01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 19:52
Jamiyat 👁 2,591

“Welcome to Karakalpakstan” – yangi sahifa

“Welcome to Karakalpakstan” – yangi sahifa

Izlanish, intilish bor joyda hamisha ijobiy oʻzgarishlar, rivojlanish boʻladi. Ayniqsa, bu sifatlar  ijod ahliga xos  boʻlsa, unda ijodkor uchun ham, u mehnat qiladigan ijodiy jamoa uchun ham yanada yangi imkon eshiklari ochiladi.

Amudaryo tumanining  ijtimoiy-siyosiy nashri "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatining www.amunews.uz  veb sayti 2012-yil 31-iyulda davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi yagona mustaqil internet nashr sifatida oʻz faoliyatim boshlanganida koʻpchilik bu nashrning kelajagiga ishonmagan edi. Lekin tahririyat bosh muharriri Gʻ.Yeshniyozov rahbarligidagi ijodiy jamoaning oʻzaro jipsligi, zamon taraqqiyotiga mos ravishda ish yuritib, tinimsiz izlanishlari tufayli veb sayt oʻz muxlislari eʼtiborini qozondi va  internet tarmogʻida mavqei mustahkamlanib, muxlislar auditoriyasi tobora kengayib bormoqda. Veb sayt sahifalarida joylashtirilayotgan turli xil mavzulardagi maqolalar, sheʼr va hikoyalar, ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi munozarali lavha va ocherklar, publitsistik maqolalarni har kuni yuzlab kishilar qiziqish bilan oʻqishmoqda. Bugungi kunda veb sayt muxlislari auditoriyasi xorijiy davlatlar fuqarolari hisobiga yanada kengaydi. Chunonchi, 20 gayaqin xorijiy davlatlar fuqarolari ham www.amunews.uzveb saytining haqiqiy muxlislariga aylanishgan.

Internet tarmogʻida tobora nufuzli ortib borayotgan www.amunews.uzveb sayti ijodiy jamoasi doimiy izlanishda. Veb sayt  tahririyati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 2014-yilda eʼlon qilingan "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda, aholi farovonligini yuksaltirishda, tadbirkorlikni rivojlantirishda va aholining ijtimoiy koʻmakka ehtiyojmand qismiga yordam koʻrsatishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan davlat tuzilmalarining oʻzaro ijtimoiy sherikligini yanada kuchaytirish” mavzusidagi tanlovda "Oilaviy biznes, xususiy tadbirkorlik, kasanachilik, xalq hunarmandchiligi va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlarini, ayniqsa, qishloq joylarda rivojlantirishga koʻmaklashish” nomli loyiha bilan  ishtirok etib 14 mln soʻm miqdorida davlat grantini yutib olgan edi. Mazkur loyiha 2014-yilning 1-dekabridan 2013-yilning 30-noyabr oyiga qadar muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Loyihani amalga oshirish jarayonida tumanimizning barcha ovul va mahallalarida, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarida masʼul mutaxassislar ishtirokida seminarlar, davra suhbatlari, ochiq va oshkora muloqotlar oʻtkazildi. Veb sayt sahifalarida loyiha mavzusiga oid oʻnlab maqolalar chop etilib, xalq hunarmandlari, kasanachi va xususiy tadbirkorlik subʼektlarining ilgʻor tajribalarini ommalashtirishga amaliy yordam berildi.

Bu boradagi ijodiy izlanishlarni davom ettirish, veb sayt sahifalarida yoritilayotgan mavzular xilma-xilligini taʼminlash maqsadida veb sayt tahririyati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik  jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 2016-yilda eʼlon  qilingan "Mustaqillik yillarida respublika hayotining turli  sohalarida erishilgan yutuqlar haqida keng jamoatchilikni xabardor qilishga qaratilgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash” mavzusidagi tanlovda ishtirok etib  www.amunews.uzveb saytida "Welcome to Karakalpakstan” sahifasini tashkil qilish orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixiy yodgorliklar, qoraqalpoq xalqining nomoddiy madaniy merosi va bugungi farovon hayotini xorijiy auditoriya oʻrtasida targʻib qilish” mavzusidagi loyihasi bilan ishtirok etib, 25 mln. soʻmlik davlat grantini yutib oldi.

Loyihaning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, ushbu loyihani amalga oshirish jarayonida Qoraqalpogʻistonning tarixiy yodgorliklari, madaniy meros obʼektlari, nomoddiy meros durdonalari, tabiati, noyob oʻsimlik va hayvonot dunyosi, jamiyatdagi hamjihatlik va millatlararo totuvlik manzaralarini xalqaro jamoatchilik eʼtiboriga yetkazishda keng qamrovli maqolalar, badia va tarixiy lavhalar, ocherklar, mashhur tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi yuksak mahorat bilan yozilgan ocherklar va taqliliy maqolalar, tarixiy yodgorliklar, Qoraqalpogʻistonning oʻtmishi va bugungi hayoti haqidagi adabiy-badiiy va xronologik lavha va publitsistik ocherklar "Welecome to Karakalpakstan” sahifasida oʻzbek va ingliz tillarida eʼlon qilib boriladi.

Oʻn ikki oy davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasining tarixi va buguni, respublika tumanlari haqidagi tarixiy-etnografik maʼlumotlar, ayniqsa, "Orol muammosi – global muammo” ruknidagi turkum maqolalar, boy hayvonot va oʻsimliklar dunyosi – nabotot olami haqida hikoya qiluvchi qiziqarli suhbatlar, "Xalq amaliy sanʼati” turkumidagi maqolalar "Welcome to Karakalpakstan” sahifasidan doimiy ravishda joy oladi va barcha matnlar oʻzbek va ingliz tillarida yoritiladi. Bu esa tarixiy ildizi teran, moddiy va nomoddiy boyliklari bisyor, urf-odat va anʼanalari, maʼnaviyay qadriyatlari oʻziga xos, jahon xalqlariga ibrat boʻlgulik qoraqalpoq xalqining dunyo  hamjamiyatidan munosib oʻrin egallashida muhim ahamiyat kasb etadi hamda dunyo xalqlarining qalbida  qoraqalpoq xalqi tarixi, madaniyati va maʼanviyatiga cheksiz hurmat-eʼtirom tuygʻularini uygʻotadi. Chunki qoraqalpoq xalqining tarixi ham, buguni ham, shu barobarida nomoddiy madaniy merosi, tarixiy obidalari, urf-odat va anʼanalari, jamiki maʼnaviy qadriyatlari, barcha-barchasi har bir kishi qalbida havas va hayrat uygʻotishga qodir goʻzal, maroqli  "Welcome to Karakalpakstan” sahifasi orqali xorijiy muxlislar auditoriyasiga manzur boʻlishiga va mamlakatimiz bilan tanishish istagidagi chet elliklar qalbidan ham munosib joy olishiga ishonamiz.

Robiya YOʻLDOShEVA, www.amunews.uzveb sayti muxbiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026