MEN TEMURIY AVLODIMAN
9 aprel – ulugʻ sarkarda bobomiz Amir Temur tavallud topgan kun.
Sohibqiron Amir Temur bobomiz yoshlik paytlaridayoq kuch-gʻayratli, jasur va mard bola boʻlgan. U tengdoshlaridan oldin savod chiqaradi. Sababi, unda oʻqib-oʻrganishga boʻlgan ishtiyoq erta namoyon boʻldi. Buni oʻz vaqtida anglab etgan ota-onasi Amir Taragʻay Bahodir va Takina Mohbegim oʻzaro oʻylashib, uni oldinroq ustoz qoʻliga topshiradi.
Ota-onasining xohishi bilan Amir Temur otasining piri boʻlmish shayx Shamsiddin Kuloldan saboq ola boshlaydi. Kamondan oʻq uzish, otda yurish, chavandozlik uning sevimli mashgʻulotlaridan biri boʻlgan va ularni ustozi orqali chuqur oʻzlashtira boshlagan. U oʻz davrining ilmlarini qunt bilan oʻrganib, puxta egallagan. Shu sababli, Amir Temur bobomiz siyosat maydoniga erta kirib keladi. U olib borgan siyosatdan ham koʻrinib turibdiki, Amir Temur bobomiz oʻz zamonasining eng ilgʻor, dono, aqlli sarkardasi hamda oʻta kuchli iroda sohibi boʻlgan. U janglarda qancha talofatlar koʻrishiga qaramasdan, oʻz maqsadidan voz kechmaydi. Aksincha, "yashasin ozodlik” deya xalqni chorlab, misli musht kabi birlashtiradi. Ularni oʻz ozodligi hamda oʻz erkinligi sari olgʻa intilishga undaydi. Shuning uchun ham Amir Temur bobomiz nafaqat biz sharq xalqlari uchun, balki butun Yevropa xalqlari uchun mardlik timsoliga aylangan.
Men mana shunday buyuk zot avlodi ekanligimdan gʻoyatda mamnunman va bundan faxrlanaman. Men hech shubhasiz "Temuriy avlodiman”, deya olaman.
Ozoda TOʻLIBOYeVA, 71-sonli maktab oʻquvchisi.
(Foto - sharqyulduzi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶