“Sozlar navosi”
Yaqinda Nukus shahrida yoshlarning ijrochilik mahoratini oshirish, xalq cholgʻulariga, cholgʻu ijrochiligiga omma eʼtiborini qaratish maqsadida "Sozlar navosi” respublika tanlovi boʻlib oʻtdi.
Mazkur tanlovda tumanimizning iqtidorli yoshlari ishtirok etishib, faxrli oʻrinlarni egallab qaytdilar.
Xususan, nay yoʻnalishi boʻyicha Alibek Xudoyberganov birinchi, afgʻon rubobi yoʻnalishida Nodirbek Saparboyev birinchi, Abbos Yoʻldoshev uchinchi, dutor yoʻnalishida Xayrulla Ollayorov uchinchi oʻrinni egalladi, qashqar rubobi yoʻnalishi boʻyicha Sodiq Hayitboyev sovrindor boʻldi.
Bu quvonarli natijalar ularni cholgʻu asboblarini chalishni yanada qunt bilan mashq qila borib, mahoratini oshirishga undamoqda.
N.HAYTMURATOVA, tuman Madaniyat va aholi dam olish markazi mutaxassisi.
Suratda: (chapdan) Xayrulla Ollayorov va Alibek Xudoyberganov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶