02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 00:42
Jamiyat 👁 3,462

Beruniy tumani

Beruniy tumani

Dunyo xaritasida kichkina bir nuqta hisoblanmish Qoraqalpoq diyorini kezgan kishi yastanib yotgan kengliklari, qir-adirlari, togʻ-tizmalarini, biri-biridan obod shahar va qishloqlarini koʻrib, olam-olam taassurot oladi. Tabiiy  boyliklari behisob, nabotot, hayvonot olami oʻziga xos bu hududda ulugʻ alloma bobomiz Beruniy nomi bilan atluvchi tuman oʻz oʻrni, mavqeiga ega. Ishlab chiqarish, qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish darajasi yilday yilga oshayotganligi aholi turmushining tobora yuksalishini taʼminlamoqda.

Tuman 1927-yil 3-iyulda tashkil etilgan. 1962-yil 24 dekabrda Toʻrtkoʻl tumaniga qoʻshib yuborilgan, 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzilgan. Beruniy tumani Oʻzbekiston Respublikasining shimoli-gʻarbida, Amudaryoning oʻng sohilida. Beruniy tumani shimoli-sharqda Ellikqalʼa tumani, gʻarbda Amudaryo tumani, shimoli-gʻarbda Qoraoʻzak va Taxtakoʻpir tumanlari va janubda Xorazm viloyati va janubi-sharqda Buxoro viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 3,94 ming km2. Beruniy tumanida 1 shahar (Beruniy) va 11 ovul fuqarolari yigʻini bor. Markazi-Beruniy shahri.

Beruniy tumanining shimolida Qizilqum choʻli, gʻarbida Baday toʻqayzori va Sulton Uvays togʻi bor. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi -15°, -20°, iyulniki 28°. Yiliga 100-200 mm. yogʻin tushadi. Vegetasiya davri 200-220 kun. Tuman janubidan Amudaryo oqib oʻtadi. Tumanda Oqchakoʻl, Amirobod koʻllari bor. Paxtaarna kanalining davomi boʻlgan Boʻzyop kanali mavjud. Amudaryodan Qozoqyop, Beshtom, Nayman kanallari chiqarilgan. Nayman kanalidan Qattiqoqar, Sovqumyorgan ariqlari suv oladi. Tumanda Nayman-Beshtom nasos stantsiyasi ishlab turibdi. Tuproqlari shoʻrhok, qumloq, boʻz tuproq. Chiyaboʻri, boʻrsiq, qobon, quyon, toshbaqa, parrandalardan qirgʻovullar yashaydi. Tuman hududida Badaytoʻqay davlat qoʻriqxonasi joylashgan. Aholisi asosan, oʻzbeklar, qoraqalpoq, qozoq, turkman, tatar, rus va boshqa millat vakillaridan iborat. 1 km2 ga 27,5 kishi toʻgʻri keladi.

Beruniy tumani iqtisodiyoti negizini paxtachilik tashkil qiladi, shu sababli tuman sanoati ham paxta xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, yogʻ zavodlari, temir-beton, gʻisht va asfalt zavodlari bor. Chorvachilik, ipakchilik, bogʻdorchilik, polizchilik ham rivojlangan. Tumanda 54 kichik korxona va 27 kooperativ korxona, 15 aktsiyadorlik jamiyati, 47 firma, 33 xususiy korxona mavjud. Bulardan eng muhimlari: paxta tozalash zavodi, "Temur” xususiy korxonasi, 28-avtokorxona, "Yogʻgar” aktsiyadorlik jamiyati va boshqalaridir.

Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 31,5 mingga, shu jumladan 15,2 mingga yerga paxta, 0,8 mingga yerga sabzavot, 3,0 mingga yerga beda, 0,8 ming ga yerga makkajoʻxori, 1,0 ming gektar yerga sholi ekiladi. Beruniy tumanida 2 jamoa xoʻjaligi, 11 dehqon-fermer xoʻjaligi uyushmasi, 27 kooperativ xoʻjaligi, 200 gayaqin fermer xoʻjaligi, 2 ijara xoʻjaligi, 1 xoʻjalik hisobidagi uchastka bor. Tuman transportida Toʻrtkoʻl-Nukus avtomobil yoʻli asosiy rol oʻynaydi. Amudaryoda kemada yuk tashish ham salmoqli oʻrin tutadi.

Beruniy tumani aholisi ham jadal  rivojlanishlar kechayotgan bugungi davr ruhiga  monand ishlab, oʻz mehnatlari bilan turmushini obod, dasturxonini toʻkin qilishmoqda.

2016-yilda Osiyo taraqqiyot bankining  1 mln. 887 ming AQSh dollarlik moliyaviy koʻmagida "Sarkop” ovuli hududida ichimlik suvi taqsimlovchi zamonaviy inshoot va 50 kilometrlik yangi suv tarmogʻi qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu bilan 920 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishiga sharoit yaratildi.

Shuningdek, 2016 yilda 90 ta namunaviy loyiha asosidagi zamonaviy  uylar qurilib, foydalanishga topshirildi. Har bir oilani uyli-joyli boʻlishiga erishish borasidagi saʼy-harakatlari davom ettirilib, aholining barcha  qatlamlariga, yangi oilalarga moʻljallangan arzonlashtirilgan uy-joylar qurish ishlari jadal olib borilmoqda.

Shuningdek, ishsiz aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish natijasida turmushi farovonlashuviga erishish borasidagi ishlar xalqqa madad boʻlayotir.

(Foto - mcs.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026