02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 11:42
Jamiyat 👁 7,661

YoSh-U KEKSALARI BIRDAY EʼZOZLANADIGAN YuRT

YoSh-U KEKSALARI BIRDAY EʼZOZLANADIGAN YuRT

Jamiyatning kichik bir boʻgʻini hisoblanmish oilaning zimmasiga farzandni dunyoga keltirishgina emas, ularni yuksak maʼnaviyatli, maʼrifatli qilib tarbiyalash, jamiyatda oʻz oʻrnini mustaqil ravishda topishiga shart-sharoit yaratib berishdek vazifa ham yuklangan.

"Ona toʻgʻrisida, uning farzandi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish davlatimizning muqaddas burchidir” deya  yozgan edi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov.

Ha, darhaqiqat, mustaqillik yillarida ona va bolaga gʻamxoʻrlik, sogʻlom oilalarda sogʻlom farzandlarning dunyoga kelishi va ularni zamonaviy taʼlim asoslarini puxta egallab, barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishlariga erishish asosiy vazifalardan biriga aylandi.

Bu asosiy Qonunimiz – Konstitutsiyamizda ham oʻz ifodasini topgan. Xususan, 64-moddada: "Ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.

Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni boqish, tarbiyalash va oʻqitishni taʼminlaydi, bolalarga bagʻishlangan xayriya faoliyatlarni ragʻbatlantiradi”, deya koʻrsatilgan.

Ha, chindan-da bolalar bizning mamlakatimizda oʻz ota-onasi mehri ogʻushida ulgʻayadi, oʻz manfaatlari taʼminlanishi, insoniy qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega.

Xalqimizda oʻzaro mehr-oqibat, doʻst-birodarlik, bagʻrikenglik kabi xislatlar azal-azaldan juda qadrlanib kelingan. Bu xislatlarning bari har birimizga onalarimiz mehri ila singgan. Buningdek olijanob, insoniy fazilatlar qoʻni-qoʻshnilarimiz bilan oʻzaro munosabatda, har bir bola tarbiyasiga qoʻni-qoʻshnilarning  ham oʻzini masʼul hisoblashida, yoshlar kamoli uchun hamjihatlikda harakat qilinishida oʻz ifodasini topadi.

Hukumatimizning, xalqimizning dunyoga kelayotgan har bir goʻdakning  emin-erkin, shodon ulgʻayishi yoʻlidagi cheksiz gʻamxoʻrligini 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkillashtirilayotgan turli koʻngilochar tadbirlar misolida ham his qilish mumkin.

Bizning qon-qonimizga singib, qadriyat darajasiga koʻtarilgan shunday odatlarimiz borki, ularning zamirida inson hamisha yorqin orzular yoʻlida mehnat qilib, farzand oʻstirib, ularning kamolidan quvonib yashashi, keksalik  davrini ham farogʻatda, eʼzozda oʻtkazishdek olijanob maqsadlar mujassam.

Ha, bizning yurtimiz keksalari baxtiyor, koʻngil xotirjamligiga erishgan, oʻz hayotiy tajribalari asosida kelgusi avlodlarni toʻgʻri yoʻlga boshlaguvchi maʼnaviy ustozlardir. Har bir farzand voyaga yetib, mehnatga layoqatli boʻlgach, Asosiy Qonunimizning 66-moddasida ifodalanganiday, oʻz ota-onalari toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladilar, keksaligining har bir kuni rohat-farogʻatda oʻtishi uchun intiladilar. Mehr-eʼtibor, eʼzoz topgan, ardoqlangan inson oʻz umridan mamnun yashashi, uzoq umr koʻrishi tabiiydir. Keyingi yillarda mamlakatimizda umr koʻrish davomiyligi oshganligi ham bejiz emas.

Bizning mustaqil va ozod, obod yurtimizning kichiklari izzatda, keksalari hurmatda.    

Oygul RAJABOVA.

(Foto: OʻzA)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026