02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 05:26
Jamiyat 👁 4,407

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus tumani

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus tumani

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mavjud 14 ta tumanning birisi – Nukus tumani asosan Qoraqalpogʻistonning markazida, quyi Amudaryoning sharqida Nukus shahrining gʻarb tomonida joylashgan boʻlib,  uning junabi-sharqiy qismi Amudaryo tumanining Nazarxon ovuli bilan, gʻarbda Xoʻjayli, shimoli-gʻarbda Qonlikoʻl, sharqda Qoraoʻzak, shimoli-sharqda Kegayli, shimolda Boʻzatov tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 1,0 ming km. ni, aholisi 50000 kishini tashkil etadi. Tuman aholisining 60,08 foizini qoraqalpoqlar, 30 foizini qozoqlar, 8,7 foizini oʻzbeklar, 0,5 foizini rus, turkman, koreys, tatar va boshqa millat vakillari tashkil etadi. 1 km2 ga 43,5 kishi toʻgʻri keladi. Tuman hududida 8 ta ovul, 2 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markazi – Oqmangʻit shaharchasi hisoblanadi.

Relefi asosan past-baland tekisliklardan, qum doʻnglaridan iborat. Tumanning Amudaryo boʻyidagi hududlarida sur-qoʻngʻir va oʻtloqichoʻl tuproqlar koʻp uchraydi. Bu yerlarda dehqonchilik va oʻrmon xoʻjaliklarini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar mavjud.

Tuman hududida sugʻorish kanallari, zovurlar, turli xil kattalikdagi koʻtarmalar bor. Bu yerlarda tosh, shagʻal, qum va chil kabi qurilish materiallarining koʻpligi tumanda uy-joy va boshqa inshootlar qurilishlarini amalga oshirishda qoʻl kelmoqda. Tumandagi Nazarxon koʻli, Sappokoʻl va bulardan boshqa bir necha kichik koʻllar xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan koʻllardir.

Tuman hududida Nazarxon, Choʻrtanboy va Samanboy oʻrmon xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatmoqda. Tumanda tabiiy kompleksni qayta tiklash va uning resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilayapti.

Tuman hududida saksovul, toʻrangʻil, terak, yulgʻun, jiyda, ajriq, koʻkabaroq, qamish, qoʻgʻa, oq shuvoq va shoʻra kabi daraxt va oʻsimliklar koʻp oʻsadi. Qamishzor va toʻqaylarda qobon, chiyaboʻri, shaqal, quyon, ondatra, boʻrsiq, qushlardan qirgʻovul, oʻrdak, chagʻalay, kaptar, qoʻton, bir qozon, qorabuzov, moʻylovli chittak, dehqonchumchuk, oq qanotli qizilishton, popushak, zargʻaldoq tentakqush va boshqalar koʻplab uchraydi. Sudraluvchilardan toshbaqa, kaltakesak, kalamush, sichqon va boshqa jonivorlarni ham koʻplab uchratish mumkin. Amudaryo va koʻllarda sazan, bakpa, laqqa, choʻrtan, oq amur va boshqa turdagi baliqlar ham serob.

Tuman hududi iqlimi keskin kontinental. Qishda temperatura keskin pasayib ketadi. Yillik oʻrtacha temperatura 110 ni, yanvarda oʻrtacha temperatura 6,90ni, past tepperatura 320 ni, eng yuqori teperatura  460 ni tashkil etadi.

Vegetatsiya davri 226 kun. Yillik yogʻin miqdori 92 mm.ni tashkil etadi. Tumanning asosiy suv tarmogʻi – Amudaryo, Boʻzatov va Qizketgan kanallari hisoblanadi.

Tumanda qishloq xoʻjaligining barcha tarmoqlari rivojlangan boʻlib, uning asosiy yoʻnalishi mevachilik, uzumchilik, poliz va sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, sholikorlik, gʻallachilik va paxtachilikdan iborat. Tumanda bir qancha sanoat korxonalari, kichik, xususiy korxonalar, aktsiyadorlik jamiyatlari mavjud.

Tumanda asfaltlangan avtomobil yoʻllari 100 kilometrni tashkil etadi. Nukus-Xalqabod-Chimboy-Taxtakoʻpir, Nukus-Oqmangʻit-Qozonketgan-Yerkindaryo, Nukus-Xoʻjayli-Qoʻngʻirot-Moʻynoq yoʻnalishlarida muntazam transport qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Tumanda 30 ta umumiy taʼlim maktablari, 3 ta kasb-hunar kollejlari faoliyat koʻrsatmoqda. Shuningdek tumanda 2 ta shifoxona va bir qancha tibbiyot muassasalari mavjud boʻlib, ularda aholi salomatligini muhofaza qilish boʻyicha koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Nukus tumanida faoliyat koʻrsatayotgan "Orol”, "Alpomish” va "Umid” dam olish maskanlarida aholining yaxshi dam olishini tashkil etishga alohida eʼtibor berilayapti.

(Foto - uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026