30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:33
Qishloq xoʻjaligi 👁 5,707

Amudaryo tumanida paxta yigʻim-terimi yuqori surʼatlarda olib borilmoqda (+Video)

Amudaryo tumanida paxta yigʻim-terimi yuqori surʼatlarda olib borilmoqda (+Video)

Ayni kunlarda qishloq xoʻjaligida qizgʻin mehnat pallasi – paxta yigʻim-terimi uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Pudratchi va hasharchilar bir yoqadan bosh chiqarib, oʻzlarining fidoyi mehnatlari bilan yuksak "oq oltin” xirmonini bunyod etishga bel bogʻlaganlar.

Amudaryo azaldan fidoyi va mehnatkash, ishning koʻzini biladigan dehqonlar yurti. Tumanimiz dehqon va fermerlari bu iboraning naqadar toʻgʻri ekanini mana necha yillardan beri davlatga gʻalla va paxta topshirish boʻyicha shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan bajarish orqali isbotlab kelmoqdalar.

Bugun amudaryolik fermerlar oʻzlarining halol mehnatlari bilan nafaqat tumanimiz dovrugʻini taratmoqda, balki, daromad orttirib, oʻz oilasi va ovul ahlining dasturxoni toʻkin boʻlishiga munosib hissa qoʻshmoqdalar.

Fermerning harakati-uning daromadiga bogʻliq. Hisobida mablagʻi boʻlmagan fermer nimani sotib olishi mumkin? Bir soʻz bilan aytganda, hech narsani. Demak, haqiqiy fermerning hamyoni toʻla pul boʻlishi kerak. Qolaversa, u ishchan, tashabbuskor, yangilikka oʻch, dehqonchilik sir-sinoatlarini yaxshi biladigan, uzoqni koʻra biladigan odam boʻlsagina, "Oltin fermer xoʻjaligi" maqomiga ega boʻladi. Ammo bunday baxt hammaga ham nasib etavermaydi. Buning uchun koʻproq izlanish, mehnat qilish talab qilinadi.

   Doʻrman ovuliga kiraverishdagi «Beshboyev Qurbongʻali» fermer xoʻjaligi dalalarida hayot qaynamoqda. Xoʻjalik rahbari Qurbongʻali Beshboyev 2002-yildan buyon mazkur vazifada ishlab kelmoqda. Fermer hosildorlikni oshirish ustida tinmay izlanadi. Bu borada mamlakatimiz olimlari va selektsionerlarining maslahat va koʻrsatmalari bilan cheklanib qolmasdan, 2007-yilda Misr Arab Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida xizmat safarida boʻlib, dehqonchilik ishlari boʻyicha tajriba orttirib qaytdi.

Qurbongʻali aka boshchilik qilayotgan fermer xoʻjaligi dalalarini aylanar ekansiz, rafiqasi va 4 nafar farzandidan tortib ishchi-xizmatchilar va hasharchilar ham bir yoqadan bosh chiqarib, paxta yigʻim-terimi bilan band ekanligining guvohi boʻlasiz.

Ularga hormasin aytish maqsadida tuman faollari, madaniyat boʻlimi xonanda va sozandalari fermerning dalasiga tashrif buyurib, hasharchilar bilan muloqotda boʻldi. Tushlik paytida ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun kontsert dasturi namoyish qilindi.

Maʼlumki, 2017-yilning 9-10-avgust kunlari uyushmagan yoshlar oʻr­ta­­sida "Yoshlar — kelajak bunyodkori" shiori ostida oʻt­ka­zil­gan respublika ilmiy-amaliy konferentsiyada qat­nashgan bir guruh ishtirokchilar tomonidan, shuningdek, koʻp son­li faol va uyushmagan yoshlarning Oʻzbekiston yoshlar it­ti­foqiga qilgan murojaatlarida "Paxta — 2017" mav­su­mi­da "Fi­doyi yoshlar otryadlari"ni tuzish taklifi bil­di­rilgan edi. Bugun Respublika boʻyicha jami 575 ta ana shunday otryadlar tuzilgan. Ushbu otryadlarga jami 51138 ta uyushmagan yoshlar qamrab olingan boʻlib, bu koʻrsatgich kun sayin ortib bormoqda, yaʼni otryadga aʼzo boʻlayotgan yoshlar koʻpaymoqda. 13-sentyabr holatiga koʻra, respublika boʻyicha jami terilgan paxtaning 4700 tonnadan ortigʻi otryadlar hisobiga toʻgʻri keladi.

Ana shunday ilgʻor yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respubilkasi Kengashi raisi tumanimizga tashrif buyurib, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi bilan birgalikda ilgʻor terimchi yoshlarga esdalik sovgʻalarini topshirdi. Shuningdek, muhallalardagi uyushmagan aholi vakillari, ayniqsa, oilaviy terimchilar va terimchi ayol-qizlarni ragʻbatlantirish maqsadida tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi vakillari ham dala boshiga borib, ilgʻorlarga esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Ha, bugun dalalarimizda azmu shijoatli, fidoyi va mard dala meh­natkashlarining boy tajribasi, keskin tadbiri, jon­kuyar­ligi, yil davomida qilgan zahmatli mehnati natijasida yetish­­­tirilgan paxta xomashyosini yigʻib-terish mavsumi boshlanadi. Mamlakatimizda tashkil etiladigan bu umummilliy ha­sharda faol ishtirok etish oʻz Vatanini sevgan, oʻz yurti rav­naqi, kelajagi yoʻlida fidoyilik bilan xizmat qi­la­digan yoshlar, nafaqat yoshlar, balki har bir yurtdoshimiz uchun yaratilgan imkoniyatdir.

Barcha yurtdoshlarimizni ana shu imkoniyatlardan foydalangan holda dalaga, paxta terimiga chaqiramiz. Zero, kuzning hamjihatlikda koʻtariladigan baland xirmon iqtisodiyotimiz rivojiga munosib hissa boʻlib qoʻshiladi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026