OBOD VA FAYZLI BOZORLAR – FAROVON TURMUSh KOʻZGUSI
Istiqlol yillarida mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi tumanimizdagi Mangʻit dehqon bozorida ham xaridorlar va sotuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, bozor hududini obodonlashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
"Mangʻit dehqon bozori” MChJga qarashli 1,7 gektar hududda jami 450 ta, shu jumladan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotishga moʻljallangan 424 ta, oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan 26 ta savdo shoxobchalari faoliyat yuritmoqda.
Bundan tashqari, bozor hududidagi 96 ta oziq-ovqat doʻkonlari, maishiy xizmat koʻrsatish, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida mijozlarga sifatli xizmat koʻrsatilmoqda.

– Hozirgi kunda hududimizni obodonlashtirish, tozalash, sanitariya holatini yaxshilash ishlari olib borilmoqda.
Yopiq bozor fasadi, ochiq hududlar taʼmirlanishiga 98 mln. soʻmlik mablagʻ sarflandi. Natijada sotuvchilar va xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratildi. Bozor hududida savdo va sanitariya qoidalariga rioya qilinishi mutasaddi tashkilotlar tomonidan belgilangan rejaga muvofiq nazorat qilib borilayapti, – deydi "Mangʻit dehqon bozori” MChJ raisi Sh.Yangiboyev.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-mart kungi "2017-2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruktsiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualarini qurish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qaroriga binoan olib boriladigan ishlar tufayli butun mamlakatimiz bozorlari qatori "Mangʻit dehqon bozori” ham yanada zamonaviy qiyofa kasb etib, sotuvchi hamda xaridorlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratilishi soʻzsiz.
Suratlarda: Dehqon bozori faoliyatidan lavhalar.
M.Shomurodov olgan suratlar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶