02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 13:32
Jamiyat 👁 5,322

OBOD OILA GOʻShASI

OBOD OILA GOʻShASI

(Ocherk)

Mehnatga oshno umr

Xalqimiz zakosi tufayli hayotimizga kirib kelgan hikmatlar juda koʻp. Razm solib qarasangiz, xalq turmush tarzining oʻzi bir-birovga havas, ibrat, bir-birovdan oʻrganish va oʻrgatishni targʻib etuvchi mehnat maktabiga oʻxshaydi. Qoʻshni-qoʻshnidan kam boʻlmaslik uchun intilishi ham shundan.

"Mehnatning tagi – rohat”, "Mehnat  insonni ulugʻlaydi”, "Qoʻshni  qoʻshnidan erta turmoqni oʻrganadi”,  deb taʼkidlash va bu hikmatlarga amal qilib yashash, nazarimda, xalqimiz uchun irsiyat. Shuning uchun ham biz tongdanoq mehnat bagʻriga oshiqamiz, bugun kechagidan, ertaga esa bugungidan yaxshiroq ishlarning uddasidan chiqishga intilamiz.

– Boshqalar qanday oʻylashadi, bilmadim-u, men mehnat bagʻrida oʻzimni juda yaxshi his qilaman, –deydi "Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlinmasi raisi Bekman ogʻa Allaberganov. – Jismoniy harakat odamni tetiklashtiradi, qilgan ishingizdan koʻnglingiz toʻlib, zavqlanasiz. Men hayotimdagi barcha yaxshiliklarga  mehnat tufayli erishdim.

Bekman ogʻa Allaberganov, oʻzi aytmoqchi, hayotidagi jamiki yaxshiliklar – toʻkin-sochin turmush tarzi, solih farzandlar, obroʻ va martaba, baxtiyor oila saodati, sevimli ustozlik maqomiga yetishish uchun bir kun ham mehnatdan ayro tushmadi. Xalqona ibora bilan aytganda, suv kelsa, simirib, tosh kelsa, kemirib yashadi. Halol va fayzli mehnat uning hayot shiori boʻldi.

Bekman Allaberganov 1963-yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetiga oʻqishga kirdi. Institutda ham yomon oʻqimadi. Oʻzining tirishqoqligi, tashkilotchiligi, mehnatkashligi bilan ustozlarining nazariga tushdi.

Institutni muvaffaqiyatli tugatib, qishlogʻiga qaytgan Bekman Allaberganov dastlabki ish faoliyatini 16-sonli oʻrta taʼlim maktabda oʻqituvchilikdan boshladi. U baʼzan ertalabdan kechgacha maktabda qolib ishlar, oʻz zimmasidagi dars-mashgʻulotlaridan soʻng ustozi Jumamurod Chorshamovning maslahati va rahbarligida alohida qobiliyatli oʻquvchilarga qoʻshimcha darslar oʻtardi.

Bekman Allaberganov 20-yil davomida yoshlarga fizika-matematika fanining sirlarini oʻrgatdi. Tumandagi 16-sonli va 5-sonli maktablarda ishlab, oʻqituvchi-ustozdek sharafli nomga munosib inson sifatida obroʻ-eʼtibor qozondi, hayotda oʻz oʻrnini topdi.

ODAMLAR ORASIDA

Tuman rahbariyati uning odamlar bilan ishlashishdagi oʻziga xos tashkilotchilik qobiliyatini hisobga olib, 1987-yilda Amir Temur nomli ovul Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinladi. U 8-yil davomida mazkur ovul ahli hayotiga oid ijtimoiy muammolarni hal etish, kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ovulning uyushmagan aholisi qatlami bilan ishlashish, ishsizlik bilan bogʻliq masalalarni hal etish borasidagi ishlarga bosh-qosh boʻldi.

Mustaqillikning ilk yillaridanoq u tadbirkorlik sohasiga qoʻl urdi. Yakka tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullandi.

Tashkilotchi, shu bilan birga har qanday vaziyatda odamlar bilan kelishuvchanlik xislati tufayli 1999-2003-yillarda Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻini mahalla posboni sardori vazifasida faoliyat yuritgan Bekman Allaberganov 2003-yilda Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻini raisligiga saylandi. U besh yil davomida yigʻin raisi sifatida ovul ahli hayotiga  oid muammolarni hal etish uchun yelib-yugurdi. Ovul yerlarini suv bilan taʼminlovchi Mangʻit arna va Toshyop kanallari boʻylarini obodonlashtirish, ovul hududidagi qabristonlar atrofini ihota qilish, yakka tartibda uy-joy quruvchilar uchun yer maydoni ajratish, ovuldagi xutor tizimiga asoslangan hududlarni tartibga keltirish, tomorqa yerlaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirishdek koʻpdan-koʻp masalalarni ijobiy hal etishga erishdi. Uning el-yurt, oʻzi sevgan mahalla ahli orasida oʻtkazgan har bir kuni chinakkam ibrat maktabiga aylandi.

OILA UChUN MEHNAT – HAQIQIY BAYRAM

Soʻzimizning boshida xalqimizning betakror zakosi mahsuli – "Mehnatning tagi rohat”, "Mehnat insonni ulugʻlaydi” va bu hikmatlarga unchalik uyqashmasa-da, "Qoʻshni-qoʻshnidan erta turmoqlikni oʻrganadi” degan iboralarni keltirgan edik. Biz  Bekman ogʻa xonadonida boʻlib, toʻgʻrisi, dillarimizda havas uygʻondi. Mehnat insonni el ichra qanchalar ulugʻ qilganiga ham, halol va fidoyi mehnatning tagi naqadar goʻzal rohat ekanligiga va nihoyat, qoʻshni-qoʻshnidan erta turmoqnigina emas, oʻz qoʻllari bilan oʻzi uchun qanday chiroyli turmush sharoitlarini yaratishni ham oʻrganishiga, mehnat tufayli farovonlik qasrlarini bunyod etishiga guvoh boʻldik.

Biz mehnatdan kelgan chiroyni, boylikni Bekman ogʻa yashaydigan mahallaning har bir koʻchasida, har bir xonadonida koʻrdik. Obod koʻchalar, xonadonlar atrofiga tartib bilan ekilgan dov-daraxtlar, hafsala bilan koʻtarilgan tok zangilari, gurkirab yotgan tomorqalar ovul-u mahallaga fayz baxsh etgan.

Bekman ogʻani qaynoq mehnat pallasida uchratdik. Chamanday ochilib yotgan oq, pushti atirgullar orasida nevaralari bilan gullarni qaychilab yurgan Bekman ogʻa aslida shu kuni oʻgʻli Sherzod bilan uylariga yaqin joydagi olmazor bogʻ yumushlariga oshiqib chiqqan-u, oʻzi sevgan atirgullarning oʻsishiga xalaqit berayotgan injiq shoxlarini bir-bir qirqib tashlayotgan ekan. Ogʻaning umr yoʻldoshi Danagul opa Qozoqboyeva boshchiligidagi qiz-u kelinlar otaning imosiga shay, hammalari bogʻda ishlashga jam boʻlib kelishibdi.

– Uch oʻgʻlim, ikki qizim va kelinlarim, xudoga shukur, juda ahil, – deydi Danagul opa. – Otasini juda siylashadi. Baraka topishsin.

Ogʻaning umr yoʻldoshi Danagul opa qoʻngʻirotlik. Bekman ogʻa bilan hamkasb, Nukus Davlat pedagogika institutini tugatib, umr boʻyi yosh avlod taʼlim-tarbiyasi bilan shugʻullangan onaxon nafaqaga chiqib, bir uy nevaraga ardoqli buvijon, maslahatgoʻy ona.

– Bugun bogʻni begona oʻtlardan tozalab, ekishga tayyorlamoqchimiz, – deydi Bekman ogʻa, – shunga bolalarimning barchasi hasharga kelishgan.

Bogʻni aylandik. Shigʻil mevalari quyosh nurida tovlanib, koʻrgan koʻzni quvontirgulik ajib manzara. Bekman ogʻa atrofiga jam boʻlgan oʻgʻil-u qizlar bugun nafaqat hasharga, balki bogʻdorchilik ilmini ham oʻrganishga kelishganmi, deysiz. Mevali daraxtga qachon qanday shakl beriladi-yu, shakl berilmagan daraxt bilan, shakl berilganlarining farqi nimada? Ota farzandlariga erinmay tushuntiradi. Farzandlar injilmay, qunt bilan tinglashadi.

– Ana endi, hamma ishga!

Xuddi otaning amrini kutib turganday, farzandlar hazil-xuzul, oʻyin-kulgu bilan ishga shoʻngʻishadi. Xuddi bogʻda bayram boʻlayotgan kabi!

MEHNATDAN KELGAN BOYLIK

Otaning katta oʻgʻli Ilhom Polvonov – fermer, shu bilan birga "Adolat” sotsial demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi. Oʻktamboy bogʻbon, qizlari Sharofat va Iqbol oʻqituvchi, kenja oʻgʻli Sherzod esa "Toshyop” OFY "Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari, kelinlari Nargiza, Latofat, Feruzaxonlarning oʻzaro ahilligidan bu katta xonadonga Alloh baraka bergan.

Tabiatan yangilikka oʻch boʻlgan Bekman ogʻa Allaberganov bir kuni televizor orqali "Mening bogʻim” koʻrsatuvini tomosha qilayotib, samarqandlik bogʻ-bonning oʻz xonadoniga kattakon muzlatgich oʻrnatgani haqida eshitib qoldi. Hatto havasi keldi. Xayolidan esa: "Bizlar ham oʻrnatsak-chi?” – degan oʻy oʻtdi. Bu haqda oʻgʻillariga aytgandi, ular otani qoʻllab-quvvatlashdi. 2016-yilning kech kuzida otaning qistovi bilan uch oʻgʻil ishga kirishib ketishdi. Hech qaysisi "Mening roʻzgʻorim boʻlak”, deb oʻtirmadi, topganlarini oʻrtaga yigʻib, Bekman ogʻaning oldiga qoʻyishdi:

– 40 million soʻm tayyor! – deyishdi oʻgʻillari.

15 tonnalik sigʻimli muzlatgichni olib kelib oʻrnatish kamida 100 million soʻm boʻlarkan. Buning ham ilojini topishdi. 60 million soʻmlik bank krediti asosida shundoq Bekman ogʻaning hovlisi yonboshiga 15 tonnalik sigʻimga ega muzlatgich qurilib, oʻrnatildi. Har yili 1 gektarlik bogʻ mevasini saqlashning ilojini qilolmay, hosilning yarmini arzon-garovga sotib yuboradigan otaning oʻgʻillari 2016-yilgi hosilni muzlatgichga joylashtirishdi. Olingan daromad esa kutilganidan ham ziyoda boʻldi. Juda qisqa vaqt – 6 oy ichida bank kreditining 30 million soʻmi qaytarildi.

– Nasib qilsa, 4-5 oydan soʻng bank bilan toʻliq hisob-kitob qilaman, – deydi "Bekmanov Sherzod” dehqon xoʻjaligi raisi, otaning kenja oʻgʻli Sherzodjon.

Havasimiz keldi: axir bir yilning nari-berisida 100 million soʻmlik zamonaviy muzlatgich oilaning oʻz mulkiga aylanib turgan boʻlsa. Bu yogʻini soʻrasangiz, Bekman ogʻa 2017-yilda bogʻdan va tomorqada saf tortgan shaftolizordan keladigan daromadning "xomchoʻt”ini qilib qoʻygan. Naqd 70-80 million atrofida! Bu 70 yoshli otaxonning "xomchoʻt”lari! Balki biri fermer, biri bogʻbon, yana birlari oʻqituvchi-yu mahalla posboni boʻlgan farzandlarning "choʻtlari” bundan ham zalvorliroq raqamlarni qayd etar!

Muhimi, tinib-tinchimas 70 yoshli otaxon – hamon hukumat yumushida qaddini gʻoz tutib, amudaryolik nuroniylar hayotiga Prezidentimizning yangi-yangi Farmon va Qarorlarida sharh etilgan imkoniyat va sharoitlarni olib kirish maqsadida yelib-yugurib yurgan Bekman ogʻa Allaberganov yaratgan bu oila goʻshasi mehnatdan kelgan boylik tufayli yanada obod boʻlib boraveradi. Chunki bu oila sohibining oʻzi halol va fidoyi mehnati bilan el ichra qadr topgan insonlardan.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026