02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 00:17
Jamiyat 👁 2,549

Qoraqalpogʻiston Respublikasining tabiati va iqlimi

Qoraqalpogʻiston Respublikasining tabiati va iqlimi

Ona kalomi sanoqli soʻzlargagina qoʻshib aytiladi: ona-Vatan, ona til, ona tabiat. Bejizga ona tabiat demaymiz. Bola ona bagʻrida oʻsib-ulgʻaygani singari insoniyat hayoti ham tevarak-atrofimizni oʻrab turgan mana shu borliqda kechadi. Shu bois, har doim unga onaga koʻrsatilgandek munosabatda boʻlish talab etiladi. Mamlakatimizda atrof-muhit musoffoligini taʼminlash, uning neʼmatlari, er osti va usti boyliklaridan samarali foydalanish qonun bilan kafolatlangan. Ayniqsa, mustaqilik yillarida shu maqsadda koʻplab qonun va meʼyoriy hujjatlar qabul qilinib, ularning ijrosi taʼminlanmoqda. Ayting bunday yurtning tuprogʻini koʻzga toʻtiyo qilmay, tabiatini sevmay boʻladimi? Yerga choʻp suqsang, daraxt unadi. 4,5 ming turdagi yovvoyi oʻsimliklarning barchasi-dorivor giyoh. Ularning 400 xili faqat bizning oʻlkada oʻsishi ham shundan dalolatdir. Bizning asl maqsadimiz jannatmonand, deya taʼriflanadigan oʻlkamiz tabiati,uning hayvonot va nabobot olamini saqlashga jiddiy eʼtibor qaratish deb oʻylayman. Zotan, koʻchat ekib, bogʻ yaratish, shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshish, qishloq hayotini obodonlashtirish, ona tabiatimizni asrab-avaylash har birimizning farzandlik, fuqarolik burchimizdir.

Mamlakatimizda ekologik muammolarni yumshatish, bioxilma-xillikni saqlash va qayta tiklashga yoʻnaltirilgan tizimli tadbirlar hayotga izchil tatbiq etilmoqda.  Orol dengizi suvining keskin kamayib ketishi oqibatida yuzaga kelgan ekologik muammolarning atrof-muhitga, oʻsimliklar dunyosi va hayvonot olamiga taʼsiri, turli antropogen taʼsirlar, brakonerlik oqibatida biologik xilma-xillikka yetkazilayotgan ziyon, ayrim turlarning kamayib, yoʻqolib ketayotgani kabi muammolar mavjud.

Qoraqalpogʻistonda uchraydigan koʻpgina baliq, oʻsimlik, qushlar, hayvonlarning kiritilgani ona tabiatimizga yetarlicha gʻamxoʻrlik koʻrsatilmayotganidan darak beradi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida "Saygʻoq” davlat buyurtmaxonasi, "Sudoche” ornitologik davlat buyurtmaxonasi faoliyat koʻrsatmoqda. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi qonun talablari asosida ushbu buyurtmaxonalar hududi rejimini saqlash, hayvonot va nabotot dunyosini muhofaza qilish boʻyicha davlat nazorati oʻrnatilgan. 

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2005-2012-yillarda BMT Taraqqiyot dasturiga muvofiq Global ekologik jamgʻarmasi ishtirokida Amudaryo deltasida toʻqayzorlarni asrash va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini mustahkamlash loyihasi amalga oshirildi. Ushbu loyihaga koʻra, umumiy maydoni 68 ming 717 gektar, shundan muhofaza qilinadigan hududi 11 ming 568 gektar boʻlgan "Quyi Amudaryo biosfera rezervati” tashkil etildi. Bu yerda turli hayvonlar, xususan, Buxoro bugʻularini muhofaza qilish, ularning yashashi va koʻpayishi uchun qulay sharoit yaratildi. 
Ustyurt tekisligida saygʻoqlarni muhofaza qilish va ularning yashashi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi "Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida "Saygʻoq” davlat buyurtmaxonasi bazasida besh uchastkani oʻz ichiga olgan 628,3 ming gektar maydon ajratish belgilandi. Bu uchastkalarda saygʻoqlar va boshqa kam uchraydigan hayvonlar yashashi uchun yetarli shart-sharoit – seroʻtloq yaylovlar, suv manbalari yaratilgan.

Qoraqalpogʻiston iqlimi oʻta kontinental, quriq, yozi  issiq, qishi sovuq va kam yogʻingarchiligi bilan xususiyatlanadi. Kontinentalligi katta sutkalik, oylik, mavsumiy va yillik havo darajasining tushib-chiqishi, quriqligi – kam yogʻingarchiligi bilan xususiyatlanadi.

Qoraqalpogʻiston qishi oʻta qahrli. Eng sovuq oy – yanvar, havoning oʻrtacha oylik darajasi - -5.  Ayrim yillarda havo darajasining eng past  koʻrsatkichi – -3dan –32, -35 darajagacha. Qishi kamqorli. Qor qatlami beqaror. Qishning qor qatlamli davri 1dan 44 kungacha. Oʻrtacha qor qalinligi 4-5 sm, baʼzan undan oshadi. Qish davrida havoning nisbiy namligi 61dan 74 foizgacha oraliqda. Yogʻin yil davomida 70-90 mm gacha tushadi va erta bahor va kuz davriga toʻgʻri keladi.

Mamlakatimizning boshqa hududlariga qaraganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi tabiati va iqlimi dehqonchilik va ziroatchilik uchun ancha noqulay. Biroq, ilmiy izlanishlar natijasida barcha ekin turlarining tezpishar va hosildor navlari yaratilgani mazkur hududda ham odamlarning dasturxoni toʻkin boʻlishini taʼminlayotir.

(Foto - http://sovminrk.gov.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026