28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:27
Adabiyot 👁 4,860

Bolalar ijodidan

Bolalar ijodidan

Ota kasbi

(Zamonaviy ertak)

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, shu oʻzimizning zamonda, Amudaryoning chap qirgʻogʻi tomonida bir uychada chol bilan kampir yashar ekan. Ularning yakka-yu yagona bitta oʻgʻil nabirasi boʻlib, chol-kampirning vafot etgan oʻgʻlidan qolgan farzandligi uchun ismi Yodgor ekan. Cholning ota kasbi tandirchilik boʻlib, tandir yasab, zoʻrgʻa kun kechirar ekan. Chol va kampir juda qari boʻlsalar-da loy qorib, 3-4 kun deganda bitta tandirni yasasharkan. Nabirasi esa kecha-kunduz  uxlar ekan. Chol uni ham ishga qoʻshay desa, kampir bechora nabirasini ayab, uni ishlatishga qoʻymabdi. Chol bilan kampirning yoshi  bir joyga borib, ularning  ishlashga holi qolmabdi va chol Yodgorga ota kasbi – tandirchilikni oʻrgatishga majbur boʻlibdi. Yodgor cholning ming qistovida tandir yasashni oʻrganibdi. Ammo uning xayolida havoyi orzular – tandir yasash emas, balki dunyo kezib, boyib ketish ekan.

Kunlarning birida Yodgor: 

– Men bu xilvat uyda yashamayman, dunyo kezishni va pul topib, boyishni hohlayman, – deb chol bilan kampirning hay-haylashiga qaramay, yoʻlga otlanibdi. Noiloj qolgan chol nabirasiga:

– Oʻgʻlim, sen menga oʻgʻlimdan yodgorimsan. Mening suyanchigʻim eding. Mayli, sen olam yuzini koʻrishni xohlar ekansan, oq yoʻl. Men sening ota kasbing  – tandirchilikni  tutishingni istagan edim. Senga tandir yasashni oʻrgatdim.   Endi senga bir sirni ochay, – debdi va nabirasini hovlisi oʻrtasidagi bir mevali daraxt yoniga olib kelib:

– Yodgor, mana shu daraxt ostidagi tuproq moʻʼjizaga ega. Sen bir kunmas-bir kun qaytib kelib, daraxt tagidan tuproq olib, undan loy qori. Ana shu loydan tandir yasab, quyosh nurida tobla. Shunda koʻrasan, tandir  tillalarga aylanadi. Ana shunda orzuingga yetasan, – debdi.

Kunlar, oylar, yillar oʻtib, Yodgor oʻz orzusi sari borib, koʻp yurtlarni kezib, sarson boʻlibdi, hech qanday boylik orttirmabdi. Aksincha, eydigan nonini zoʻrgʻa topibdi va yana oʻsha uychaga – bobo-buvisinikiga qaytibdi. Ne koʻz bilan koʻrsinki, uycha huvillab qolgan. Chol bilan kampir olamdan oʻtgan edi. Yodgor uzoq vaqt   afsus chekibdi  va ancha yillar oldin bobosi aytgan gap qulogʻi ostida jaranglabdi. U sergak tortib, ketmon, belkuragini elkasiga tashlab, hovliga chiqibdi. Mevali daraxt ham chol bilan kampir singari goʻyo oʻlgandek edi. Yodgor uning ostidagi tuproq qanchalik qattiq boʻlishiga qaramay, oʻn-oʻn besh martalab agʻdarib, loy qorib, tandir yasabdi va quyoshda toblabdi. Ancha vaqt tandirga tikilib oʻtiribdi. Ammo hech qanday oʻzgarish boʻlmabdi. Oxiri umidini uzib, uy oldidagi supaga borib oʻtiribdi. Bir vaqt uyi oldidan notanish odam oʻtib qolibdi:

– Ey, oʻgʻlim, men falon joyni topa olmay adashib qoldim, kech tushdi, manzilimga ham yetolmayman, – debdi. Yodgor uni uyiga taklif etibdi. U hovli oʻrtasidagi tandirni koʻrib, hayratlanibdi va tandirni sotib olmoqchi boʻlib, oʻn tilla taklif qilibdi. Bundan quvongan Yodgor tandirini oʻn tillaga pullab, bundan-da chiroyli tandirlar yasay boshlabdi. Yodgorning ishi yurishib ketibdi va boylik mehnatda ekanini, har kim ota kasbi orqasidan rohat koʻrishini anglab etibdi.

Ozoda TOʻLIBOYeVA,

71-sonli maktab oʻquvchisi.

AQL-FAROSATNING KUChI

(Ertak)

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan. Qaysidir zamonda uch aka-uka  yashagan ekan. Birining ismi Xursand,  ikkinchisining ismi Xafa, uchinchisiniki esa Yigʻloqi  ekan. Ularning birinchisi  kim nima desa  ham kulib turaverarkan, ikkinchisi doim  xafa boʻlib oʻtiraverarkan, kenjatoy Yigʻloqi boʻlsa, faqat yigʻlarkan. Kunlarning birida yurtning podshosi vaziriga:

– Menga faqat yigʻloqi odamni topib kel, –  debdi. Vazir Yigʻloqini podshohning huzuriga olib kelibdi. Podshoh aytibdi:

– Agar sen men nima desam ham yigʻlab turaversang, senga ming tanga beraman!

Yigʻloqi birdaniga xursand boʻlib ketibdi. Podshoh vazirni ham, Yigʻloqini ham saroydan chiqarib yuboribdi. Keyin u boshqa vaziriga:

– Menga faqat xafa boʻladigan odamni top! – debdi. Vaziri Xafani topib kelibdi. Podshoh aytibdi:

– Men senga nima desam ham  xafa boʻlib tursang  bas. Evaziga senga  ming tanga  beraman!

Shunda  Xafa  birdaniga xursand boʻlib ketibdi. Podshoh vaziri bilan Xafani haydabdi. Bu gal podshohning jahli chiqibdi  va har qanday holatda  ham kulib turaveradigan odamni topib kelishni amr etibdi. Podshohning odamlari  haligi aka-ukalarning kattasi – Xursandni saroyga olib kelishibdi. Podshoh unga:

– Agar men senga nima desam ham kulib turaversang, senga ming tanga beraman! – debdi. Podshoh unga har xil ohangda gapirib, sinabdi lekin Xursand kulib turaveribdi. Shunda podshoh unga ming tangani beribdi. Xursandni saroyda ishlashga taklif etibdi. Chunki davlat ishlarini olib borishda har qanday vaziyatda ham oʻzini yoʻqotib qoʻymaydigan, oʻzining kayfiyatini atrofidagilarga yuqtirmaydigan insonlar muammolarni hal etishda uddaburon boʻlishini podshoh bilardi.

Qissadan hissa shuki, Xursand oʻzining chiroyli feʼl-atvori, yaxshilik va yomonlikni aql-farosat bilan qabul qila olishi tufayli podshohning eʼtiborini qozona olibdi.

Yulduz QOʻShNAZAROVA,

8-sonli IDUM oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026