XAZON YoQISh – ATROF-MUHIT VA INSON SALOMATLIGI UChUN ZARAR
Har yili kuzakda daraxtlarning toʻkilgan barglarini, turli ekinlar poyalarini yigʻib, yoqishga tushamiz. Ekin ekilgan dalalarni tozalash maqsadida qilgan bu ishimizdan oʻzimiz, atrofimizni oʻrab turgan tabiat qanchalik zarar koʻrishi haqida oʻylamaymiz ham.
Tabiatga oqilona munosabatda boʻlmaganimiz oqibatida ona sayyoramizda keyingi yillarda kuzatilayotgan noxush tabiat hodisalari – toʻfonlar, suv toshqinlari, global isish yil sayin kuchayayotgani har birimizga saboq boʻlmogʻi lozim. Chor-atrof tozaligi, obodonligi uchun kurashish va havoni ifloslantiruvchi har qanday harakatlarga barham berishga intilish har birimizning fuqarolik burchimizdir.
Bir eʼtibor qiling-a, agar 1 gektar yerdagi daraxtlar barglari, oʻsimliklar, ekinlar qoldiqlarini koʻmib tashlab, tabiiy oʻgʻit hosil qilish oʻrniga yigʻib yoqib yuborsak, atmosferani 500 g. azot oksidi, 379 g. uglevodorod, 20 kg. zaharli gazlar bilan zararlagan boʻlamiz. Bu esa tuproq tarkibining buzilib, erroziyaga uchrashiga, alal-oqibat yer unumdorligi pasayishiga olib keladi. Qolaversa, aholi daraxtlar shox-shabbalarini, oʻsimliklar, ekinlar qoldiqlarini yoqib, atmosferamizning ifloslanishiga sababchi boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 88-moddasi, 2-qismi bilan eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslar esa besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi.
Shunday ekan, aziz yurtdoshlar, oʻzimiz yashayotgan tabiatni asrab, musaffoligi uchun harakat qilaylik!
M.ABDRIMOV, Gʻ.ISKANDAROV, I.SOBIROV, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi inspektorlari.
(Foto - http://old.qashqadaryogz.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶