02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 12:15
Jamiyat 👁 3,615

HAR BIR SOʻZI VA IShI IBRAT MAKTABI EDI

HAR BIR SOʻZI  VA IShI IBRAT MAKTABI EDI

Biz yashayotgan zaminda koʻp yaxshi insonlarning tabarruk izlari qolgan. Bu izlarda betakror hayot maktabi tahsillari bor, elim, yurtim, degan koʻngillarning mehr taftlari bor. Taʼbir joiz boʻlsa, tumanimizning sobiq hokimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi, iqtisod fanlari nomzodi Rajabboy Yoʻldashevning hayot yoʻlida, bu inson qadami yetgan har bir qarich yerda umrlarga tatigulik mazmunlar, el-yurt turmushini yashnatib yuboradigan ezguliklar, mohiyatlar qoldi.

Men baʼzan inson qadr-qimmati haqida oʻylaganim-da, hamisha Rajabboy Yoʻldashevning hayotini oʻzimga ibrat sifatida qabul qilaman, bu inson hayoti bilan bogʻliq har bir ishdan ezguliklar topaman.

Haqiqatan ham Rajabboy Yoʻldashev qayerda, qanday vazifada ishlashidan qatʼiy nazar, eng avvalo oʻz xalqi qadr-qimmatini, ona Vatan manfaatini hamisha baland tutib yashadi. Bu insondagi ishchanlik, yangiliklarni tez oʻzlashtirib olish, har qanday sharoitda ham vaziyatdan chiqa bilish fazilati havas qilarli darajada edi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi ijoroiya qoʻmitasi raisi sifatida ishlagan davrlarida dilidagi bir orzusini qayta-qayta takrorlab turishlari hech esimdan chiqmaydi.

– Yigitlar, – derdilar doim, – bizga ishonib berilgan amal – bu ragʻbat yoki  manfaat emas, bu amal ortida xalq turibdi, ana shu xalq tinchligi, farovonligi yoʻlida safarbar ekanligimizni unutishga haqqimiz yoʻq. Hali shunday kunlar keladiki, rahbarlar uchun el-yurtga xizmat qilish – shon-sharaf darajasiga koʻtariladi. Xalq bilan birga boʻlaylik!

Qarang, xuddi bugungi davrni u kishi 25-30-yillar oldin koʻrib, his qilgandek fikr yuritardilar.

Men Rajabboy Yoʻldashev bilan juda koʻp yillar hamjihatlikda ishlaganman. U kishining agrar sohani rivojlantirish borasidagi qimmatli fikrlari, fermerlar bilan soha rivojiga oid suhbatlari, sogʻlikni saqlash, xalq taʼlimi, madaniy-maishiy va kommunal sohalar boʻyicha bildirgan fikrlari, hatto tuman matbuotini zamon talablari darajasiga koʻtarish boʻyicha olib borgan islohotlari – qoʻyingki, Amudaryo tumanining bugungi taraqqiyot omillarining barchasi katta bir asarga jo boʻlgulik edi.

Rajabboy Yoʻldashev yoshlar hayoti bilan shaxsan oʻzlari qiziqib, oʻzlari shugʻullanar edilar. Sportda, sanʼat va ilm-fanda yuqori natijalarga erishgan yoshlar bilan uchrashib, ularning har biri bilan alohida suhbatlashar, yutuqlaridan quvonib, muammolarini hal etishga koʻmaklashardi.

U koʻpdan-koʻp masalalarni oldindan koʻra bilish qobiliyati tufayli oson hal eta olardi, muammolar yechimini topish uchun avvaldan zamin yaratar, hech bir ishni pala-partish, shunchaki bajarmas edi. Qanday vaziyatda boʻlmasin, qoʻl urayotgan ishining oqibatini chuqur oʻylab, tahlil qilar, tumanga, xalqqa kelgusida qanday naf keltirishini albatta, hisobga olardi.

Shuni chuqur mamnuniyat bilan qayd etamanki, bu inson tuman rahbari sifatida har bir sohada tizimli ish jarayonini tashkil etdi, oʻz ishining jonkuyarlari boʻlgan kadrlarni tayyorladi va joy-joyiga qoʻydi. Uning agrar sohada yaratgan oʻziga xos tajriba maktabi sohani Respublika miqyosida yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi.

Rajabboy Yoʻldashev oʻziga xos koʻrkam salobat, yuksak aql-idrok sohibi edi. Rahbar sifatida talabchan va qattiqqoʻl, kadrlar bilan ishlashish borasida oʻta ziyrak, bilimdon va kengfeʼlli edi. U kishi inson sifatida nihoyatda bagʻrikeng, ochiqkoʻngil, oddiy xalq vakili edi. Nazarimda rahbar shaxsi uchun zarur barcha xislatlar ana shu fidoyi insonning feʼlida mujassamlashgan va yuksak axloqiy sifatlar sohibi edilar.

Men bu  inson bilan uzoq yillar birga ishlashish jarayonida shu narsaga guvoh boʻlganmanki, Rajabboy Yoʻldashev Amudaryo eli, Qoraqalpogʻiston xalqi uchun jonini ayamay, huzur-halovatini unutib ishladi. Biri-biridan soʻlim namunali qishloqlar, hashamatli  kollej va maktablar, akademik litsey, madaniy-maishiy inshootlar, zamonaviy ishlab chiqarish obʼektlari, ravon yoʻllar qurilishlari tepasida oʻzi turdi. Yerga chigit ekilgan kundan to paxta hosili yigʻib-terib olingunga qadar dehqonlar bilan birgalikda dala kezdi. Bir necha marta Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati sifatida xalq hayotiga oid dolzarb masalalarni dadil koʻtarib chiqdi va bu masalalar yechimi yuzasidan qonuniy asoslar yaratilishiga juda katta hissa qoʻshdi.

Lekin afsuski, hayotning biz insonlar  xohish-irodasiga boʻysunmaydigan qonunlari oldida barchamiz ojizmiz. Umrining soʻnggi kunlarida ham Rajabboy Yoʻldashev vujudidagi ogʻir kasallikni pisand qilmay, aziz xalqi uchun yana bir ezgu ishni amalga oshirdi. Amudaryo ustiga temir-beton konstruktsiyali koʻprik qurish loyihasini kelgusi yillarning manzilli dasturiga kiritdi.

To soʻnggi  nafasigacha Amudaryo tumanimizning kelajagi, xalqimiz farovonligi haqida qaygʻurib, el-yurt manfaatini hatto shirin hayotidan ham ustun qoʻyib yashagan bu aziz inson umrining har bir lahzasi biz uchun, tumanimiz yoshlari uchun haqiqiy ibrat va yana ibrat maktabi boʻlib qolaveradi. Rajabboy Yoʻldashev har bir amudaryolikning qalbida oʻz nomi bilan bogʻliq ezgu ishlarda, xalqimizning obod va farovon turmush tarzida, biri-biridan goʻzal namunali qishloqlar qiyofasida, har bir nurli tongimizda hamisha biz bilan yashayveradi.

Rustam ROʻZMETOV,

mehnat faxriysi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026