12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:43
Adabiyot 👁 2,592

AZOB-UQUBAT... VA YoRUĞLIK

AZOB-UQUBAT... VA YoRUĞLIK

(Tarixiy, hujjatli hikoya)

Qiliçboy arnaning çap qirğoq tarafi keng yaylov edi. Qutlimurod har kuni otasi bilan ana şu yerlarda otlari, tuya va qöylarini yoyib boqar, özi tengi  bolalar bilan har xil öyinlar öynab, zavqlanardi. U bugun ham oq yolli saman otiga minib, qöylarini yaylovga haydadi. Qöy-qözilarini ötloqqa yoyib, har kuni döstlari bilan birga soyasida hordiq çiqarib, kitob öqib ötirişadigan qoramon daraxti tomon yönaldi. Şu dam orqasidan kimdir çaqirganday böldi. Qutlimurod ilkis orqasiga burildi. Burildi-yu, turgan joyida toşday qotdi. Dala yölini çangitib kelayotgan ikki nafar otliq, otliqlar oldida çangga belangan, deyarli yugurib kelayotganidan harsillab qolgan otasini kördi.

– Ha, boyning bolasi, nega anqayib qolding! – otliqlardan biri, hamqişloği Sobir şöro (u şöro idorasida işlardi) mensimay öşqirdi. Unga munosib javob qaytarişga şaylangan Qutlimuroddan oldin hamon harsillab nafas olayotgan otasi Döstmurod ota:

– Qutlimurod, bolam, qöylaringni, otlaringni birma-bir sanab, haydab kel, - dedi yiğlaguday bölib.

Nimalar yuz berayotganiga aqli yetmay turgan Qutlimurod ota buyruğiga qarşi gap aytmadi-yu, "Nega?” deganday hayron bölib turib qoldi.

– Hov, garang! Senga otang suruvni haydab kel, birma-bir sana, dedimi? Nimaga anqayasan? – Öşqirdi ikkinçi otliq.

– Qöylarimiz bilan sening nima işing bor! – Bu Qutlimurodning özidan ikki yoş katta akasi Nurmurodning ovozi edi.

Otasining oldiga çiqib, quloçini kerib turgan Nurmurodga közi tuşgan Qutlimurod dadillaşdi.

– Qöy-qözi, otlar, tuyalar bizniki, ularni sening yeringda boqayotganim yöq, sanamayman ham, haydab ham kelmayman! – dedi otliqlarga tik boqib.

– Sanamaysanmi? Haydab kelmaysanmi? – Otdan tuşib, qölidagi qamçisini öynatib, öziga yaqinlaşayotgan Sobir şöro birdaniga jazava bilan Qutlimurodni savalay ketdi. – Mana, senga! Mana, boyning bolasi...

Sobir şöro uni ayovsiz savaladi, oraga tuşgan otasi bilan akasi ham ançagina qamçi zarbini totişdi.oğriqdan ingrab, tuproqqa belanib yotgan Qutlimurod huşidan ketdi. U közini oçganida onasi uning tepasida yiğlab ötirar, özidan kiçik ukalari burçakka tiqilganlariça bir-birlariga suyanişib, uxlab qolişgandi.

– Otam bilan akam.., – dedi zörğa Qutlimurod tilga kirib.

– Xudoga şukur bolam-yey, közingni oçding, xudoga şukur, – onasi uni yelpiy boşladi. – Otang bilan akangni şöro idorasiga olib ketişdi, mol-hollarimizning hisobini olişarkan.

Qutlimurod "nega?” demadi. Bölayotgan işlarga aqli yetmay, uzoq yotdi. Momataloq bölib ketgan yuz-közi, badani tuz sepganday açişar, oğriq azobidan issiği kötarilib, goh huş, goh behuş bölardi.

***

Öşanda 1937-yilning yozi edi. Sobir şöro tomonidan ayovsiz kaltaklangan Qutlimurod şu kundan boşlab yaylovga çiqmadi. Döstmurod otaning  qörasidan 13 ta tuya, 40 qoramol, 14 ot va 2200 ta qöy-qözi, ularga qöşimça ot arava, çiğir, gilam-palos va kigizlar ham xatlanib, Qiliçboy qişloğida tuzilgan Stalin nomli kolxoz hisobiga ötkazildi.

– Jonimiz omon bölsa, mol-hol topiladi, – dedi otasi – Janjallaşib, haqiqat talaşib heç narsaga erişa olmaysizlar, kolxozga kirib işlaymiz...

Otasi bilan akasining yonida Qutlimurod ham kolxozga aʼzo böldi. Ertadan keçgaça dalada, qazuvda işlab, horib-tolib uylariga qaytişardi ota-bolalar. Şunday kunlarning birida uylari ostonasida harbiy kiyimdagi uç kişi paydo böldi.

– Siz qamoqqa olindingiz!

Eşikni oçgan Döstmurod ota sababini suraştirgunça bölmay, qöllariga kişan urişdi. Içkaridan otilib çiqib, keluvçilar bilan haqiqat talaşgan Nurmurodning ham boşiga otaning kuni tuşdi, kişanband qilingan ota-bola ortida izillab yiğlaşayotgan bir etak ukalari va onasi bilan Qutlimurod qoldi...

Oradan bir oy ötdi hamki, taqdirlariga "xalq duşmani” degan tamğa bosilib, Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi qamoqxonaga taşlangan ota-bola öz ayblarini bilolmay garang.

– Axir hamma mol-mulkimizni kolxozga topşirgan edik-ku?! - Döstmurod ota öziga-özi savol beradi-yu, javobini topolmaydi.

– Ota, nega bizni "xalq duşmani” deyişayotir?

Nurmurodning bu savoli qamoqxona devorlaridan nariga ötmaydi.

Eri bilan öğlining begunohligini isbotlay olmay, dili xufton bölgan ojiza ayol yöldan, eşikdan közini uzmaydi. Bunga çiday olmagan Qutlimurod yölga tuşdi. Gurlandagi qamoqxona noziriga uçraşdi. Nozir u bilan gaplaşgisi kelmay, qörslik bilan qöliga bir parça qoğoz tutqazdi. Qoğozda şunday sözlar yozilgandi. "Qiliçboylik, "xalq duşmani”, Döstmurodboy Matniyozov va uning isyonkor öğli Nurmurod 1937-yil ... sanasida otuvga hukm etildi va  hukm ijro qilindi...”

Qutlimuod qon yiğladi. Jigarbandlari kömilgan qabristonni ming azobda aniqladi. Gurlanlik yor-döstlari kömagida otasi bilan akasi kömilgan qabrlarni kovlab, mayyitlarni Qiliçboydagi "Böz” qabristoniga olib borib dafn etdi...

***

Sağir qolgan ukalari, yuragi zardobga tölgan onaizorini olib özi tuğilib ösgan qişloğini tark etganida Qutlimurod 16 yoşda edi. Uning sargardon hayotiga, çekkan azob-uqubatlariga guvoh yer-u osmon yiğladi öşanda. Oç-yalanğoç, bor bisotidan, kindik qoni tomgan ota makonidan bir umrga ayrilgan Qutlimurod 70-yildan ziyod haqiqat izladi. Yuragini ezib yotgan "Nega?” degan savol zalvorini kötarib yaşadi. Uning dardlariga istiqlol malham böldi. El-yurtga fidoyi xizmat qilgan, Qiliçboy zaminining gullab-yaşnaşi uçun butun kuç-qudratini, mol-u mulkini tikkan tadbirkor otasi Döstmurod Matniyozov va Nurmurod akasining begunoh, vatanparvar inson ekanliklarini Mustaqil davlatimiz tan oldi.

– Endi ölsam, armonim yöq, – dedi Qiliçboydan ança olisda, Amudaryo elining "Şoir qozoq” ovulida yaşab, ovul ahlining faxriga aylangan keksa paxtakor Qutlimurod bobo (Qutim Dösimbetov) farzandlariga. – Şu yurtga, mustaqil Vatanimizga xizmat qilişdan heç qaçon çarçamanglar. Bunday kunlarni körmoq uçun men 70-yildan ziyod yöl yurdim, azob-uqubat çekdim. Istiqlolning, ozodlikning, Haqiqat yalovining qadrini bilib yaşanglar.

Qutlimurod bobo vafotidan oldin farzandlariga sönggi sözini aytdi:

– Har kuni quyoşga salom beringlar, bu Vatanning quyoşi endi  heç qaçon botmaydi...

Robiya YÖLDOŞEVA, jurnalist.

(Foto - http://ijod.uz)

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026