MOʻL HOSIL – YuQORI DAROMAD
«Jumurovul» mahallasi hududidagi «Haytakov Ulugʻbek» fermer xoʻjaligi aʼzolari joriy yil koʻklamida 42 gektar maydonga chigit qadab, tekis nihol olishga erishgan edilar. Yoz boʻyi pudratchilarning yuksak xirmon umidida qilgan mehnatlari tufayli dalalarda koʻzlanganidan ham ziyod hosil toʻplandi.
Yigʻim-terim ishlari namunali tashkil etilgan fermer xoʻjaligida paxta topshirish yillik rejasi tumanda birinchilar qatorida ado etildi. Shu kungacha 90 tonnadan ziyod paxta yigʻishtirib olinib, davlat xirmoniga topshirildi.
Xoʻjalikda paxtadan tashqari 10,5 gektar kuzgi bugʻdoy ekilib, tekis nihol undirib olishga erishildi. Shuningdek, 5,5 gektar maydonga ekilgan takroriy ekinlardan ham moʻl hosil undirib olindi. Erishilayotgan natijalar xoʻjalikning ham, ijarachilarning ham daromadi yuqori boʻlishini taʼminlamoqda.
Oygul RAJABOVA,
Suratda: xoʻjalik raisi (oʻrtada) Ulugʻbek Haytakov pudratchilar bilan takroriy ekin ekilgan dalada.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶