BILIM – MENING BAXT YOʻLIM
Inson hayotda oldiga bir maqsad qoʻyib yashaydi. Shu maqsadi uning qalbida orzularni uygʻotadi.
Yoshidan qatʼiy nazar, har bir inson qalbida orzu-umid boʻladi. Qalbdagi orzular soʻnib, mudray boshlashi – bu fojeadir.
Bizning mamlakatimizda iqtidorli oʻquvchilarni izlab topishga, ulardagi qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar behisob.
Jumladan, men joriy oʻquv yilida ona tili va adabiyot fanidan "Bilimlar bellashuvi”ning maktab, hudud, tuman bosqichlarida ishtirok etish baxtiga muyassar boʻldim. Bu jarayon meni izlanishga, oʻz ustimda ishlashga undadi. Bilim sari intilish menda zavq uygʻotdi. Maktab va hudud bosqichida faxrli birinchi, tuman bosqichida sovrinli ikkinchi oʻrinni egalladim. Aslida meni bu yutuqlar sari undagan omillar oldingi oʻquv yilllarida maktabimizda tahsil olayotgan opa-akalarimning "Bilimlar bellashuvi”, "Fanlar olimpiadasi” tadbirlarida maktab, hudud, tuman, hattoki Respublika bosqichlarida ishtirok etib, faxrli va sovrinli oʻrinlarni egallaganliklari va bunga mening havasimdir.
Menga ular orzularim yoʻlida intilib yashashni oʻrgatmoqda. Orzularim bisyor va qalbim ilm sari hamisha uygʻoqdir.
Men orzularim amalga oshishi uchun hozirdanoq harakat qilishim kerakligini anglab yetdim. Ezgu maqsad va orzularim ijobat boʻlishi uchun oʻqib-oʻrganishdan hech qachon toʻxtamayman. Chunki bilim – mening yorqin kelajagim asosidir.
Shahlo QUROLOVA, 62-sonli maktab oʻquvchisi.
(Foto: OʻzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶