28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:12
Iqtisodiyot 👁 4,425

SOLIQLAR VA BOShQA MAJBURIY TOʻLOVLAR BOʻYIChA UNDIRUV QARZDORNING MOL-MULKIGA QARATILADI (mi)?

SOLIQLAR VA BOShQA MAJBURIY TOʻLOVLAR BOʻYIChA UNDIRUV QARZDORNING MOL-MULKIGA QARATILADI (mi)?

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23-moddasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi hududida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar amal qiladi hamda ular Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan joriy etiladi va bekor qilinadi.

Soliq Kodeksining 34-moddasiga asosan soliq toʻlovchilar yuqorida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida hamda toʻliq miqdorda toʻlashlari shart.

Agar ushbu toʻlovlarni toʻlash muddatlari buzilgan taqdirda Soliq Kodeksining 120-moddasiga koʻra, oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,033 foiz miqdorida penya hisoblanadi, ammo penya miqdori tegishli soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz summasidan oshib ketmasligi kerak.

Soliq toʻlovchi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni belgilangan muddatda toʻlamagan taqdirda unga yoki uning vakiliga soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma uni olganligini va talabnoma olingan sanani tasdiqlovchi usulda topshiriladi.

Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma yuridik shaxs tomonidan olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida yuridik shaxs, shuningdek tadbirkorlik faoliyatiga doir qism boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkor soliq qarzini uzmagan taqdirda va Soliq Kodeksining 63-moddasida nazarda tutilgan choralarni qoʻllash natijasida soliq qarzi uzilmay qolaversa, davlat soliq xizmati organlari undiruvni Soliq Kodeksining 64-moddasida belgilangan tartibda soliq toʻlovchiga uning debitorlari oʻtkazishi lozim boʻlgan summalarga qaratadi.

Yuridik shaxs, shuningdek tadbirkorlik faoliyatiga doir qism boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkor soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida soliq qarzini uzmagan taqdirda va agar yuqorida nazarda tutilgan choralarni qoʻllash natijasida mol-mulkka qaratish uchun, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan koʻp boʻlgan summadagi soliq qarzi uzilmay qolsa, davlat soliq xizmati organlari undiruvni Soliq Kodeksining 65-moddasida belgilangan tartibda soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratadi.

Soliq qarzining summasi undiruvni mol-mulkka qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz boʻlgan, biroq toʻlash muddati tugaganidan keyin bir yil ichida toʻlanmagan hollarda ham undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish choralari qoʻllaniladi.

Undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish davlat soliq xizmati organining daʼvo arizasi asosida sud tartibida amalga oshiriladi.

Sud amaliyoti shuni koʻrsatmoqdaki, 2015-yilda 3231 ta xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning 235 mln. 430 ming soʻmlik, 2016-yilda 3034 ta xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning 166 mln. 508 ming soʻmlik hamda joriy yilning birinchi yarmida esa 1744 ta xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning 76 mln. 862 ming soʻmlik boqimanda qarzlarini ularning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisida hal qiluv qarorlari qabul qilingan.

Soliqlarning mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojiga taʼsirini inobatga olsak, soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash gʻoyat muhim vazifalarimizdan biri ekanligini hech birimiz unutmasligimiz lozim.

B.Temirxanova,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiy sudi raisi.

(Foto - http://www.norma.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026