30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:09
Jamiyat 👁 4,839

YoShLARNI BUGUNGIDAY HUR DAVRNI QADRLAShGA OʻRGATAYLIK

YoShLARNI BUGUNGIDAY HUR DAVRNI QADRLAShGA OʻRGATAYLIK

Men esimni tanigan paytlarimda qishloqlarda turmush sharoiti juda ogʻir edi. Yosh-u qarining hayoti paxta bilan bogʻlangan, oilada yetti yashardan yetmish yashargacha hamma yoz boʻyi gʻoʻza parvarishida, kuzak kelsa, yigʻim-terimida ishlashga majbur edi.

Shunday mashaqqatli yillarda ham ota-onam mening oʻqishimga eʼtibor berib, barcha ogʻirliklarni oʻzlariga olishgan.

Oʻrta maktabni tugatgach, avval Xiva  shahridagi qishloq xoʻjalik texnikumini, keyinchalik Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozir shu nomdagi universitet)ni tugatdim. Dastlab tuman rahbariyatida mutaxassis, paxtachilik xoʻjaligida partqoʻm, kasaba uyushmasi raisi boʻlib ishladim.

Ochigʻini aytganda, oʻsha yillar hayotim doim qil ustida turgan desam, lof deb oʻylamang. Chunki ishda hammaning koʻngliga yeta olish, murosa qilish oson emas. Dakki yegan baʼzi manfur kimsalar qildan qiyiq axtarib, zarba berishga intilishardi. Shunday "chaquv”lar qurboni boʻlib ketgan qancha odamlarni bilaman.

Men ham bunday xavflardan xoli emasdim. Esimda, partqoʻm raisi boʻlib ishlab yurgan vaqtlarimda kimdir meni ovulimizda bir diniy marosimga qatnashdi, deb tuman rahbariyatiga yetkazibdi. U vaqtlar shukrona bilan xayr-ehson qilib, elga osh berish ham eskilik sarqiti, deya baholanar edi-da. Xullas, rahbariyatdan oʻqigan, ilmli boʻla turib, xurofotga berilmasligim lozimligi toʻgʻrisida ogohlantirish oldim.

Sobiq "Mangʻit” sovxozida kasaba uyushma raisi lavozimida ishlab yurgan kezlarim, bir kuni Nukus shahriga, shoshilinch yigʻilishga borishimga toʻgʻri kelib qoldi. U paytlarda Amudaryoda koʻprik yoʻq, respublika markaziga kuniga ikki reys avtobus Turkmaniston davlati orqali qatnar, borib-kelish amrimahol edi.

Xullas, ertasiga bilsam, kimdir xoʻjalikka qarashli bolalar bogʻchasiga kelib, bolalarning goʻshtsiz shavla yeyotganini rasmga tushirib ketibdi. Bogʻcha taʼminoti mening zimmamda, aksiga olib, bogʻchada oʻsha kuni goʻsht tugab qolgan ekan.

Yaratganning marhamati bilan oʻzimga otilgan toshlardan eson-omon qutulib qoldim.

Keyinchalik 40-sonli maktabda oʻqituvchilik qilib, 1994 yilda nafaqaga chiqdim.

Maqtanish boʻlmasin-u sobiq ittifoq davrini va bugunimizning  farqini, inson omiliga eʼtiborni  yurak-yuragimdan his qilganim uchun ham mustaqillikning qadr-qimmati haqida yoshlarga gapirgim kelaveradi. Maktablarga uchrashuvlarga, mahallamizda oʻtkazilgan tadbirlarga chaqirishadi. Shunday damlarda baʼzi tengqurlarim "qoʻysangchi, biz keksalarga nima bor?”, degan istiholaga borishadi.

– Koʻrgan, bilganlarimizni bolalarimizga aytaylik, – deyman ularga doim. – Axir ular oʻtgan kunlarimizni bilsagina bugungi hur zamonning qadriga yetishadi.

Ha, katta-yu kichik eʼzozda yashayotgan bugungiday farovon kunlarimizning  taʼrifiga soʻz yoʻq. Ilohim, mustaqilligimiz abadiy boʻlgay, avlodlarimiz shu ozod va obod Vatanda baxtiyor yashagay!

Soliy SOBIROV, xalq taʼlimi faxriysi.

(Foto - http://uzbekistonovozi.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026