
Jamiyat 👁 3,541

MAMLAKATIMIZ TARAQQIYoTIDA YaNGI BOSQICh: asosiy maqsad – inson manfaatlarini taʼminlash

MAMLAKATIMIZ TARAQQIYoTIDA YaNGI BOSQICh: asosiy maqsad – inson manfaatlarini taʼminlash

Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev oʻz lavozimiga kirishganidan buyon oʻtgan qisqa vaqt mobaynida mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini bundan ham yaxshilash, yanada yuksak bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan qator farmonlar hamda qarorlar qabul qilindi. Ushbu hujjatlarning asosiy maqsadi inson manfaatlarini taʼminlashga, ona Vatanimizning porloq kelajagiga xizmat qilishga qaratilgani bilan yanada ahamiyatlidir.

Gazetamiz muxbirlari xalq deputatlari tuman Kengashining deputatlari bilan suhbatda boʻlib, ushbu farmon va qarorlardan ayrimlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida ularning fikrlarini tingladi.

Quyida ushbu suhbatlarni eʼtiboringizga havola qilamiz.

Otabek YOʻLDOShOV, Amudaryo akademik litseyi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, xalq deputatlari tuman Kengashi ijtimoiy-madaniy rivojlantirish hamda yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari  boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzosi:

Prezidentimizning shu yil 14 martda qabul qilingan "Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori kelajagimiz egalarini bilimli, kasb-korli qilib tarbiyalash yoʻnalishidagi ishlarni yanada yangi, yuqori bosqichga koʻtarishga xizmat qiladi.

Prezidentimizning yuqoridagi Qaroriga koʻra, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan akademik litseylarning 4 tasi taʼlim-tarbiya sifati pastligi, zamonaviy talablarga javob bermasligi uchun tugatilib, 54 ta akademik litsey bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantirilishi nazarda tutilgan.

Bizning Amudaryo akademik litseyimiz moddiy-texnika va oʻquv-metodik bazasi zamon talablariga javob berishi, akademik litsey tahsilini olgan yoshlarning oliy oʻquv yurtlarida oʻqishni davom ettirish boʻyicha koʻrsatkichlari yuqoriligi uchun bundan keyin ham akademik litsey sifatida oʻz faoliyatini davom  ettiruvchi oʻquv muassasalari roʻyxatiga kiritildi.

Albatta, davlatimizning oʻquv muassasamizga berayotgan bu imkoniyati bizning zimmamizga yuksak masʼuliyat yuklaydi. Chunki Prezidentimizning yuqoridagi Qarorida akademik litseylarda oʻquv jarayonining sifati va samaradorligini oshirish, bu maskanlarda taʼlim berish uchun umumtaʼlim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini tanlab olish, yoshlarning oʻzlari tanlagan kasb va mutaxassisliklarni egallashga boʻlgan orzulariga erishmogʻi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, ularni chuqurlashtirilgan taʼlim-tarbiya dasturlari bilan keng qamrab olish nazarda tutilgan.

Haqiqatan ham, akademik litsey bitiruvchilari oʻz iqtidori, bilim va salohiyati, keng dunyoqarashi bilan ajralib turishi, albatta, oliy taʼlim bosqichida hech bir monʼeliksiz  oʻqishni davom ettira oladigan darajada zukko boʻlmogʻi joiz.

Shu jihatdan olib qaraganda, Prezidentimizning mazkur Qarori nafaqat akademik litsey va kasb-hunar kolleji oʻqituvchilari, balki ana shu oʻquv dargohlarida tahsil olayotgan yoshlarning hayotida yangi sahifa ochishi tabiiy, albatta.

Nilufar DAVLETOVA, 31-sonli umumtaʼlim maktabi direktori, tuman Kengashi deputati.

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 7 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmonida 2017-2021-yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada  jadallashtirishga oid belgilab berilgan ustuvor vazifalardan biri taʼlim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalasidir. Farmon asosida umumiy oʻrta taʼlim tizimining sifatini  tubdan oshirish, qator fanlar, shu jumladan matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda oʻqitishga alohida eʼtibor qaratish, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari faoliyatiga oid amaldagi meʼyoriy hujjatlarning taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini yanada oshirish nuqtai-nazaridan qayta koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi "Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga muvofiq kuchga kirgan "Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizom bu ulugʻvor vazifalarni amalga oshirishga mustahkam poydevor boʻldi, desam adashmagan boʻlaman.

Nizom bilan tanishish menga oʻz mehnat faoliyatim, oʻzim rahbarlik qilayotgan jamoa faoliyatini xolisona baholab, kelgusidagi ishlarimizni bugungi kunning talablari darajasida tashkil etish lozimligini chuqur anglatdi. Ayniqsa, iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash, iqtidorini rivojlantirishiga shart-sharoitlar yaratish, oʻquvchilarni ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan sinflarida oʻqitish  boʻyicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish vazifa qilib qoʻyilgani meni juda quvontirdi. Aynan shu usul bolalarni ijodkorlikka, izlanishga undashi biz pedagoglarga yaxshi maʼlum.

Oʻylaymanki, qabul qilingan yangi Nizom barcha umumtaʼlim maktablari yutuqlarining yana ham koʻpayishiga zamin yaratadi.

Umuman olganda, yangi Nizom mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarining tashkiliy tuzilmasini yaxshilab, taʼlim-tarbiya jarayonini yangi sifat bosqichiga koʻtarish imkonini beradi va umumiy oʻrta taʼlimning oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi bilan uzviy aloqadorligini taʼminlaydi.

Adilboy YuSUPOV, «Iftixor dent» xususiy klinikasi rahbari, xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzosi:

2017-yilning 1-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2018-yilning 1-yanvaridan "Yagona darcha” markazlari orqali taqdim etiladigan litsenziya va ruxsatnomalarni qogʻoz shaklidagi maxsus blankalarda majburiy rasmiylashtirish bekor qilinadi. Berilgan, toʻxtatib qoʻyilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, amal qilishi tugatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bevosita "Litsenziya” axborot tizimlari majmuasi orqali olinadi. Bunday keng qamrovli chora-tadbirlar tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmati koʻrsatish sifatini yangi bosqichga koʻtarib, milliy iqtisodiyotimizni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoy totuvlikni yanada mustahkamlab, yurtimizda tinchlik, barqarorlik va oilalar obodligini taʼminlashga xizmat qiladi.

2017-yilning 1-choragidan ishga tushirilishi belgilangan "Litsenziya” axborot tizimlari majmuasi ham tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik boʻladi. Bu tegishli davlat organiga bormasdan turib, "Yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlarini elektron shaklda olish, ruxsatnoma va litsenziya olish tartibi va muddatlari haqidagi, shuningdek, ruxsatnoma va litsenziya reyestridagi maʼlumotlardan masofadan turib foydalanish uchun qulay sharoit yaratadi.

Muhtaram Prezidentimizning mazkur qarorini amalga oshirish,  shubhasiz, tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatishni yangi sifat bosqichiga koʻtarishga, aholining davlatga nisbatan ishonchini oshirishga, "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu gʻoyani hayotga joriy etishga koʻmaklashadi.

Shirin YaNGIBOYeVA, OʻzMTDP tuman Kengashi raisi, tuman Kengashining ijtimoiy madaniy rivojlantirish hamda yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy

komissiyasi raisi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi joriy yilning 15-fevralida qabul qilingan Farmoni mazkur sohalardagi kamchiliklarga barham berib, madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu sohalarda davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini keskin oshirish, oʻzbek xalqining  oʻziga xos va boy madaniyati, sanʼati va ijodini rivojlantirish, aholi oʻrtasida tinch  va farovon hayot omili boʻlgan sogʻlom turmush turziga amal qilishga intilish hissini ragʻbatlantirish maqsadlariga xizmat qiladi.

Mazkur Farmonning ijrosini taʼminlash maqsadida Prezidentimizning Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Qarorlari qabul qilindi.

"Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonga muvofiq olib borilayotgan saʼy-harakatlar mazkur sohalarning tezkor rivojlanishini taʼminlashi soʻzsiz.

Maqsud JUMATOV, xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzosi:

Mamlakatimizda yoʻl xoʻjaligi sohasidagi barcha loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, barcha ishlar sifatini oshirish imkonini  beradigan toʻlaqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada  takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonda Avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish davlat aktsiyadorlik kompaniyasi ("Oʻzavto yoʻl DAK”) tugatilib, uning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasini tashkil etish nazarda tutilgan.

Ushbu Farmonda avtomobil yoʻllarini boshqarish boʻyicha maxsus vakolatlarga ega boʻlgan davlat organi sifatida Davlat qoʻmitasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilab berildi.

Shu bilan birga Farmonda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysundirilishi belgilangan.

Avtomobil yoʻllari tarmogʻini yanada rivojlantirish, yuksak xalqaro talablarga javob beradigan transport kommunikatsiyalari tizimining xalqaro transport yoʻlaklariga keng integratsiyalashuvini taʼminlash, avtomobil yoʻllarini  loyihalashtirish, qurish, taʼmirlash va saqlashga yoʻnaltiriladigan davlat moliyaviy  resurslaridan samarali foydalanish, shu bilan birga, yoʻl korxonalari tuzilmasini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinib, unda yoʻl xoʻjaligi obʼektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, taʼmirlash va jihozlashning manzilli roʻyxatlarini belgilangan tartibda kelishish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridan foydalanish va ularni saqlash xarajatlari smetasini roʻyxatdan oʻtkazish va boshqa bir qator masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, mintaqaviy avtomobil yoʻllarining yoʻl qoplamalari holatini zarur darajaga keltirish va ularni ekspluatatsiya qilish xususiyatlarini oshirish orqali yoʻl-transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholining hayot faoliyati uchun, ayniqsa, qishloq joylarda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini va hududlarini istiqbolli  rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2018-yillarda mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilinib, unda bu sohani yanada rivojlantirish yuzasidan bir qancha vazifalar belgilab berildi.

Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlarda belgilab berilgan vazifalarning amalga oshirilishi yoʻllarimizning bundan ham ravon boʻlib, iqtisodiyotimiz rivojiga, shahar va qishloqlarimizning yanada obodligiga  xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019