02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 10:26
Jamiyat 👁 6,194

TINChLIK – ENG ULUGʻ, ENG OLIY QADRIYaT

TINChLIK – ENG ULUGʻ, ENG OLIY QADRIYaT

El-yurt tinchligi, oilalar obodligi, farzandlar sogʻlomligi, millat onalarining omonligi va  xotirjamligi – bularning bari har bir koʻngilning hayotdan, Vatandan roziligining eng muhim shartlaridir. Hayotini toʻkislik, baxt bezab turgan xalq eng avvalo, mamlakatda tinchlik hokim boʻlishini istaydi, oʻz Vatani  tuprogʻining toptalishini, farzandlarining  baxtli davroniga chetdan tosh otilishini istamaydi!

Ming shukurki, bizning xalq ana shunday baxtga musharraf. Farzandlar sogʻ-omon voyaga yetayotir, onalar koʻngli tinch. Har kuni oila aʼzolarini bexavotir oʻqishga, ishga kuzatib, shodon qarshi olayotgan oila bekalarining koʻngillari xotirjam.

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda xalqimiz baxt-saodati va kelajagini oʻzida mujassam etgan Qonunlarning hayotga izchil tatbiq etilayotgani, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov asos solgan tinchlikparvar ichki va tashqi siyosatni amalga oshirish, dunyoda tinchlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi tashabbuslarni dadil koʻtarib chiqayotgani xalqaro maydonda Oʻzbekiston davlatining nufuzini tobora oshirmoqda.

Gap mamlakatimizning tinchlikparvar siyosati haqida ketar ekan, "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni tinchlikni taʼminlash va kafolatlashda muhim ahamiyatga ega boʻlganini taʼkidlash lozim. Ushbu Qonunga koʻra, Oʻzbekiston tinchlikparvar siyosat olib borishi, hech qanday harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmasligi, har qanday davlatlararo tuzilma harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda undan chiqib ketish huquqini oʻzida saqlab qolishi aniq qayd etib qoʻyilgan.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining qoʻshni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar aloqalarini mustahkamlaydi. Har qanday qurolli ziddiyatlarga va tang vaziyatlarga tortilishining oldini olish maqsadida zarur choralarni koʻradi. Oʻz hududida xorijiy davlatlarning harbiy bloklari  va obʼektlari joylashtirilishiga aslo yoʻl qoʻymaydi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, "Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonunga va mamlakatimiz Qurolli Kuchlari Harbiy doktrinasiga asosan chet ellardagi tinchlik oʻrnatuvchi operatsiyalarda ishtirok etmaydi. Bu meʼyor, qoida va tamoyillar – xalqimizning xohish-irodasini ifoda etadi.

Xalqning xohish-irodasi – bu xalqimizning eng ulugʻ istagi – tinchlik va omonlik! Bu nafaqat xalq istagi, balki eng buyuk maqsadi, eng toʻgʻri va qatʼiy qaroridir!

Oʻzbekistondek jannatmakon yurtni oʻzlariga ona Vatan qilib, ahillikda yashayotgan 136 millat va elatlar baxt-saodati mujassam boʻlgan mamlakatimizning ichki va tashqi siyosat sohasida tutgan yoʻlini Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning ilk davlat tashriflarini Turkmaniston, Qozogʻiston hamda Tojikiston va Rossiya davlatlariga amalga oshirib, ishni mazkur davlatlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy va gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlashdan boshlaganidan ham anglash mumkin. Bu tashriflar chogʻida Oʻzbekiston atrofida mustahkam "Farovonlik kamari”ni shakllantirish, tashrif davomida imzolangan, uzoq yillarga moʻljallangan oʻzaro iqtisodiy hamkorlik strategiyasini izchil amalga oshirish orqali qondosh va qardosh davlatlar aro doʻstlik hamda barqaror tinchlikni taʼminlash ustuvor vazifa qilib belgilangan.

Azaldan bir-birlari bilan yonma-yon yashagan qozoq, turkman, tojik, qirgʻiz va rusiyzabon xalqlarning oʻzaro ahil va totuv yashab, yaxshi qoʻshnichilik tamoyillari asosida turli sohalarda hamkorlik qilishlariga qulay sharoitlar yaratib berilayotgani oʻzaro manfaatlarni tan olish va har qanday masalani hal etishda hamkorlik printsipiga amal qilinishi yurtimiz atrofida yuqorida aytganimizday, "farovonlik kamari”ni  shakllantirish, pirovardida mintaqada barqarorlikni yanada mustahkamlash, xalqlarimiz uchun munosib turmush sharoitlari yaratishga xizmat qiladi. Bu esa mamlakatlarning yuqori surʼatlarda ravnaq topishiga keng yoʻl ochadi.

Muxtasar qilib aytganda, jon qadar aziz, hayot qadar shirin eng oliy neʼmat – tinchlik, totuvlik, omonlik  – xalqimiz uchun eng oliy qadriyat. Zotan, eng avvalo inson tinch boʻlsa, oila, oila tinch boʻlsa, millatlar, mamlakat tinch. Bir soʻz bilan aytganda, tinchlik bor joyda – inson albatta baxtli boʻladi.

TAHRIRIYaT.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026