HISOBOT KONTsERTI BOʻLIB OʻTDI
Yaqinda 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida hisobot kontserti oʻtkazilib, unda barcha oʻquvchilar va ularning ota-onalari, "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashlari vakillari ishtirok etdilar.
Hisobot kontsertida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev soʻzga chiqib, maktab oʻquvchilarini oʻtayotgan oʻquv yilida qoʻlga kiritgan muvaffaqiyatlari bilan tabrikladi va ularga tuman hokimligi sovgʻalarini topshirdi.
Tadbirda maktab oʻquvchilari barcha yoʻnalishlar boʻyicha oʻz kontsert dasturlari bilan ishtirok etishdi.
Hisobot kontserti yakunida 2017-yil 25-mart kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib oʻtgan M.Qori Yoqubov nomidagi koʻrik-tanlovning 2-bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchilar, Bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻquvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning 80 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan Respublika qoʻshiqlar tanlovida ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan oʻquvchilar, shuningdek, 2016-yilda boʻlib oʻtgan "Istiqlol gʻunchalari” koʻrik-tanlovida gʻolib boʻlgan doirachilar ansambli ishtirokchilari maktab maʼmuriyati tomonidan sovgʻalar bilan taqdirlandi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶